|
Kurs ishining dolzarbligi
|
bet | 2/8 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 173 Kb. | | #258004 |
Bog'liq 1Kurs ishi Olimjonova.D (2)Kurs ishining dolzarbligi: Oʻquvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish metodlari mavzusini oʻquvchilarga texnika bilan birga olib borish va ularni ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish.Ijodkorlik — insonning ijodiy qarorlar qabul qilish, tushunish, qabul qilish va tubdan yangi gʻoyalarni yaratish qobiliyatini rivojlantirish.
Kurs ishining maqsadi: Oʻquvchilarni texnik ijodkorligini rivojlantirish va oʻqitishning samarali metodlaridan foydalanish.
Kurs ishining vazifalari: Oʻquvchilarni texnik ijodkorligini rivojlantirish metodlari haqida keng koʻlamli maʼlumotlar berish.
Kurs ishining obyekti: Umumiy oʻrta taʼlimda oʻquvchilarni texnik ijodkorlik faoliyatlarini, ilmiy malakalarini oshirish.
Kurs ishining predmeti: Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni texnik ijodkorlik faoliyatlarini shakllantirishga qaratililgan zamonaviy hamda samarali oʻqitish metodlaridan foylanishga qaratilgan dars mashgʻulotlari olib borish.
Kurs ishining meʼyoriy-huquqiy asoslari: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-sonli qarori.
Kurs ishining strukturaviy tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
2.1 Oʻquvchilarni texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish.
Oʻquvchilarni yoshligidan mehnatga oʻrgatish kelajak hayotlaida juda katta samara beradi. Bunda mehnat koʻnikmalari bilan birga oʻquvchilarda kreativlik, texnik bilimlar, kollektiv ijodkorlik kabi qobiliyatlarni ham shakllantirish zarur. Mashhur idealist faylasuf E.L. Radlov tomonidan yigirmanchi asr boshidagi eng obro'li falsafiy lug'atlardan birida ijodkorlik "biror narsaning yaratilishi bilan bog'liqligi, yaratilish qobiliyati Xudoga eng xos bo'lganligi va odam faqat nisbatan ijodiy harakatlarni bajarishi mumkin ..". Bunday bayonotlar bilan bir qatorda, ijodiy jarayon tarkibida ongsiz jarayonlarning mavjudligiga e'tibor qaratildi. Keyinchalik, ijodkorlikning har xil turlarini ilmiy o'rganish o'zgargani sari, umuman unga bo'lgan munosabat ham, ijodga berilgan ta'riflar ham o'zgardi. So'nggi paytlarda, asosan, yangi mahsulotning yaratilishi ilgari bo'lmagan ijodkorlik bilan bog'liqligiga e'tibor qaratildi; ijodkorlik inson faoliyatining turli sohalarida, yangi moddiy va ma'naviy qadriyatlar vujudga kelganda namoyon bo'ladi.
|
| |