• I-BOB. SURXONDARYO VILOYATINING GEOGRAFIK O’RNI, TABIIY SHAROITI, AHOLI SALOMATLIGINI SAQLASHDAGI AHAMIYATI 1-§ Surxondaryo viloyatining geografik o ‘rni
  • 1.1.1-rasm.
  • Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati




    Download 3 Mb.
    bet6/30
    Sana19.08.2023
    Hajmi3 Mb.
    #79022
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    PARDAYEVA SARVINOZ oxirgisiiiii
    5-10-sinflar Yosh matematiklar, 6-sinf matematika to\'garak, 2.03-Inform-oqitish-metodikasi-uzb222222222222222, Результат - 170035878, 422023, Doc1, Mavzu Zamonaviy kiyim assortimenti, 2.Turizm sohasida transportda tashish turlari va ularning (1), mmmmmm, ERGASHOV UMIDJON, 745792, 1-amaliy, Questions and answers on criminal law Uzb, 1
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati. Dissertatsiyada olingan natijalarning ilmiy ahamiyati Surxondaryo viloyati aholisi salomatligiga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini statistik tahlilida aks etadi. Ishda olingan natijalarning amaliy ahamiyati shundaki, ular Surxondaryo viloyati aholisi salomatligini saqlash va tiklash choralarini ishlab chiqishga imkon beradi. Shuningdek, ishning ayrim natijalaridan o‘quv jarayonida maxsus fanlarni o‘qitishda foydalanish mumkin. Sog’liqni saqlash tizimini, bozor munosabatlaridan kelib chiqqan holda, isloh qilishda, Shahar va qishloq tumanlari aholisini ijtimoiy muhofaza qilish, tibbiy xizmat faoliyatini hududiy tashkil etishni takomillashtirishda foydalaniladi.


    I-BOB. SURXONDARYO VILOYATINING GEOGRAFIK O’RNI, TABIIY SHAROITI, AHOLI SALOMATLIGINI SAQLASHDAGI AHAMIYATI

    1. 1-§ Surxondaryo viloyatining geografik orni

    Surxondaryo viloyati respublikamizning o’ziga xos geografik o’rin, tabiiy sharoit va demografik xususiyatlarga egabo’lgan mintaqasidir. Viloyat hududi 370 101-390 021 shimoliy kenglik va 660 321 - 680 251 sharqiy uzoqliklar oralig’ida joylashgan. Surxondaryo viloyatining geografik o’rniga bog’liq bo’lgan o’ziga xos tabiiy geografikxususiyatlari ham mavjud, jumladanviloyat O‘zbekistonning eng janubida joylashgan. U o‘z ichiga Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofini o‘rab turgan tog‘larni oladi.
    Surxondaryo viloyatining maydoni 20,1 mingkv.kmbo’lib, O’zbekiston Respublikasi hududining 4,5 foizini tashkilqiladi. Viloyat egallagan maydonining kattaligi jihatidan respublikamiz ma’muriy-hududiy birliklar orasida Qoraqalpog’iston Respublikasini ham hisobga olganda6- o’rinda turadi.
    Surxondaryo viloyati ma’muriy jihatdan 14 ta qishloq tumanini birlashtiradi. Ular Angor, Boysun, Bandixon, Denov, Jarqo’rg’on, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho’rchi, Qiziriq, Qumqo’rg’on tumanlari hisoblanadi. Bundan tashqari 8 ta shahar,114 ta shaharchalardan iborat. Viloyatning har bir tumanigao’rtacha1,44 kv. Km maydon to’g’ri keladi.
    Surxondaryo viloyatining qo’shni mintaqa va davlatlar bilan bo’lgan chegarasi tabiiy geografik ob’ektlar jumladan baland tog’ tizmalari, tekisliklar va daryolar orqali o’tgan. Viloyatsharqdanva shimoli-sharqdan Bobotog‘ va Hisor tog‘lari orqali Tojikiston bilan, shimoli g‘arbda Chaqchar va Boysun tog‘lari orqali Qashqadaryo viloyatibilan, g’arbda Ko‘hitang tog‘ining suvayirg‘ich qismi orqali Turkmaniston bilanchegaralanadi. Janubda Amudaryo orqali o‘tgan davlat chegarasi esa viloyat hududini Afg‘onistondan ajratib turadi. Surxondaryo viloyatining umumiy chegarauzunligi 664,7 km bo’lib, eng uzoq masofa TojikistonRespublikasibilan bo’lgan chegaraga to’gri kelib343,1 km, shuningdek, Afg’onistonbilan 143 km, Turkmaniston bilan 93,3 km, Qashqadaryo viloyati bilan 85,3 km masofada chegaradoshdir.
    Viloyatning tabiiy geografik o’rnining qulayligi asosan geografik o’rin va relyefomillarga tayanadi. Jumladan mintaqa respublikamizning boshqa viloyatlariga nisbatan janubda joylashganligi,bu yerda ijobiy foydali harorat yig’indisining yuqoriligi, xususan qulay agroiqlim resurslarining mavjudligi, bundan tashqari viloyatning atrofi baland tog’lar bilan o’ralganligi tufayli shimol va shimoli-sharqdan esadigan sovuq havo massalarining bu yerga yetib kela olmasligi, viloyatda subtropik iqlim sharoitining vujudga kelishi tufayli vegetatsiya davri uzoq bo’lgan issiqsevar subtropik va sitrus mevalarni yetishtirishga ixtisoslashgan dehqonchilik tarmoqlarini hududiy joylashtirishga imkon yaratgan.
    Viloyat hududining 70 foiz maydonini baland tog’liklar egallagan (1-rasm). Aynan ushbu tog’liklardan viloyatning qor, yomg’ir, muz yer osti suvlaridan to’yinuvchi daryolari boshlanadi.Bu esa viloyat hududida mustaqil gidrografik tarmoqlarning (daryo va soylar)vujudga kelishiga zamin yaratgan. Shuningdek,bu yerdan O’rta Osiyodagi eng sersuv daryo Amudaryo va uning eng so’nggi irmoqlari Surxondaryo va Sheroboddaryolarining oqib o’tishi qishloq xo’jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirishga yordam beradi.
    Viloyat hududining tog’-oraliq botig’ida joylashganligi bu yerda tekislik, adir, tog’ oldi va tog’ mintaqalarida xo’jalikning turli tarmoqlariga ixtisoslashuvchi hamda aholining joylashuvida o’ziga xos demografik jihatlarni keltirib chiqargan. Ayniqsa aholining xo’jalik mashg’ulotlari, urf odatlari va madaniyatidagi tafovutlar bunga yaqqol misol bo’ladi.
    Qo’shni Turkmaniston, Tojikiston, Afg’oniston davlatlarining mintaqaga yaqin bo’lgan rayonlarining qoloqligi, boz ustiga 20-asr 90-yillarining so’ngida Afg’oniston va Tojikistondagi bo’lib o’tgan fuqarolar urushlari viloyatning siyosiy geografik o’rnining noqulayligini keltirib chiqargan edi.


    1.1.1-rasm.



    Download 3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati

    Download 3 Mb.