|
Oʻqitish metodlari. Anʼanaviy ( ogʻzaki, koʻrgazmali, amaliy, muammoli)
|
bet | 6/8 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 173 Kb. | | #258004 |
Bog'liq 1Kurs ishi Olimjonova.D (2)2.3 Oʻqitish metodlari. Anʼanaviy ( ogʻzaki, koʻrgazmali, amaliy, muammoli)
Texnologiya ta’limi jarayonida pedagoglar tomonidan:
- muammoli izlanish;
- kichik tadqiqotlarni olib borish;
- debat;
- bahs-munozara;
- evristik suhbat;
- kichik guruhlarda ishlash va boshqa;
-turli shakl, metod, vosita va texnologiyalardan samarali, maqsadli foydalanish;
- amaliy topshiriqlarini bajarishda o‘quvchilarga usullarni mustaqil tanlash imkonini berish;
-o‘quvchini juftlikda, kichik guruhda va jamoada ishlashini ta’minlash;
- mashg‘ulotlarning loyihalashtirilishiga e’tiborning qaratilishi nafaqat o‘qitish sifatini yaxshilaydi, samaradorligini oshiradi, shu bilan birga o‘quvchilar shaxsning rivojlanishi uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi.
Texnologiya fani darslarida interaktiv usullarni loyihalash, o‘qitish texnologiyasi, modulli ta’lim, keys ta’limi texnologiyalarini qo‘llash“5” daqiqa usuli
O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib shunday joylashtirish kerakki, bir-birini nima yozganligini ko‘rmasin.
Guruhlar 5 daqiqa ichida topshirilgan topshiriqni bajaradi. Guruhlar yozishni bir vaqtda boshlab va bir vaqtda tugatishi ishart.Masalan: Servis xizmati bo‘limidan 5 daqiqa mobaynida gazlamalarning xususiyatlarini izohlab bering. Bu usulda eng ko‘p formula yozgan va uni izohlab bergan guruh g‘olib hisoblanadi.
“Zanjir mashqi”
O‘quvchilarning darsda o‘rganilgan mavzuni qismlarga bo‘lib, navbatma-navbat bayon etishlari orqali yaxlit bir ko‘rinishda umumlashtirish usuli. Masalan:
1-guruh: Gazlama
2-guruh: Gazlamaning turlarini o‘rganish
3-guruh: Gazlamalarning olinishi
4-guruh: Gazlamalarning xossalari
5-guruh: Gazlamalarning ishlatilishi.
Bu mashqni shu tarzida davom ettirish mumkin Fikriv hujum” (“Mozgovaya ataka”) metodi. Mazkur metod o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash enertsiyasidan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabgi bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni engishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. “Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulot(bahs)ning ishtirokchilari tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo taqiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad ta’lim oluvchilarning mashg‘ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini taminlashdir.
Ta‘lim jarayonida
ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq bo‘ladi
“Yalpi fikriy hujum” metodi. Mazkur metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha (20-60) nafar ta’lim oluvchilardan iborat guruh (sinf)larda qo‘llash munikin. Ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun inikoniyat yaratib berishga xizmat qiladi. Har biri 5 yoki 6 nafar ta’lim oluvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi.
Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh aʼzolaridan biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar azolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot yarmida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e‘lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruh azolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi. Mazkur metod E.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.YA.Bush tomonidan qayta ishlangan. “Fikrlarning shiddatli hujumi" metodining mohiyati jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir ta’lim oluvchining shaxsiy inikoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda ta’lim oluvchilarda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir.Ushbu metoddan foydalanishga asoslangan mashg‘ulot bir necha bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagilardir: 1-bosqich. Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’lim oluvchilarni o‘zida
biriktirgan hamda son jihatidan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish.
2-bosqich. Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash.
3-bosqich. Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlarning hal etilishi).
4-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish.
5-bosqich.Topshiriqlar yechimlarini qayta turkumlashtirish, yani, ularni to‘g‘rilik darajasi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash.6-bosqich. Dastlabki bosqichlarda topshiriqlar yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish.
Keys-stadi (muayyan vaziyatlar) individual, sheriklar, guruhlarda, korxonalarda, hattoki butun bir mamlakat miqyosida o‘zining ta’lim xususiyatiga ko‘ra yuzaga keluvchi muammolarni ifodalashi mumkin. Keyslar ta‘limning turli sohalarida: biznes, boshqaruv, tibbiyot, arxitektura, qurilish hamda nostandart muammolar majmuasi yechimini qabul qilish malakasini talab etadigan barcha fanlarda qo‘llanilishi mumkin. “Keys-stadi” yordamida o‘qitishda muammolar aniqlanadi, yechimlar topiladi, tavsiyalar ishlab chiqiiadi.Keysni o‘rganish maqsad va vazifalarini ishlab chiqish - mazkur bosqichda o‘qiiuvchi o‘qitiladigan fan bo‘yicha talaba o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim va malakalarga o‘z e’tiborini qaratadi. Oldin o‘rganilgan material bilan qo‘yilgan maqsadning so‘zsiz muvofiqligi ko‘zda tutilgan bo‘lishi zarur. Keys-stadilami tuzish vaqo‘llashning asosiy tamoyillari yetarli darajada umumiydir. Keysning maqsad va vazifalariga muvofiq materiallar tanlash - keysning materiali muammoni ochib berishi lozim va mazkur muammo keys oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos bo‘lishi kerak. Keyslar haqiqiy vaziyatlarning aniq tafsilotini namoyish etishlari yoki muallifning ijod natijalardan biroz qo‘shilgan bo‘lishi mumkin. Keyslar uchun malumotlar va materiallar sifatida yuqorida ko‘rsatilganidek, gazeta maqolalari, tashkilotlaming hujjatlari, u yoki bu sohadagi tashkilotning faoliyati bo‘yicha xususiy kuzatuvlar, mutaxassislarning fikri, iste’molchilaming fikri, statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, diagramma, fotohujjatlar, multimedia materiallari, slaydlar va h.k. xizmat qilishi mumkin.
|
| |