• Rivojlangan mamlakatlarda sement-beton qoplamali yuqori tezlikda harakatlanish mumkin bo‘lgan avtomobil yo‘llarining ulushi (%)
  • Tabiiy muhitga zararli ta’sirlarni kamaytirish
  • 2.2 Sement-beton yo‘llar muhim afzalliklari
  • Oʻzbekistonda asfalt-betonning iqtisodiy va ekologik koʻrsatkichlari tahlili




    Download 2,36 Mb.
    bet16/20
    Sana25.12.2023
    Hajmi2,36 Mb.
    #128205
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    Ibroximov G\'iyosiddinl 20232023

    3.4 Oʻzbekistonda asfalt-betonning iqtisodiy va ekologik koʻrsatkichlari tahlili
    O‘zbekiston so‘nggi paytlarda tranzit transporti uchun muhim markazga aylanib boryapti. Bunda avtomobillarda yuk tashish hajmi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.
    Avtomobil yo‘llarini qurishda rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olish maqsadga muvofiq: AQSHda transport vositalari yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘llarning 60 foizi sement-beton qoplamali.
    Ushbu ko‘rsatkich Germaniyada 38 foizni, Avstriyada 46 foizni tashkil etadi. Xitoy va Yaponiyada ham ko‘proq sement-beton yo‘llar qurilyapti.
    Rivojlangan mamlakatlarda sement-beton qoplamali yuqori tezlikda harakatlanish mumkin bo‘lgan avtomobil yo‘llarining ulushi (%):

    Foto: PMTI
    Xitoy sement-beton tezyurar yo‘llar qurilishini sezilarli darajada oshirmoqda. Yaponiyada mustahkamligi, oddiyligi va foydalanish muddatini hisobga olgan holda, tezyurar yo‘llardan tashqari, sement-betondan ko‘p qavatli yo‘l o‘tkazgichlari qurilgan.
    Xitoy sement-beton tezyurar yo‘llar qurilishini sezilarli darajada oshirmoqda. Yaponiyada mustahkamligi, oddiyligi va foydalanish muddatini hisobga olgan holda, tezyurar yo‘llardan tashqari, sement-betondan ko‘p qavatli yo‘l o‘tkazgichlari qurilgan.
    Tabiiy muhitga zararli ta’sirlarni kamaytirish
    O‘zbekistonda yo‘l qurilishida hamon asosan asfalt-beton qoplamadan foydalaniladi. Barcha yuklarning 95 foizi va yo‘lovchilarning 88 foizi avtomobil yo‘llarida tashiladi.
    Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, sohada yo‘llarni asta-sekin avtomobil o‘qlariga 13 tonnalik yuklamali yo‘llarga o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda. Bu esa mustahkamlik xususiyatlarini sezilarli darajada oshirishni talab qiladi.
    2.2 Sement-beton yo‘llar muhim afzalliklari

    • katta mexanik ta'sirlarga va katta o‘lchamli transport vositalarining og‘irligiga bardoshli va xizmat ko‘rsatish muddati uzoqroq;

    • transport kam yonilg‘i sarflaydi (10-20 foiz);

    • mustahkam beton qoplamadan 30 yoki undan ortiq yil davomida ta’mirlash ishlariga muhtoj bo‘lmasdan foydalanish mumkin. Asfalt qoplama esa 8-12 yil xizmat qiladi va vaqti-vaqti bilan ta’mirlashni talab etadi;

    • qoplama ekstremal ob-havo sharoitlariga, yuqori va past havo haroratiga yoki namlik o‘zgarishiga yuqori chidamlilikka ega;

    • ekologik oqibatlarni minimallashtiradi, transport vositalari harakat uchun minimal yonilg‘i sarflaydi;

    • tabiiy resurslarni tejash va ekologik xavfsizlik. Asfalt neftni sanoat usulida qayta ishlash yo‘li bilan olinadi, betonning asosiy tarkibiy qismlari esa zararli kimyoviy moddalar deyarli yo‘q bo‘lgan ohaktoshlardir.

    Tuproq va qo‘shimcha qatlamlarni sement bilan mustahkamlash, beton qoplamani yotqizish yoki yo‘llarni rekonstruksiya qilish paytida asfaltning asosini sement bilan mustahkamlash yo‘llarni yanada mustahkam va iqtisodiy jihatdan foydali qiladi.
    Qurilish vaqti qisqaradi, yo‘lning o‘zi kapital ta’mirsiz bir necha o‘n yillar xizmat qiladi va texnik xarajatlar pastligini oldindan aytish mumkin.
    Beton yo‘llar yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega. Bu asos va pastki qatlamlarga yuklamaning bir xilligini va eskirishga chidamlilik koeffitsiyentini yetarli darajada ta’minlaydi. Ular barqarorlik xususiyatiga ega, shu jumladan, yuqori va past harorat ta’siriga.
    Sement-beton yo‘llar sirt yopishqoqligining yuqori koeffitsientiga ega. Ularning yorqin yuzasi qorong‘ida yo‘nalish olishni osonlashtiradi va yozda qizib ketishni kamaytiradi. Bundan tashqari, sement-beton aks ettiruvchi effekti tufayli yoritish uchun elektr energiya sarfini 30 foizga kamaytiradi.
    Eng muhim afzallik — bu umumiy iqtisodiy samaradorlik — sement-beton yo‘llarning hayotiy sikli asfalt-betonga qaraganda 2,5-3 baravar ko‘p.
    Turli sharoitlarda sement-beton qoplamalarini qurishning boshlang‘ich qiymati asfalt betonga qaraganda 20-40 foiz qimmatroq bo‘lsa-da, hayotiy sikli nuqtai nazaridan asfalt qoplamalarini ta’mirlash va ishlatish xarajatlari shundayki, muqobil sement-beton qoplamalarni qurish va ishlatish ancha arzonga tushadi.

    Download 2,36 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 2,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekistonda asfalt-betonning iqtisodiy va ekologik koʻrsatkichlari tahlili

    Download 2,36 Mb.