Termiz davlat universiteti




Download 3 Mb.
bet9/30
Sana19.08.2023
Hajmi3 Mb.
#79022
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
PARDAYEVA SARVINOZ oxirgisiiiii
5-10-sinflar Yosh matematiklar, 6-sinf matematika to\'garak, 2.03-Inform-oqitish-metodikasi-uzb222222222222222, Результат - 170035878, 422023, Doc1, Mavzu Zamonaviy kiyim assortimenti, 2.Turizm sohasida transportda tashish turlari va ularning (1), mmmmmm, ERGASHOV UMIDJON, 745792, 1-amaliy, Questions and answers on criminal law Uzb, 1
1.2.2- rasm.
Surxondaryo viloyatining yillik iqlim ko’rsatgichlari.



(Manba: Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi ).



Surxondaryo viloyatining g’arbiy va shimoliy-gʻarbiy chegara chiziqlarida joylashgan baland togʻlar viloyatda oʻzgacha iqlimiy sharoit hosil qiluvchi omillardandir. Janubiy chegaradagi ochiqlik esa shimoliy, shimoliy-gʻarbiy havo oqimlarining viloyat hududiga kirib kelishi uchun „darvoza“ hisoblanadi. Viloyat iqlimi qishi iliq, yozi issiq va quruq boʻladi. Yozda kunduzi harorat 46-48 darajagacha yetadi. Viloyat janubida havo namligini keskin tushirib yuboradigan quruq, janubi-gʻarbiy shamollar esadi. Viloyatning tabiatga tabiiy muhitiganing iqlimi, suv resurslari, tuprogʻ, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga va shu hududdda istiqomat qiluvchi aholi salomatligi holatiga uning geografik oʻrni (ayniqsa chegara qismidagi togʻlar) taʼsir koʻrsatib turadi.
O’lkamizning iqlimi mamlakatimizning, deyarli butun O’rta Osiyoning iqlimiga juda yaqin, o’xshash, ammo uning joylashgan geografik o’rni biroz bo’lsa-da uning o’ziga xosligini namoyon qiladi.
Surxondaryo viloyatida ob-havoni kuzatish va tadqiq qilish ishlari quyidagi meteostantsiyalarda olib boriladi.

  1. Termiz shahrida meteorologik, agrometeorologik, aviameteorologik yo’nalishlarda;

  2. Surxondaryo gidrometeorologiya bo`yicha Boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra viloyatda meteorologik va agrometeorologik kuzatuvlar Boysun, Denov, Sho’rchi, Sariosiyo, Sherobod, Termiz stantsiyalarida muntazam ravishda olib boriladi, ulardan olingan ob-havo ma’lumotlari tahlil qilinib, amalda foydalaniladi.

Viloyatning Respublikaning eng janubiy qismida joylashganligi ba’zi xususiyatlarni, chunonchi, Quyoshni ufqdan baland turib uzoq vaqt yoritib va isitib turishini, kam bulutli bo’lishini shakllanishida muhim o’rin tutadi.
Surxondaryo viloyati ancha janubiy kengliklarda (taxminan 37°11' -39°36' shimoliy kengliklarda) joylashganligi tufayli yozda Quyosh nuri ancha tik tushib (iyunda 76° balandda turadi) uzoq vaqt nur sochib turishiga sabab bo’lsa, qishda esa 29° burchak hosil qilib turadi. Respublikamizning boshqa viloyatlarida mazkur ko’rsatkichlarni taqqoslaganimizda yozda chekka shimoliy hududlarda quyosh nuri 680, Toshkentda 720 burchak ostida tushadi. Qish oylarida esa shimolda 210 li burchak ostida tushadi.
Yoz oylarida viloyatda kunduz kunning uzunligi 15 soatdan ko’proq vaqtni tashkil etsa, qishda esa 9 soatni tashkil etadi. Viloyatda quyosh balandligi ko’tarilganligi, kunning uzunligi, bulutli kunlarning kamligidan quyosh uzoq vaqt nur sochib turadi. Shu sababli quyosh nur sochib turadigan vaqt viloyatning janubida joylashgan Termizda yiliga o’rta hisobda 3095 soatni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich mamlakatimizning boshqa viloyatlariga nisbatan ancha yuqoridir. (Toshkentda 2870, shimolida 2000 soatni tashkil etadi).
Surxondaryo viloyatida quyoshning ufqdan baland ko’tarilganligi va oftobli kunlar ko’p bo’lganligi bu yer quyosh radiatsiyasini, ya’ni undan yer yuzasiga tushadigan issiqlikni ko’p oladi. Mintaqaning yalpi quyosh radiatsiyasidan olayotgan issiqlik miqdori 160 kkal/ sm2ga teng.
Aksincha, qishda quyosh nurining yotiq tushishi, bulutli kunlarning ko’pligi, yoritilishi davrining qisqaligi, qor qoplamining mavjudligi tufayli albedoning kattaligi bilan tavsiflanadi.
Viloyatda qish oylarida radiatsiya balansi musbat ko’rsatkichga ega bo’ladi. Tog’larda esa balandlikka bog’liq ravishda qish oyida qor albedosining kattaligi (60-80%) sababli radiatsiya balansi kamayib boradi
Surxondaryo viloyati iqlimining vujudga kelishida atmosfera sirkulyatsiyasining (havo massalarining almashinib turishi) ning ham ahamiyati juda katta. Viloyat hududiga yil bo’yi quyidagi uch xil: arktika, mo’tadil (qutbiy) va tropik havo massalari ta’sir etib turadi. Surxondaryoda yil davomida kuzatiladigan havo oqimlarining kirib kelishi, shamollarning yo’nalishi, tezligi, takrorlanib turishi, havoning ochiqligi bulutliligi, havo bosimi, namligi, harorati ularning o’zgarib turishi kabi hodisalar yuqoridagi nomlari tilga olingan havo massalarining bir-biri bilan o’rin almashinishi natijasidir.

      1. Jadval


Download 3 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Download 3 Mb.