• 3.5 “Yashil” qurilish talablariga javob beradigan tabiiy karbonatlanish jarayonida betonning issiqxona gazlarini yutish qobiliyatining ijobiy ta’siri
  • Har xil turdagi yo‘llarga xizmat ko‘rsatishning yotqizish narxiga nisbatan qiymati, (%)




    Download 2,36 Mb.
    bet17/20
    Sana25.12.2023
    Hajmi2,36 Mb.
    #128205
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    Ibroximov G\'iyosiddinl 20232023

    Har xil turdagi yo‘llarga xizmat ko‘rsatishning yotqizish narxiga nisbatan qiymati, (%):

    Sement-beton qoplama, ayniqsa, transport vositalarining yuqori intensivligi va/yoki avtomobil transportining og‘ir yuki sharoitida o‘zini oqlaydi. Bitum importini kamaytirish orqali valyutani sezilarli darajada tejashga ham erishiladi.
    Sement-beton yo‘llarning asosiy tarkibiy qismlari — sement va noruda qattiq qurilish materiallari (shag‘al, maydalangan tosh, qum va toshlar) deyarli barcha hududlarda ishlab chiqariladi. Bu esa qurilish maydoniga materiallarni tashish bilan bog‘liq issiqxona gazlarini kamaytirishda yordam beradi.
    Shu bois mamlakatda sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari qatorida yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan yo‘llarni bosqichma-bosqich sement-beton qoplamaga o‘tkazish maqsadga muvofiq.
    Shu bilan birga, sement-betonni yotqizish asfalt-beton ishlariga nisbatan ancha murakkab texnologik jarayon ekanligini yodda tutish kerak.
    Mamlakat turli mintaqalarda, shu jumladan Germaniya, Janubiy Koreya, Ispaniya va Ozarbayjonning yirik kompaniyalari ishtirokida sement-beton qoplamali magistral yo‘l uchastkalarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha ancha uzoq muddatli tajribaga ega.
    Andijon viloyatida sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan maqsadli klaster tashkil etildi. U 31 ta chekka mahalladagi 23 kilometrli yo‘llarni sement-beton aralashmasi bilan qoplab, 10 yilgacha texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oldi.
    Bu tajribani butun mamlakat bo‘ylab yoyish, 2022-yilda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 2,6 ming kilometrlik sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlashning klasterli usulini joriy etish rejalashtirildi.
    Ushbu yo‘l klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022-yil oxirigacha ixtisoslashtirilgan uskunalar importi bojxona to‘lovlari va utilizatsiya yig‘imlaridan ozod qilinadi.
    3.5 “Yashil” qurilish talablariga javob beradigan tabiiy karbonatlanish jarayonida betonning issiqxona gazlarini yutish qobiliyatining ijobiy ta’siri Sharqiy Angliya universiteti tadqiqotlari bilan tasdiqlangan.
    Olimlar 1930—2013-yillarda barcha binolar, inshootlar va beton qoplamalar tomonidan atmosfera karbonat angidridning mintaqaviy va global so‘rilishini modellashtirdi.
    Bunda 4,5 gigatonna uglerod yoki 16 gigatonna karbonat angidridning so‘rilishi aniqlandi. Bu ularni yaratish jarayonida chiqadigan karbonat angidridning taxminan 43 foizi degani. Sement-beton qoplamalar uglerod izining kamayishiga hissa qo‘shadi.
    Perdyu universiteti (AQSH) qurilish muhandisligi kafedrasi olimlari, shuningdek, beton aralashmasiga nano o‘lchovli titan dioksid qo‘shilishi betonning karbonat angidridni bog‘lash qobiliyatini deyarli ikki baravar oshirishini aniqladi.

    Download 2,36 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 2,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Har xil turdagi yo‘llarga xizmat ko‘rsatishning yotqizish narxiga nisbatan qiymati, (%)

    Download 2,36 Mb.