• Bajardi: Olimjonova D. D Ilmiy rahbar:________________________ A ndijon-2024
  • III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
  • Texnik ijodkorlik va dizayn




    Download 173 Kb.
    bet1/8
    Sana30.05.2024
    Hajmi173 Kb.
    #258004
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1Kurs ishi Olimjonova.D (2)


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TAʼLIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    ANIQ FANLAR fakulteti
    FIZIKA VA TEXNOLOGIYA kafedrasi
    "TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN" fanidan

    KURS ISHI
    Mavzu: Oʻquvchilarni texnik ijodkorligini rivojlantirish metodlari.


    Bajardi: Olimjonova D. D

    Ilmiy rahbar:________________________


    A ndijon-2024
    Mavzu: Oʻquvchilarni texnik ijodkorligini rivojlantirish metodlari.
    Reja:
    I. Kirish
    II. Asosiy qism:
    2.1 Oʻquvchilarni texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish
    2.2 Oʻquvchilarni texnik ijodkorligini rivojlantirish istiqbollari
    2.3 Oʻqitish metodlari. Anʼanaviy ( ogʻzaki, koʻrgazmali, amaliy, muammoli)
    2.4 Modulli oʻqitishning blok sxemasi
    III. Xulosa
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar





    KIRISH
    Jahon ta‘lim tizimidagi islohotlar hamda qadriyatlarning o‘zgarishi pedagogik jarayonlarga innovatsion yondashuv va texnologiyalarni faol joriy etishni taqozo etmoqda. Ta‘lim jarayoniga tatbiq etilayotgan innovatsiyalar samarasi o‘qituvchining kasbiy-pedagogik ijodkorligi xarakteri va uning rivojlanganligi darajasiga bevosita bog'liq. Ijodkor, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash vazifalari avvalo umumiy o‘rta ta’lim tizimida amalga oshiriladi. Biroq, ta’lim va tarbiya amaliyotida o‘quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish ta‘limiy texnologiyalarning tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilmasdan, bu borada funksional yondoshuv ustunlik qilmoqda. Ba’zi pedagoglar o‘quv-ijodiy faoliyatga nisbatan ijobiy motivlarga e‘tiborni qaratsa, boshqalari intellektual sifatlarni, o‘quvchining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkillashtirishga asosiy e‘tiborni qaratmoqdalar. Uzluksiz ta‘lim tizimida har tomonlama yetuk, ijodkor shaxsni tarbiyalash, o‘quvchini uzluksiz rivojlantirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o‘zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo‘naltirilganligini ta‘minlashni taqozo etadi. Texnik ijodkorlik va dizayn fani o‘quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik muammolari, texnik ijodkorlik faoliyatining tashkiliy asoslari, ixtiro, kashfiyot, ratsionalizatorlik takliflari va patent axboroti, texnik ijodkorlik masalalarini yechish metodlari, dizayn va modellashtirish, dizayn asoslari, texnik modellashtirish va konstruktsiyalash, o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatiga rahbarlik qilish, sinfdan va maktabdan tashqari muassasalarda texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish, o‘quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirish metodlariga oid mavzular yoritilib, bilim berish ko‘zda tutilgan. Kundalik hayotda ijodkorlik oʻzini zukkolik — maqsadlarga erishish, atrof-muhit, ob’ektlar va vaziyatlardan gʻayrioddiy tarzda foydalanib, umidsiz boʻlib tuyulgan vaziyatdan chiqish yoʻlini topish qobiliyati sifatida namoyon boʻladi.
    Keng maʼnoda, muammoni maxsus boʻlmagan vositalar yoki resurslar bilan aniq va mohirona hal qilish. Bu, shuningdek, muammolarga jasur, nostandart yechimlar qobiliyatini ham anglatadi.
    Ijodiy qobiliyatlarning paydo boʻlishi haqida bir qancha farazlar mavjud. Birinchisiga koʻra, ijodiy qobiliyatlar aqlli odamda asta-sekin, uzoq vaqt davomida paydo boʻlgan va insoniyatdagi madaniy va demografik oʻzgarishlar, xususan, aholi sonining koʻpayishi, eng aqlli kishilarning qobiliyatlarini qoʻshish natijasida yuzaga kelgan deb ishoniladi.Bugungi kunda yurtimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlar
    yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek, mamlakatimiz kelajagi hisoblangan yoshlarning Vatanimiz ravnaqi yo'lida har taraflama yetuk shaxs sifatida rivojlanishi, ularning raqobatbardosh kadrlar bo'lib yetishishi uchun xizmat qilib kelmoqda. XXI asr fan texnika shiddat bilan rivojlanayotgan davrda har bir sohaga xorijiy tajribalar, yangi loyihalar kirib kelayotgani mamlakatimiz rivoji va ta'lim sohasidao'zgarishlar sodir bo'lishiga olib kelmoqda.

    Download 173 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 173 Kb.