|
Texnik ijodkorlik va dizayn
|
bet | 4/8 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 173 Kb. | | #258004 |
Bog'liq 1Kurs ishi Olimjonova.D (2)Qobiliyat-shaxsning individual psixologik xususiyati bo‘lib, unga bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirilishining to‘liqligi, yengilligi, chuqurligi, hamda turli faoliyatni o‘zlashtirish va uni muvaffaqiyatli bajarishga bog‘liqligidir. Ijodkorlik qobiliyatlari ijodkorlikda o‘quvchilarni psixologik xususiyatlarini ko‘rsatsa ularni jismoniy, aqliy fiziologik jihatdan buyumlarni, har xil operatsiyalarni bajara olishi ularni rivojlantirish ijodkorlikda fiziologik xususiyatlarini o‘rganish texologiya darslarida o‘qituvchining mahoratini ko‘rsatib beradi. Ijodiy mehnat asoslarini o‘zlashtirish va ijodkor shaxsni tarbiyalash o‘quvchilarning ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida ma’naviy barkamol, bilimlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalashga, fan-texnika taraqqiyotining jadallashuviga xizmat qiladi.Oʻquvchilarni mehnatga muhabbat va yaratuvchanlik faoliyati jarayonida oz bilim va malakalarini ijodiy qollash konikmalarini shakllantirish, texnik ijodiyotni rivojlantirishning asosiy omillari hisoblanadi.Osib kelayotgan yosh avlod texnik ijodkorlik qobiliyatini, texnika sirlarini anglashi va shu yonalishda talim berilsa, respublikamizda erishilgan fan va texnika yutuqlariga tayanib ish korilsa, uning ildizini yanada chuqurroq tushunib kelajakda kuchli texnik mutaxassislar, fan va texnika yutuqlariga oz hissasini qosha oladigan pirovardida esa shu yoshlar chet el mahsulotlari va asbob-uskunalaridan kuchliroq mashinalar yaratish qobiliyatiga ega bolgan, shu yolda xizmat qila oladigan bolishi lozim.Ozbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvining talim va tarbiya milliy shakllarini yanada rivoj topishida ham katta imkoniyatlar ochib berdi. Yosh avlodni an’analarimiz ruhida tarbiyalab hunar orgatilsa, ijodkorlikka yonaltirilsa, xalqimizning urf-odatlari, madaniyatimiz va tilimizga munosabatlar ildizi chuqurligi yanada oydinlashadi.Texnik ijodiyotni rivojlantirishda umuminsoniy qadriyatlar doimo diqqat markazida bolish uni amalga oshirish uchun shaxs erkinligi va demokratiyani himoyalash har bir kishining vazifasidir.Texnik ijodkorlikni rivoj topishida oquvchilarning tabiatga, oz vataniga mas’uliyatli bolish munosabatlarini tarkib toptirish muhimdir.Texnik ijodkorlik katta tarbiyaviy potentsialni oz ichiga oladi. Texnik ijodiyot oquvchilarni ona Vatan, mehnatga bolgan muhabbatini ostirib ularni erkin fikrlashga, mustaqillikka undaydi.
Texnik ijodkorlikni rivojlantirishda oʻquvchi yoshlarning oʻzlari qiziqib sevib oʻrganadigan turli yoʻnalishlari boʻlishi mumkin. Texnik ijodiyotga oʻquvchilarni yoʻnaltirishda birinchi navbatda, milliy xalq hunarmandchiligiga, an’analarning milliy estetik manbaiga hamda boy sharq miniatura san’ati, haykaltaroshlik, kulolchilik, yogoch oʻymakorligi va hunarmandchilikning boshqa turlariga alohida e’tibor berish lozim.
Davlatimizning mustaqillikka erishuvi oʻz navbatida har qanday taraqqiyparvar jamiyatga iste’dodli shaxslar zarurligi nuqtai nazaridan iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va oʻqitish respublikaning bolajak aql zakovatli va ijobiy fikrlovchi kuchlarini tayyorlashning muhim omilidir. Iste’dodlarni namoyon qilish va ularni sonini oshirish uchun sharoit yaratish maqsadida avvalgi yutuq, tajribalarni ommaviylashtirish, ularning ijobiy qiziqishlarini rivojlantirib turli tadbirlar, korik-tanlovlar oʻquvchilar texnik ijodiyoti korgazmalari uchrashuvlarga jalb etish muhimdir. Iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va oʻqitishni ta’minlash boʻlajak respublikamizning iqtidorli kuch qudratini tayyorlashning istiqboli bilan bog`liqdir.
|
| |