Texnik ijodkorlik jarayonida axborot




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/36
Sana02.02.2023
Hajmi3.57 Mb.
#40785
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)
3.5. 
Texnik ijodkorlik jarayonida axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanish. Bizning asrimiz 
fan-texnika yutuqlarining mislsiz darajada 
taraqqiy etishi, hamda bu taraqqiyot natijalarining oddiy insonlar hayotiga juda 
qisqa muddatlarda keng kirib kelayotganligi bilan tavsiflanadi. Mana shunday 
taraqqiyot omillaridan biri bu, shubhasiz, yangi axborot texnologiyalaridir. 
Bugungi kunda hayotimizning hech bir sohasini, jumladan, ta'lim tizimini ham 
yangi axborot texnologiyalari hamda uning asosi bo'lgan kompyuterlarsiz 
tasawur etib bo’lmaydi.
Axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan 
shug'ullanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, 
ya’ni 
belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan 
dasturiy ta'minotni yuritish majmuasi axborot texnolopivasi deb yuritiladi. 
Axborotlar davri hisoblangan bugungi kunda tarixda birinchi marotaba 
insoniyat faoliyatining ko’plab sohalari moddiy buyumlar bilan emas, balki 
axborotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lmoqda. SHu sababli, bugungi kunda 
yoshlami axborot davrida yashash va ishlashga o’rgatish, ularda axborotlarni 
yig'ish, tartibga solish va tahlil qilish, uni uzatish ko’nikmalarini shakllantirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bular o’z navbatida talabalarning turli qobiliyatlari 
qatorida ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirishda ham muhim asos vazifasini 
o’taydi, chunki har qanday yangi g'oyani taklif qilishdan oldin qaralayotgan 
sohani batafsil o'rganib chiqish, yangi axborotlarni topish va uni tavsiya


31
etilayotgan yechim bilan bog'lashni o'rganish lozim bo’Iadi. Bu vazifalarni 
amalga oshirish uchun albatta oddiy inson xotirasida saqlab bo’lmaydigan 
darajada katta hajmdagi axborotlami qayta ishlash talab etiladi. Yangi axborot 
texnologiyasi imkoniyatlari ushbu muammoni avtomatlashgan o'quv-axborot 
tizimlari, bilimlar banki va Ma'luniotlar banklari vositasida oson va samarali hal 
qilish imkoniyatlarini yaratadi. Shu munosabat bilan keyingi paytda 
respublikamizda bu sohaga e'tibor kuchayib bormoqda, keyingi besh yil 
mobaynida 
mavjud 
kompyuterlar 
parki 
bo’yicha 
vatanimiz 
jahon 
ko’rsatkichlariga yaqiniashib qoldi. Biroq, ta'lim jarayonida zamonaviy axborot 
texnikalarini, jumladan, shaxsiy kompyuterlarning qo'llanishi uchun zarur 
nazariy va amaliy, ilmiy-metodik asoslarning ishlab chiqilmaganligi ayniqsa 
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bog'liq qator muammolarni keltirib 
chiqarmoqda.
Hozirgi paytda o'quv dasturlariga xalq xo'jaligida yangi axborot 
texnologiyalari va kompyuter texnikalarining qo’llanilish sohalari bilan 
tanishtiruvchi ko'plab fanlar kiritilgan. Ularni o’zlashtirish davomida talabalar 
kompyuterlarning ta'lim, 
iqtisod 
va 
muhandislik ishlarida qo’llanilishi, 
matematik modellashtirish, avtomatlashgan o’quv-axborot tizimlari hamda ish 
o’rinlarida foydalanish tartibi, mehnat tavsifi va unumdorligini oshirishdagi 
ahamiyati bilan tanishadilar. Bunda talabalar mehnat va kasb 
ta'limi 
o’qituvchisi faoliyatida kompyuterlarni qo’llash tartibini ma’lum mahnoda 
o’zlashtirsalarda, uni bugungi kun talabi darajasida deb bo’lmaydi, zéro u 
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilab berilgan vazifalarni amalga 
oshirish uchun yetarli emas. Demak, talabalarni yangi axborot texnologiyalari 
bilan ishlash bilim va ko'nikmalarini jahon talablari darajasiga ko'tarish uchun 
o'quv dasturidagi fanlar bilan birgalikda oliy o’quv yurtlaridagi barcha ta’lim 
shakllari, 
jumladan, talabalar konstruktorlik byurolaridan ham samarali 
foydalanish kerak. Bu o’rinda hal etilishi lozim bo’lgan asosiy vazifa yangi


32
axborot texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo’llashning didaktik imkoniyat va 
shakllarini aniqlab olishdan iborat
Ixtirochilik ijodkorligini amalga oshirishda kompyuteriami qo'llashning 
shakl va usullarini belgilashda, awalo ular yordamida talabaning ixtiro qilishni 
emas, balki yangi texnik yechimni yaratishdagi axborotlarga bo'lgan ehtiyojini 
qondirish va uni amalga oshirishning samarali yo’llarini ishlab chiqishda 
foydalanishni e'tiborga olish lozim. Bundan kelib chiqqan holda ixtirochilik 
ijodkorligini takomillashtirishdagi vazifalar tahlili asosida, bu jarayonda 
kompyuteriami qo'llashning quyidagi asosiy yo’nalishlarga amal qilinadi:
1. Ta'lim jarayonini aniq masalalarini hal qilishga yordam beruvchi didaktik 
vosita sifatida.
2. Talabalar ilmiy-texnik ijodkorligining axborot bilan ta’minlanganlik 
darajasini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita sifatida.
3. O’qituvchilarni tayyorlashda politexnik yo’nalishni amalga oshirishni 
ta’minlovchi vosita sifatida.
Ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishning asosi sifatida kompyuterlar 
vositasida amalga oshiriladigan dasturiashtirilgan ta’lim metodidan foydalandik. 
Bunga ko’ra talabalar ixtirochilik ijodkorligiga oid bilimlarini 
kompyuter 
axborot kadrlari orqali o’rganadilar va operatsion kadrlar vositasida sinab 
ko’radilar.
Dasturiashtirilgan 
ta’limni 
amalga 
oshirishda 
kompyuterlardan 
foydalanishning yana bir afzalligi test savoliga noto’g’ri javob berilgan holda, 
talabada ishlab chiqilgan bilimlar bankidan qo’shimcha Ma’lumotlar olib 
vazifani bajarishga qayta kirishish imkoniyatining mavjudligidir. 
Bundan 
tashqari, displeyda shaklni chizishni mustaqil bajarish talabaning chizmachilik 
elementlari, 
masshtab, o'lcham, koordinata to'g'risidagi tushunchalami 
mukammal o'zlashtirishiga xizmat qiladi.
Ixtirochilik ijodkorligini amalga oshirishdagi asosiy vazifalardan biri 
axborotlami topish va qayta ishlash bilan bog'liq bo'lganligi sababli


33
kompyuterlarning axborot bilan ta'minlovchi didaktik vosita sifatida qo’llanishi 
alohida dolzarblik kasb etadi. Ma'lumki, kompyuterlar axborotlarni yig’uvchi, 
saqlovchi va uzatuvchi qurilma sifatida ishlaydi. Ma'lumotlar talab darajasida 
qayta ishlanib, hajm jihatidan qanchalik keng, aniq, asosli va foydalanish uchun 
qulay shaklga keltirilsa, ilmiy imkoniyatlardan foydalanish samaradorligi va 
erishiladigan ijodiy yutuqlar soni hain ortib boradi. Bu boradagi kompyuterlar 
imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish maqsadida talabalar ixtirochiiik 
ijodkorligini amalga oshirishning avtoniatlashtirilgan o’quv-axborot tizimini 
ishlab chiqdik va joriy qildik..
Mehnat va kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashning politexnik 
yo'nalishini ta’minlashda kompyuterlarni qo'llashning imkoniyatlari uning 
ta'Iim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita bo'lishi bilan birga, 
talabalarda ushbu texnika imkoniyatlari to’g'risidagi tushunchalarning tegishli 
masalalarni yechish jarayonidahosil qilinishi bilan ham belgilanadi.
Ushbu qarab chiqilgan yo’nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda 
kompyuterlardan foydalanish tartibini o'rgatuvchi, ko’nikma hosil qiluvchi va 
nazorat qiluvchi vazifani bajarishdan iborat deb belgiladik. O'rgatuvchi tartibda 
ishlashda kompyuter o'rgatuvchi dastur yordamida talabaning egallagan bilim 
darajasiga mos holda yangi bilimlarni egallashiga xizmat qiladi. Ko'nikma hosil 
qilish tartibida ishlashda kompyuter chizmaiarni bajarish, 
ixtiro texnik 
yechimini tavsiflovchi buyumni yasashning texnologik hujjatlarni 
ishlab 
chiqishni yengillashtiruvchi vosita sifatida ishlaydi. Nazorat tartibida ishlashda 
kompyuter talabaning test savollariga bergan javoblarini hisoblab, talaba va 
o'qituvchi bilan teskari aloqani amalga oshirib boradi. Yo’l qo’yilgan xatoni 
tuzatish uchun talabani qo'shimcha axborotlar bilan ta’minlaydi va qo'yiladigan 
masalalarni murakkablik darajasiga ko'ra oddiydan 
murakkabga 
o'tib 
boruvchi ketma-ketlikda amalga oshirish imkonini beradi.
Kompyuterlar - ulkan imkoniyatlarga ega bo’lib, undan mavjud ta’Iim 
metodlarini takomillashtirish va yangi, yanada samarali metodlarni amalga


34
oshirishda keng foydalanish mumkin. Kompyuterlar barcha turdagi ta'lim 
oluvchilar bilim olishini yaxshilash imkoniyatiga ega, ularni ko’plab fanlarni 
o’qitíshda hamda turli ta’lim shakllarini amalga oshirishda ham qo'llash 
mumkin. Biroq, kompyuterlarni noo'rin yoki talab darajasidagi malakalarsiz 
qo'llash ta'lim tizimidagi mavjud xato metodlarni yanada chuqurlashtirishi va 
yangi muammolami keltirib chiqarishi mumkin. Bu yangi, qudratli texnikadan 
o’z o'rnida, samarali foydalanish uchun talab darajasidagi kompyuter 
savodxonligiga, tegishli metod va malakalarga ega bo’lish hamda ularni yangi 
kompyuter dasturlariga to'g’ri bog'lay olish talab etildi.
Ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda kompyuterlar quyidagi afzalliklarga
ega:
1. Boshqarilishi muloqotli tartibda, tez va qulay amalga oshiriladi, uning 
texnik vositalari: displey, klaviatura, manipulyator, chiqarish qurilmalaridan 
foydalanish sodda tartibda amalga oshiriladi.
2. Kompyuterdan foydalanuvchi talabaning dastur tuzishi va bu sohadagi 
bilimlarga ega bo'lishi talab qilinmaydi.
3. Tashqi xotirasi ixcham va katta sig'imga ega.
4. Arxitektura va dizayn yechimi uning tashqi ko'rinish va texnik 
yechimlariningyuqori samaradorligi va qulayligini ta'minlaydi.
5. Kompyuteming iqtisodiy va texnik ko’rsatkichlari ta’lim muassasalari 
talab va imkoniyatlariga mos keladi.
Ixtirochilik g’oyalarini bevosita kompyuterlar yordamida ishlab chiqish 
talabalarga bir qator qulayliklar tug'diradi. Bularga misol sifatida talaba fikrini 
yozma ravishda bayon qilishidagi, turli manzillardagi kompyuterlarda mavjud 
axborotlarni uzatish imkoniyatiari, ko'rgazmali qurol sifatida foydalanishdagi 
qulayliklarini keltirish mumkin.
Mashg’ulotlarni kompyuterlar yordamida olib borish ta’lim samaradorligini 
oshiradi, talabalarni reyting tizimida baholash xaqqoniyligi ortadi va qo’yilgan 
ballarni hisoblash va ulaming ko’rgazmaliligini ta’minlashni osonlashtiradi.


O'qituvchilarning talabalarga alohida vazifalami yechishda yordam berishi, 
yangi usullarni ishlab chiqishi, rahbarlik qilishi va rag’batlantirishga, nihoyat 
o’z ustida ko’proq ishlashiga qo'shimcha vaqt ajratish imkoniyati tug’iladi. 
Talabaning darsda kornpyuter bilan ishlashdagi samaradorligini darslik bilan 
ishlash va o’qituvchi bilan shug’ullanishning o’rta holati deb hisoblash mumkin, 
ya’ni bunda kornpyuter zarur o'quv dasturi bilan ta’minlanganda talaba 
qobiliyati va saviyasiga to’laroq moslanishi mumkin, bu bilan u darslikdan ustun 
turadi, biroq hali o’qituvchi bilan raqobatlashadigan darajaga yetganicha yo’q.
Kompyuterlar beqiyos imkoniyatlari bilan ta'limda favqulodda o'qitish 
vositasi bo'lsada, u ijodkorlik va taïim sohasining barcha muammolarini hal 
qilib bera olmaydi. Misol uchun, kompyuterlar ijodiy va aynan ixtirochilik 
masalalarini hal qilish imkoniyatiga ega emas, ular faqat tuzilgan dasturda 
ko'zda tutilgan vazifalarnigina bajara oladilar. Ijodkorlik jarayonida esa ular 
faqatgina yordamchi vosita sifatidagina qatnashishi mumkin.
Ushbu tadqiqot davomida olib borilgan ishlar shuni ko'rsatdiki, ixtiro 
texnik yechimini asoslash uchun Ma’lumotlami qayta ishlamoqchi bo’lgan 
talaba hisob-kitoblarni statistik yo'l bilan hisoblash uchun bir necha oy jadal 
ishlashi lozim bo'lgan holda, kornpyuter zarur natijani bir necha daqiqa ichida 
yetkazib bera oladi. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda, kompyuterlarning 
ijodiy yo'nalishdagi ahamiyatini quyidagicha tavsiflash mumkin: tadqiqotchi 
kornpyuter vositasida tejalgan vaqti va kuchlarini yangi g'oyalar ishlab chiqish, 
o'z xulosalarini asoslash va isbot qilishga sarflashi mumkin. Bu bilan ijodiy 
jarayonlarning 
jadallashuviga erishiladi. O’z 
ishlarida kompyuterlardan 
foydalanish tadqiqotchi talabalarga, ilmiy-texnik xodimlarga o’zlarining ijodiy 
faoliyatlariga va yangi g'oyalarga ko'proq e’tibor berishga, ularni amaliyotga 
tatbiq etishning yangi-yangi usullarini qidirib topishga, ya’ni kompyuterlar 
amalga oshira olmaydigan vazifalarni bajarish imkonini beradi.
Shunday qilib, bugungi kunda kompyuterlarning ijodiy sohada erishgan 
darajasi va ularning ixtirochilik ijodkorligini amalga oshirishdagi o’rnini


36
belgilashda ulaming o’z imkoniyatiari majmui vositasida u bilan ishlovchi 
insonga o'z qobiliyatlarini to’la rivojlantirish uchun erkinlik yarata olishini 
Ta'kidlash mumkin. Endilikda, lnson butun umr bitta sohada ixtísoslashib 
qolmasdan turli sohalarda o’z bilimini kengaytirish, turli tadqiqotlar o’tkazish 
va hayotdagi o’zining asi o’rnini topish uchun zarur vaqtga ega bo’ladi. Oxir- 
oqibatida inson ma’lumotiarni yig'ib, qayta ishlovchi sifatídagi mashinaga tobe 
mavjudot emas, balki butun jarayonlarning boshqaruvchisi bo'lib qoladi. Bu 
mahnoda yangi axborot texnologiyalari butun insoniyatning hayot tarzini va 
mehnat shaklini o’zgartirib, uní o'z bilimlarini chuqurlashtirishga, malakasini 
oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Zamonaviy ishlab chiqarish va uní boshqarish jarayonlari talablaridan 
kelib chiqib yangi axborot texnologiyalari ikki guruhga bo’linadi. Ularning 
birinchisi matn protsessorlari, elektron jadvallar, Ma’lumotlar jamlanmasi, 
grafik muharrirlar, mulg'timedia va telekommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanishga asoslangan bo'lib, universal tipdagi axborot texnologiyalari deb 
ataladi. Maxsus axborot texnologiyalari deb nomlanuvchi ikkinchi yo’nalishga 
ma’lum bir ixtisoslashgan yo’nalishdagi faoliyatni amalga oshirishda 
foydalaniluvchi kompyuterli texnologiyalar, masalan, o'qitishning yangi axborot 
texnologiyalari kiradi. O’qitishning yangi axborot texnologiyalari har qanday 
ta'lim texnologiyasining asosiy qismi bo'lgan bilim berish va uni qabul qilish 
jarayonlarini kompyuterlashtirish natijasida vujudga kelgan o’qituvchining 
texnologiyasi bo’lib, o’qituvchi undan o'qitishning texnik vositasi sifatida 
foydalanadi, darsga tayyorlanadi va uni tashkil qiladi, o’quvchilar bilimini 
nazorat qiladi hamda ularga vazifalar beradi. 
Hozirgi kundagi va yaqin 
kelajagimizdagi ta’lim tizimini takomillashtirishda kompyuterlashtirishning eng 
asosiy vazifasi - o’qitishning yanada yangi axborot texnologiyalarini yaratish va 
ulami ta’lim jarayoniga olib kirishdan iborat bo’ladi.
O’qitishning 
yangi 
axborot 
texnologiyalaridan 
ta’lim 
tizimida 
foydalanishning samaradorligi quyidagi holatlar bilan belgilanadi:


37
1. O’qitishning yangi axborot texnologiyalari talabalarga axborotlarning 
Noan'anaviy manbalariga murojaat qilish imkoniyatlarini ochib beradi, mustaqil 
ishlar samaradorligini oshiradi va ijodiy faoliyat bilan shug’ullanish uchun keng 
imkoniyatlar yaratadi.
2. O’qitishning yangi axborot texnologiyalari qo'yilgan didaktik maqsadlarni 
amalga oshirish uchun o'qituvchiga o'qitishning turli shakllaridan va ularning 
majmuasidan foydanish, ya’ni zaruriy ta'lim muhitini barpo etish imkonini 
beradi. O’qitishning yangi axborot texnologiyalaridan foydanishda o’qituvchi 
kompyuterlashtirilgan o'qitish va nazorat qilish dasturlarini sharoitdan kelib 
chiqib o'zgartirish imkoniga ega bo'ladi.
3. O'qitishning yangi axborot texnologiyalarini qo'llash orqali o'qituvchilar 
talaba shaxsini rivojlantirish, ijodiy izlanish asosida ishlash, o'quv 
dasturlarining eng maqbullarini tanlash yoki yangilarini yaratish uchun 
qo'shimcha imkoniyatga ega bo'ladilar.
4. Avtomatlashtirilgan o'quv-axborot tizimidan foydalanishga asoslangan 
o’qitishning yangi axborot texnologiyalarini qo'llash natijasida o’qituvchilar 
o'zlarining axborot bilan ta’minlanganlik darajalarini oshiribgina qolmay, balki 
deyarli butun dunyodagi axborot jamlanmalaridan foydalanish imkoniyatiga ega 
bo'ladilar.
O'qitishning yangi axborot texnologiyalari bugungi kunda ta'lim tizimiga 
keng kirib kelayotgan 
yangi pedagogik texnologiyalarning vositaviy asosi 
hisoblanadi. Shu sababli biz o’z tadqiqotlarimizda o’qitishning yangi axborot 
texnologiyalarini qo'llashda pedagogik texnologiyaning quyidagi tamoyillariga 
amal 
qildik: ta’lim maqsadining aniq 
shakllantirilganligi, ta'limning 
mahsuldorligi, teskari aloqaning mavjudligi, kafolatlangan yakuniy natija. Bu 
tamoyillarga amal qilinganligi quyidagilarda o’zaksini topgan:
Ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishda ta'lim mahsuldorligi va teskari 
aloqaning mavjudligi dasturlashtirilgan ta’lim metodining o'qitishning yangi 
axborot texnologiyalari vositasida joriy qilinganligi orqali ta’minlandi.


38
Kafolatlangan vakuniv natiiaga erishish uchun awalo ta’Iim maqsadi 
tashxislandi, 
ya’ni 
unga 
erishilganlik 
darajasi 
talabalar 
tomonidan 
o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni sinash-tekshirish orqali aniq belgilash 
mumkin. Ushbu tamoyilni ta’minlashning yana bir omili sifatida talabaning 
dasturlashtirilgan ta'Iim axborot kadrlari vositasida o’zlashtirgan har bir 
tushunchasi shu vaqtning operatsion kadrdagi test savollari orqali tekshirib 
borilishidan foydaianildi.
"Ta'Iim to’g’risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da qayd 
etilganidek ta’Iim tizimini barkamol insonni voyaga yetkazuvchi yaxlit muhit va 
yagona texnologik jarayon deb qarash lozim. Chunki, ta’Iim oluvchi ushbu 
tizimning bir bosqichida undan keyingi bosqichda ta’Iim olish uchun 
tayyorlanadi va bunda bir bosqichda oigan bilimlarini keyingi bosqichlarga olib 
o'tadi va takomillashtiradi. Agar bilimni o'zlashtirilgan axborot sifatida qarasak, 
ta'Iim tizimi yaxlit axborot makonini o'zida aks ettiradi. O'qitishning yangi 
axborot texnologiyalari esa ana shu makonda bilimlami axborot shaklida 
harakatlantirishning yuqori darajada takomillashgan texnikaviy vositasi rolini 
bajaradi.
Respublikamiz ta’Iim tizimining yagona axborot makonini yuzaga 
keltirish maqsadida shu sohada qabul qilingan mehyoriy-xuquqiy hujjatlarga 
asoslangan holda uzluksiz ta’Iim tizimi 
bo’g’inlami yangi axborot 
texnologiyalari 
vositasida 
quyidagilarga 
asoslangan 
holda
axborotlashtirishning majmuaviy dasturi ishlab chiqilishi lozim:
- mazkur dasturda ta'Iim tizimining har bir bo’g'inida axborot 
texnologiyalarining qay darajada joriy qilinishi, qanday hajmda o’qitilishi va 
uning maqsadlari belgilab berilishi;
- ta’Iim muassasalarini zamonaviy kompyuterlar bilan ta'minlashni yo'lga 
qo’yish va bunda ularning mulg’timedia vositalari bilan jihozlanishiga alohida 
e’tibor qaratish;


39
- o'qitishning yangi axborot texnologiyalari va kompyuter tarmoqlaridan 
foydalanish asosida o'quv yurtlarining o’zaro axborot almashinuvirii, ta’lim va 
tadqiqot jarayonlarini masofadan axborot bilan ta'minlashni amaiga oshirish;
- har bir ta'liin mussasasi uchun bilimlar banki, Ma’lumotlar bazasi, 
o'rgatuvchi dasturlar hamda o’quv yurti xususiyatlaridan kelib chiquvchi 
boshqa tuzilmalari bo'lgan ixtisoslashgan avtomatlashgan o'quv axborot tizimini 
ishiab chiqish;
- mutaxassislar tayyoriashning samarali metodlaridan biri bo'lgan va shu 
davrga qadar texnik vositalar imkoniyatlari cheklanganligi sababli deyarli 
qo’llanilmay kelayotgan 
dasturlashtirilgan ta’lim metodini kompyuterlar 
vositasida keng joriy qilish lozim.
Talabalar ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishda yangi axborot 
texnologiyalarining 
qo'llanilishi 
to’g’risidagi 
fikrlarimizni 
quyidagicha 
xulosalaymiz:
- kompyuter talabani ixtiro g'oyasi va texnik yechimi yuzasidan qaror 
qabul qilishida axborotlar bilan ta’minlaydi va hisoblash ishlarini bajaradi, 
aqliy-irodaviy sifatlarni maqsadga muvofiq yo’naltirishga xizmat qiladi;
- kompyuterlar oddiy holaüarda zarur qarorlarni dastur asosida qabul 
qiladi va ularni amaiga oshiradi;
- kompyuterlar bajarilayotgan amallarni nazorat qiladi va xatoga yo'l 
qo'yilgan holatlarda talabani ogohlantiradi;
- yangi texnik yechim ishiab chiqishda hisob ishlarini tez va aniq bajaradi.

Download 3.57 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish