Surxondaryo viloyati tabiiy kartasi




Download 3 Mb.
bet7/30
Sana19.08.2023
Hajmi3 Mb.
#79022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
PARDAYEVA SARVINOZ oxirgisiiiii
5-10-sinflar Yosh matematiklar, 6-sinf matematika to\'garak, 2.03-Inform-oqitish-metodikasi-uzb222222222222222, Результат - 170035878, 422023, Doc1, Mavzu Zamonaviy kiyim assortimenti, 2.Turizm sohasida transportda tashish turlari va ularning (1), mmmmmm, ERGASHOV UMIDJON, 745792, 1-amaliy, Questions and answers on criminal law Uzb, 1
Surxondaryo viloyati tabiiy kartasi
O’zbekiston milliy atlasi 42-bet, 2020-yil nashriyoti

Ma’lumki har bir mamlakat va mintaqalarning siyosiy va iqtisodiy geografik o’rni tabiiy geografik o’ringa nisbatan o’zgaruvchanlik xususiyatlariga egadir. Chunonchi har qanday hududning iqtisodiy rivojlanishida geografik (tabiiy, siyosiy, iqtisodiy) omillarning ta’siri ijobiy ham salbiy jihatlari bilanbelgilanadi. Buborada Surxondaryo viloyatining tabiiy, iqtisodiy, siyosiy geografik o’rnini tahlil etishquyidagi xulosalarni chiqarishga imkonberadi.


Inson salomatligi va ularda uchraydigan kasalliklar hududiy tafovutlarga ega. Chunki, ushbu hududlar o’z iqlimi, relyefi, suv va tuprog’i, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan o’zaro farqlanadi. Ularning barchasi aholi salomatligining hududiy tomonlrini va uning geografik xususiyatlari izohlab beradi. Shu o’rinda suv,havo va tuproqningyoki bizning fikrimizcha, nozoiqlimiy sharoitning inson salomatligiga ta’siruini alohida ta’kidlash kerak.
Inson salomatligini belgilashda ayniqsa, joylarning iqlim xususiyatlari muhim o’rin tutadi. Xususan, iqlim ushbu hudud tabiiy sharoitini belgilovchi zaruriy omillardan biridir. XVIII asrda yashab ijod qilgan fransuz olimi Monteske o’zining “Qonunlar ruhi to’g’risida” nomli asarida “Iqlimning hukmronligi barcha kuchlardan ustunroqdir”, degan shiorni olg’a surgan ekan (Shodimetov.Yu.Sh, 1994). Bundan bir necha asrlar ilgari mashhur sayyoh N.N.Mikluxo-Maklay ham lor organlar (quloq, burun, tomoq) holatiga iqlim omillarining o’zaro aloqadorligini batafsil qayd etib o’tgan. (Komilova N., Soliyev A., 2005).
Viloyatning tabiiy geografik o’rnining qulayligi asosan geografik o’rin va relyef omillarga tayanadi. Jumladan mintaqaning respublikamizning boshqa viloyatlariga nisbatan janubda joylashganligi, bu yerda ijobiy foydali harorat yig’indisining yuqoriligi, xususan qulay agroiqlim resurslarining mavjudligi, bundan tashqari viloyatning atrofi baland tog’lar bilan o’ralganligi tufayli shimol va shimoli-sharqdan esadigan sovuq havo massalarining bu yerga yetib kela olmasligi viloyatda subtropik iqlim sharoitining vujudga kelishi tufayli vegetatsiya davri uzoq bo’lgan issiqsevar subtropik va sitrus mevalarni yetishtirishga ixtisoslashgan dehqonchilik tarmoqlarini hududiy joylashtirishga imkon yaratgan.
Viloyat hududining 70 foiz maydonini baland tog’liklar egallagan. Aynan ushbu tog’liklardan viloyatning qor, yomg’ir, muz yer osti suvlaridan to’yinuvchi daryolari boshlanadi. Bu esa viloyat hududida mustaqil gidrografik tarmoqlarning (daryo va soylar) vujudga kelishiga zamin yaratgan. Shuningdek, bu yerdan O’rta Osiyodagi eng sersuv daryo Amudaryo va uning eng so’nggi irmoqlari Surxondaryo va Sherobod daryolarining oqib o’tishi qishloq xo’jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Viloyat hududining tog’-oraliq botig’ida joylashganligi bu yerda tekislik, adir, tog’ oldi va tog’ mintaqalarida xo’jalikning turli tarmoqlariga ixtisoslashuvchi hamda aholining joylashuvida o’ziga xos demografik jihatlarni keltirib chiqargan. Ayniqsa aholining xo’jalik mashg’ulotlari, urf odatlari va madaniyatidagitafovutlar bunga yaqqol misol bo’ladi.
“Iqtisodiy geografiko’rin (IGU) – bu ma’lum birjoyning (mamlakat, viloyat, shaharvah.k) o’zidan tashqarida o’rnashgan geografik elementlarning (tog’, daryo, dengiz, shahar, davlat, foydali qazilma boyliklar va b) shu joyning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy madaniy rivojlanishiga ta’sir demakdir. Bunday ta’sir vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi, qulay joy noqulay va, aksincha, noqulay joy qulay o’ringa ega bo’lishi mumkin. Asosiy iqtisodiy geografik qonuniyat bu yerda shundan iboratki, har bir joy o’zining IGO’ ni qulaylashtirishga, raqobatbardoshligini oshirishga intiladi”. Chunonchi Surxondaryo viloyatining uzoq yillar davomida siyosiy-iqtisodiy geografik o’rni noqulay bo’lgan. Bularga quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin.
1. Viloyat Sobiq Ittifoq davrida paxtachilikka bir tomonlama ixtisoslashgan qoloq xomashyo yetkazib beruvchi agrar mintaqa sifatida rivojlantirilganligi.
2. Viloyat hududining eng chekka janubda joylashganligi, jumladan viloyatning respublikamizning iqtisodiy jihatdanri vojlangan Toshkent, Farg’ona, Samarqand kabi nisbatan rivojlangan viloyatlaridan uzoqda joylashganligi.
3 Sobiq Ittifoq davrida viloyat iqtisodiyotining asosini qishloq xo’jaligi sohasi va u bilan bog’liq qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat (yengil vaoziq-ovqat) tarmoqlarining tashkil etilganligi, shuningdek yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida ishlab chiqarish sikli to’liq oxiriga yetkazilmaganligi mavjud mahalliy yoqilg’i sanoatining ko’mir, neft sanoati tarmoqlarining sust rivojlantirilganligi va hokazo.
4. Mintaqada transport tarmoqlarining sust rivojlantirilganligi, jumladan mintaqada qurib ishga tushirilgan avtomobil va temiryo’llarning qo’shni davlat yoki respublikalarning poytaxtlari va mintaqalarini bog’lovchi (Termiz- Denov- Dushanbe, Termiz –Yavon -Qo’rg’ontepa) tranzitlik ahamiyatining yuqoriligi, mintaqaning ichki rayonlarini bir-birini bog’lovchi avtomobil va temiryo’llarning qurib ishga tushirilmaganligi. Ayniqsa uzoq yillar mintaqada temiryo’l transporti orqali amalga oshirilgan aloqalari qo’shni Turkmaniston davlati orqali olib borilganligi.
5. Qo’shni Turkmaniston, Tojikiston, Afg’oniston davlatlarining mintaqaga yaqin bo’lgan rayonlarining qoloqligi, boz ustiga 20-asrning 90-yillarining so’ngida Afg’oniston va Tojikistondagi bo’lib o’tgan fuqarolar urushlari viloyatning siyosiy geografik o’rnining (SGO’ning) noqulayligini keltirib chiqargan edi.
Mustaqillik yillarida respublikamizda amalga oshirilayotgan bozor iqtisodiyoti islohotlari xususan mamlakatimiz hukumati tomonidan olib borilgan izchil mintaqaviy siyosatida mintaqalarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida mahalliy arzon xom ashyo va ortiqcha mehnat resurslari negizida investitsiya muhitini yaratish lokalizatsiya ya’ni mahalliylashtirish dasturi asosida iqtisodiyot tarmoqlarini qayta modernizatsiya qilish orqali chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotning infratuzilma tarmog’i (transport, aloqa) larini shakllantirish, ularning iqtisodiy salohiyatini oshirish orqali iqtisodiy o’rnining qulayligini yaxshilash muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Download 3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Download 3 Mb.