• . Innovatsiya
  • Oʻquvchilarni texnik ijodkorligini rivojlantirish istiqbollari




    Download 173 Kb.
    bet5/8
    Sana30.05.2024
    Hajmi173 Kb.
    #258004
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1Kurs ishi Olimjonova.D (2)

    2.2 Oʻquvchilarni texnik ijodkorligini rivojlantirish istiqbollari.
    Hozirgi kunda ta’lim jarayonlarida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, taxlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi.
    O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchlik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari-interaktiv metodlar, Innovotsion texnologiyalarning o‘rni va ro‘li benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedogog maxoratiga oid bilim, tajriba va intiraktiv metodlar o‘quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta‘minlaydi . Innovatsiya - (inglizcha innavation)-yangilik kiritish, yangilikdir.Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar-bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya‘ni pedagogik ta‘sir etish usullari bo‘lib ta‘lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi1. Bu metodlarnig oziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” - yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me‘yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’limdir. Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalaridir. Ularning asosiy turlari: Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra, kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra, o‘zgarishlarning ko‘lamiga ko‘ra, kelib chiqish manbaiga ko‘ra tashkil etiladi.
    Ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llaniladigan innovatsiyalar
    - Radikal innovatsiyalar,
    - modifikatsiyalangan innovatsiyalar
    - Kombinatsiyalangan innovatsiyalar
    - Tarmoq (lokal) innovatsiyalari
    - Tizim innovatsiyalari
    - Modul innovatsiyalari
    Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari sanaladi:
    - yangi g‘oyalar;
    - tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
    - noan’anaviy yondoshuvlar;
    - odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;
    - ilg‘or ish uslublari.
    Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya etishi kerak: - har bir o‘quvchinini alohida, o‘ziga xos shaxs sifatida ko‘ra olish. Yoshlarni mustaqil xayotga va mehnatga tayyorlashni tubdan yaxshilash maqsadida umumta’lim maktabi oldiga o‘z ishida ta’limni unumli mehnat bilan qo‘shib olib borish tamoyilini to‘laroq amalga oshirish vazifasi qo‘yilgan.O‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatini tashkil etishga quyidagilar zamin hisoblanadi:
    1. O‘qitish va o‘qish ta’limi jarayonini yangi pedagogik texnologiyaga binoan tashkil etish. Unda, dunyo qonuniyatlarini ijtimoiy tarixiy taraqqiyotining ongli sur’atda tushuntirish orqali o‘quvchilarni yakka holdagi rivojlanish omillarga tayanish. Ta’lim jarayonidagi ikki jihat; tashqi tasvirlar va ichki imkoniyatlarni.Ta’lim jarayonining harakatlantiruvchi kuchlarni hisobga olgan holda o‘quvchilarni bilish faoliyatlarini tashkil etish bosqichlariga tayanish lozim.
    2. Texnologiya ta’limi darslaridagi uzluksiz kasb – xunar ta’limi tamoyillariga binoan o‘qituvchi faoliyatida ta’lim tamoyillarining o‘rnini belgilashda o‘quvchi bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy boshlanma – ta’lim tamoyillarini asos qilib olish muhim ahamiyatga ega.
    3. Texnologiya ta’lim darslaridagi tarbiyalovchilik xarakteridagi tamoyili tarbiyalovchi ta’limning asosiy qoidalari; dunyoqarashni shakllantirish, ahloqiysifatlarni va irodani tarbiyalash, tarbiyalashni shakllantirish, qobiliyatni o‘stirishga alohida e’tibor berish lozimdir.
    4. Texnologiya ta’limining ilmiylik tamoyillari ilmiy hamda asoslangan bilim – o‘quvchi onggini haqqoniy rivojlantirishda yetakchi o‘rinni egallaydi. Unda o‘quv materialidagi ilmiy – qonuniyatlarni aks ettirish, nazariy qoidalarni tushunish –fikrlash faoliyati xarakterini belgilaydi.
    5. Texnologiya ta’limi darslaridagi ketma – ketlik tamoyili borliqning o‘zi ma’lum ketma – ketlik bo‘lishini hamma tomonlama taqazo etadi. unda ta’lim jarayonida ham ketma – ketlik bo‘lishi zarur. O‘qitishdagi ketma-ketlik bo‘lishi ma’lumdan - noma’lumga, yaqindan – uzoqqa, oson materialdan – qiyin materialni o‘rganishga o‘tishni taqazo etadi.
    6. Texnologiya ta’limi darslarining tushunarli bo‘lish tamoyili ta’limning o‘quvchi yoshlar tushunchasiga mosligi, yangi bilimlarni o‘quvchi ongidagi bilimlar bilan bog‘lab, tushunarli qilib turmush tajribasiga asoslanish, umumiy saviyani yuqoriga ko‘tarish, o‘quv materiallarini o‘quvchi rivojlanishiga mos bo‘lishi bilan amalga oshirish alohida e’tiborga sazovor. 7. Texnologiya ta’limining ko‘rsatmalilik tamoyili o‘quvchilarga texnika-texnologiya tarixini xissiy bilish ko‘rsatmalilik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Texnologiya ta’limida o‘qituvchining o‘zi va amalga oshirgan dars jarayonidagi bilim, ko‘nikma va malakalari asosiy ko‘rsatma ekanligi, ta’limda yangi texnologiyalarni qo‘llashga asos soladi.
    8. Texnologiya ta’limida onglilik va faollik tamoyili zaminida yo‘nalishlar bilimlarni umumlashtiradi, nazariyalarning aniq qo‘llanishi fikr yuritishni ancha aniqlashtiradi.
    9. Texnologiya ta’limi darslarida mustaqil bilimlar berish tamoyili zaminida, o‘rganilgan bilim, ko‘nikma va malakalar o‘quvchi onggida uzoq vaqt saqlanishi keyinchalik amaliyotga tadbiq etilishi uchun mustahkamlanishi zarur. O‘quv materialidagi asosiy tushuncha qoidalarni bo‘rttirish, asosiy fikr bola bilimlari bilan bog‘lanishi, zurur qarash va e’tiqodlarni shakllantirishga asos soladi.
    10. texnologiya ta’limining alohidalashtirish tamoyili o‘quvchi shaxsiga yarasha alohida yondoshish, dars jarayonida va darsdan tashqari yondoshuvlar mazmunida ta’lim tamoyillarini qo‘llashdagi o‘zaro bog‘liqliligi, ijobiy intilishlar hosil qilishadi.

    Download 173 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 173 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻquvchilarni texnik ijodkorligini rivojlantirish istiqbollari

    Download 173 Kb.