|
Modulli oʻqitishning blok sxemasi
|
bet | 7/8 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 173 Kb. | | #258004 |
Bog'liq 1Kurs ishi Olimjonova.D (2)2.4 Modulli oʻqitishning blok sxemasi.
“Modulli o‘qitish” termini xalqaro tushuncha - modul bilan bog‘liq bo‘lib (“modul”, lot. modulus), uning bitta ma’nosi faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi. Bu ma’noda u modulli o‘qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi.
Modul-bu fanning fundamental tushunchasini taqdim etadi: muayyan jarayoni yoki qonuni, bo‘limi, muayyan katta mavzusi, o‘zaro bog‘liq tushunchalar guruhidir. Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u odam bosh miyasining o‘zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir. Modulli o‘qitish asosan inson bosh miyasi to‘qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi.Modulli o‘qitish, kasbiy ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatlarini yaratadi.
Modul
-faoliyatlilik asosida o‘qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlash;
- o‘qitishni individuallashtirish;
- amaliy faoliyatga o‘rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash darajasida o‘qitish samaradorligini nazorat qilish;
- kasbiy motivastiya (qiziqtirish) asosida, o‘qitish jarayonini faollashtirish, mustaqillik va o‘qitish imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish.
Modulli o‘qitishning blok sxemasi O‘qitishning modul tizimiga o‘tish samaradorligi, quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
• o‘quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazasi darajasi;
• professor-o‘qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi;
• o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi;
• ko‘zlangan natijalarni baholash;
• didaktik materiallarni ishlab chiqish;
• natijalarning tahlili va modullarni maqbullashtirish.
Modulli o‘qitishda quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
Ishchi o‘quv rejani chuqur tahlili asosida, o‘zaro chambarchas bog‘liq fanlar guruhi aniqlanadi, ya‘ni butun o‘quv rejasi alohida makromodullar to‘plami sifatida qaraladi. Ko‘pchilik hollarda quyidagi uch turdagi makromodullar tuzilishi mumkin:
a) gumanitar fanlarni o‘z ichiga oladigan;
b) iqtisodiy fanlarni o‘z ichiga oladigan;
v) umumta‘lim, umumtexnik umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni fanlarni o‘z ichiga oladigan.
Oʻquvchi:
- Oʻquvchilar Texnologiya faniga yangi kiritilgan boʻlimlarni oʻzlashtirilishi qiyin boʻlgan mavzular mazmuniga oid bilimlarni bilishi;
Texnologiya faniga yangi kiritilgan boʻlimlar va oʻzlashtirilishi qiyin boʻlgan mavzularni oʻqitishning zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim.
Modulni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar.
Tanlov oʻquv moduli nazariy va amaliy mashgʻulotlar shaklida boriladi.
- nazariy mashgʻulotlarda Texnologiya faniga yangi kiritilgan boʻlimlar oʻzlashtirish qiyin boʻlgan mavzular haqida maʼlumotlar berildi.
- amaliy mashgʻulotlarda faniga yangi kiritilgan boʻlimlarning oʻzlashtirilishi qiyin boʻlgan mavzularni oʻqitishning zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalanish usullari oʻrgatiladi.
- amaliy mashgʻulotlarda texnik vositalardan, ekspress-soʻrovlar, test soʻrovlari, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interaktiv taʼlim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Modulning oʻquv rejadagi boshqa fanlar bilan bogʻliqligi va uzviyligi
Modul mazmuni oʻquv rejadagi "Taʼlim-tarbiya Texnologiyalari va pedagogik mahorat", "Texnologiya fanini oʻqitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar" va "Texnologiya fanini oʻqitish metodikasi" oʻquv modullari bilan uzviy bogʻlangan holda pedagoglarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Mazkur oʻquv modulning asosiy qismida modulning mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu boʻyicha oʻquvchilarga yetkazilishi zarur boʻlgan bilim va koʻnikma va malakalar nazarda tutiladi.
.Oʻqitish shakllari.
Mazkur modul boʻyicha quyidagi oʻqitish shakllaridan foydalaniladi:
-maruzalar, amaliy mashgʻulotlar (maʼlumotlar va texnologiyalarni anglab olish, aqliy qiziqishni rivojlantish, nazariy bilimlarni mustahkamlash);
- davra suhbatlari (koʻrilayotgan topshiriqlar yechimlari boʻyicha taklif berish qobiliyatlarini oshirish, eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish);
- baxs va munozaralar ( topshiriqlar yechimi boʻyicha dalillar va asosli
argumentlari taqdim qilish, eshitish va muammolar yechimini topish qobiliyatlarini rivojlantirish). “Muammoli vaziyat” metodi orqali umumkasbiy fanlarning nazariy va amaliy asoslarini o‘qitishda muammoli vaziyatlarni yaratish natijasida talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarni faol o‘zlashtirishga erishiladi. Bo‘lajak texnologiya ta’limi o’qituvchilarini tayyorlashda muammoli vaziyat pedagogik turkum fanlari hamda umumkasbiy fanlarning integratsiyasi, ya’ni didaktik sintezi va fanlararo aloqadorlik darajasi faoliyatida pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyat (topshiriq)lar yechimini topish orqali amalga oshirishi lozim. Muammoli vaziyat - bu bilim olish maqsadida maxsus yaratilgan aqliy faoliyat holatidir. Bunday vaziyat zaminida ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarningxotirada qolganligini tekshirish va yangi masalani yechish uchun aqliy yoki amaliy ishlash usuli yotadi.
Texnologik ta’limda muammoli vaziyat asosida o‘qitish talabalarni har tomonlama rivojlantiradi, jumladan, ijodiy idrok etish qobiliyatini o‘stiradi. Muammoli ta’limning texnologik ta’limi darslaridagi ajralib turadigan xususiyati shundan iboratki, unda bilimlar talabalarga tayyor holda bayon etilmaydi, balki talabalarga berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishlari uchun bir yoki bir necha muammo qo‘yiladi. Mustaqil izlanishlar jarayonida ilmiy-texnik bilimlarning talabalar tomonidan egallanishi yetarli darajada puxta va ongli bo‘lib, ularda zamonaviy dunyoqarashni tarkib toptirish uchun baza yaratadi. Muammo - o‘zida undagi hal qilishi uchun mavjud bo‘lgan vositalar (bilish, uddalsh, izlanish faoliyatining tajribasi) asosida qabul qilingan muammolivaziyatni ifodalaydi. Shuning uchun ham, har qanday muammoda muammoli vaziyat mavjud bo‘ladi, ammo har qanday muammoli vaziyat muammo hisoblanmaydi.Bilish vazifasi o‘zida mavjud sharoit yoki parametrlarda hal qilinadigan muammolarni ifodalaydi. Bunday vazifaning mazmuni, ya’ni paydo bo‘lishining asosida ma’lum bilan noma’lum o‘rtasidagi ziddiyat yotsagina, bu muammo sanaladi. Muammoli vaziyatlar talabalarning bolg‘usi kasbiy-pedagogik faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hayotiy, amaliy dalillar, jarayonlar asosida yaratiladi. Talabalar tomonidan muammolarning yechimini topishda quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1.Muammoli vaziyat tavsifini keltirish.
2. Guruhni kichik guruhlarga bo‘lish.
3. Guruh talabalari tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlash.
4. Muammoli vaziyatni keltirib chiqaruvchi sabab va oqibatlar to‘g‘risida fikr-mulohazalarni ilgari surish.
5. Muammoli vaziyatning maqbul yechimini ishlab chiqish.
6. Muammoli vaziyatning yechimini to‘g‘ri va aniq topilganligini isbotlash. Yozma topshiriqning ushbu turida talabalardan quyidagi ikki topshiriqni bajarish: mazkur mavzu bo‘yicha ular nimalarni o‘rganganliklarini mustaqil bayon etish va ular baribir javobini ololmagan bitta savol berish so‘raladi.
1-muammoli masala
1-misol. O‘quv ustaxonalarida reja asosida ma’lum o‘quvchilar soni bilan olib boriladigan mashg‘ulotning asosiy shaklsi.
2-misol. O‘quv ustaxonalarida o‘quvchilar soni 15-20 tadan ortsa o‘qituvchi tomonidan boshqarish qiyin bo‘lganligi sababli asosan sinf ikki guruhga bo‘linadi. 3-misol. Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflarida o‘quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq, qishloq maktablarida 20va undan ortiq bo‘lsa, texnologiya ta’limi darslari shu sinflarda o‘quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda olib boriladi.Sizning-cha, mazkur misollarda bayon etilganlar texnologiya ta’limida o‘qitishning qaysi shakliga tegishli? O‘z fikringizni asoslang.
2-muammoli savol Siz texnologiya ta’limi jarayonida o‘quv ustaxonalarida darslarni tashkil etishning qanday shakllaridan foydalana olasiz?
3-muammoli vaziyat Ximiklar, to‘qimachilar, navbatchi elektr montyorlar, avtomatik liniyalar operatorlari va shunga o‘xshash kasb egalarini tayyorlashda qanday o‘qitishning shaklidan foydalanishadi? Nima uchun ularni bu usul bilan o‘qitishini izohlab bering. “Aqliy hujum” o‘quvchilarda mustaqil fikrlash imkonini beruvchi ta’lim usulidir. Mazkur usul yordamida muammoli savol yoki topshiriq vositasida barcha o‘quvchilarning fikrlari jamlanib, yakuniy xulosaga kelinadi. Bunda aytarli to‘g‘ribo‘lmagan fikrlar ham inobatga olinadi.O‘rtaga tashlangan muammoli savol yuzasidan bildirilgan fikrlar doskaga yoki maxsus qog‘oz (flipchart)ga yozib boriladi. Bunday yondashuv aytilgan fikrlarni jamlash, tahlil qilish va umumiy xulosa chiqarish imkonini beradi.
“Aqliy hujum” metodinini o‘tkazish yo‘llari1. O‘qituvchi o‘quvchi oldiga savol, topshiriq yoki muammoni qo‘yadi (savol va topshiriqlar o‘tilgan yoki yangi o‘zlashtirilayotgan mavzu bo‘yicha, shuningdek, hayotiy voqea - hodisalar yuzasidan bo‘linishi mumkin) va o‘quvchilardan o‘z fikr - mulohazalarni bildirishlari so‘raladi.
2. Barcha fikrlar doska yoki flipchartga yozib boriladi.
3. So‘ng o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birga asosiy g‘oyalarni uyg‘unlashtiradi, ayrim o‘rinlarga tuzatishlar kiritadi, keyingi jarayonlarda foydalanish uchun eng muhimlari ajratib olinadi.
“Aqliy hujum” metodini o‘tkazish qoidalari
1. “Aqliy hujumni” metodini o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt (reglament)ga qat’iy rioya
qilish zarur.
2. Belgilangan vaqt orasida fikr aytish istagini bildirgan har bir o‘quvchiga imkoniyat yaratish zarur.
3. O‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar muhokama qilinmasligi, baholanmasligi kerak.
4. Zarur bo‘lib qolgan taqdirda bayon etilgan fikrlarga tuzatish kiritish mumkinki, bu narsa o‘quvchilar o‘z fikrlarni aniq, lo‘nda, qisqa bayon etishlarga olib kelsin.
“Klaster” metodi. klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib u talim oluvchilarga ixtiyoriy muammo(mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini yaratuvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “klaster” metodi aniq obektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini taminlashga xizmat qiladi.
"SWOT-tahlil" metodi
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yoʻllarini topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
Namuna: Muammoli taʼlim yondashuvlarning SWOT tahlilini ushbu jadvalga tushiring.
S. Muammoli taʼlim yondashuvlarining kuchli tomonlari.
W. Muammoli taʼlim yondashuvlarning kuchsiz tomonlari.
O. Muammoli taʼlim yondashuvlarining imkoniyatlari (ichki)
T. Muammoli taʼlim yondashuvlarining amalda qoʻllanishdagi toʻsiqlar (tashqi).
Modulning vazifalari:
- Oʻqituvchilarning Texnologiya faniga yangi kiritilgan boʻlimlar va oʻzlashtirilishi qiyin boʻlgan mavzularga oid nazariy va amaliy bilimlarni rivojlantirish;
- yangidan kiritilgan boʻlimlar va oʻzlashtirilishi qiyin boʻlgan mavzularni oʻqitishda zamonaviy taʼlim metodlarini qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirish. Modul boʻyicha tinglovchilarning bilimi, koʻnikma va malakasi kompetensiyalariga qoʻyiladigan talablar.
Modulning maqsadi va vazifalari: umumiy oʻrta taʼlim maktablari Texnologiya fani oʻqituvchilariga Texnologiya faniga yangi kiritilgan boʻlimlar va oʻzlashtirilishi qiyin boʻlgan mavzularni oʻtishning mazmun va mohiyatini oʻrgatishdan iborat.
|
| |