Badiiy modellashtirishning mazmuni
~ 58 ~
Buyumning tashqi shakli - geometrik shakllar parallelopiped,
prizma, silindr, konussimon.
Nisbatlar - bu tushuncha kontrasli va farqli nisbatlar bir-biri bilan
mustahkam bog`liq (hajmini, chiziqli miqdorlarini, fakturalarni,
ranglarni). Hajmi fazoviy tuzilish (frontal, fazoviy). Ma’lumki har
qanday buyum uch o`lchovga ega bo`lib, bu o`lchovlar nisbatini biz
hamisha his qilib turamiz. Shu sababli buyumning hajmiga doir
xarakteristika uning asosiy o`lchovlariga bog`liq bo`ladi.
Material - ob’yekt qanday materialdan tayyorlanganligi ham juda
katta ahamiyatga ega. Garmonik shakl va kompozitsiya tushunchasi.
Garmonik shakl go`zallik qonunlari asosida yaratiladi. U uzviy va
yaxlit qismlari proportsional va ritmik bo`lib, u odamga va atrofdagi
bo`limlarga mos plastik bo`ladi, rangi ko`zni quvontiradi.
Ishlab chiqariladigan buyumlarning texnik va estetik
xususiyatlari mutanosibligi. Dastgoh va qurilmalarning tashqi
shakli, nisbatlari va materiallarning ahamiyati, kompozitsiya va
uyg`unlik tushunchalari
Dizayn nazariyasi hozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u
o`z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni oladi.
Yaratilayotgan har qanday ob’yekt ma’lum vazifani (funksiyani)
bajarishga qaratilgan. Ob’yektning shakli, o`lchami uning funksiyasiga
shakl mazmuni va tashkiliy qiyofasiga mos kelishi kerak. Agar
buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo`lsa,
bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan
tartibda bo`lsa, u holda bunday tuzilishni fazoviy tuzilish deyiladi.
Dizaynda kompozitsiya deganda ba’zan tugallangan ob’yektni
xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi.
Estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari
tashkil etadi. Inson faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj
tabiati bilan belgilanadi.
Estetik faoliyatning asosiy xususiyatlari ham estetik ehtiyojlar
bilan belgilanadi. Inson faoliyatining barcha turlari ijtimoiy hayot
jabhalarida namoyon bo`ladi. Estetik faoliyat inson moddiy yoki
ma’naviy faoliyatining o`zagi bo`lib, uning barcha shakllari inson
kuch-qudrati mohiyatining yorqin ifodasi bo`lib borgan sari estetik
mazmun kasb etaveradi. Shunday qilib, estetik faoliyat inson faoliyati
boshqa shakllarining «insoniylik» mezoniga aylanadi.
Estetik faoliyat ilmiy ijodning ham estetik tomonini tashkil qiladi.
Lekin estetik omillar ilmiy ijodga tarkiban xos bo`lib, unga yordamchi
~ 59 ~
omil vazifasini o`taydi. Juda ko`p ilmiy tadqiqotlar va atoqli olimlar
guvohlik berishlaricha, olimning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va
samaradorligi
uning
estetik
madaniyati
darajasiga
bevosita
bog`liqekan.
Estetik faoliyat ilmiy izlanishlarning hamma bosqichlarida ilmiy
muammolarning qo`yilishi, ularning yechimi, olingan ilmiy natijalarni
baholash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi.
Eng yaxshi san’at asarlari insonlarda xayol-farazni vujudga
keltiradi va yaxlitlik, nafosat his-tuyg`usini uyg`unlashtiradi, tafakkur
qilish qobiliyatini oshiradi, erkin dunyoqarash baxsh etadi, yuksak
muloqot madaniyatini shakllantiradi, hozirgi fan ravnaqi uchun juda
muhim ahamiyat kasb etadigan barcha qobiliyat imkoniyatlarini
safarbar qilishga undaydi.
Estetik ong oddiy his-tuyg`uemas, balki muayyan axloqiy,
huquqiy, ilmiy-mafkuraviy qadriyatlarga asoslangan e’tiqoddir.
Demak, estetik ongning mohiyati, mazmuni insonning o`zini
anglash darajasi bilan bog`liq. Estetik ong shakllangan e’tiqodlar,
maqsad va manfaatlar tizimi, o`z-o`zini anglash esa shu tizimning
shakllanish jarayonidir.
Estetik faoliyat nisbatan badiiy faoliyatda, ya’ni san’atda eng sof
holda ko`rinadi. Shu bois san’at estetik faoliyatning ixtisoslashgan
ko`rinishidir. Inson faoliyatining asl xususiyatlarini anglash uchun
san’atga murojaat qilish maqsadga muvofiq keladi. Chunki san’at o`z
tabiatiga ko`ra ijodiy maqsadga qaratilgan, «nafosat qonunlariga rioya
qilingan» bo`lib, undan inson faoliyatining eng muhim belgilari
ko`rinadi.
Estetik faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini-
mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaralarini ham qamrab oladi.
Mehnat insonning jismoniy va ma’naviy kuch-qudratining mohiyatini
ko`proq ifodalasa, uning estetik ahamiyati ham shunchalik ko`proq
ortib boradi.
Mehnatning estetik jihatdan to`laqonli bo`lishi, birinchi navbatda,
ob’yektiv
omillarga,
qolaversa,
ishlab
chiqarish
jarayoni
qatnashchilarining umumiy va estetik madaniyati darajasiga bog`liqdir.
Bu yerda mehnat sharoitlari ham muhim o`rin tutadi.
Ishlab chiqarish muhitining estetik jihatlarini vujudga keltirish,
unga «ma’naviy qadriyat» maqomini berish dizayn (sanoat
estetikasi)ga oid rasm chizmalar, modellar, bezaklar vositasida ham
amalga oshiriladi. Hozircha estetik adabiyotda dizaynning yagona
hammabop yaxlit qoidaga aylangan ilmiy ta’rifi yaratilmagan. Lekin
~ 60 ~
ko`pchilik tadqiqotlar dizayn badiiy-texnik faoliyat turidir, deb
qarashga moyildirlar.
Texnik estetika o`zining tabiiy tomoni bilan bevosita texnika bilan
qorishib ketadi. Dizayn dunyoqarashga ham taalluqli bo`lib, u umumiy
estetik nazariya oqimiga kelib quyiladi. Bu yerda dizaynning maxsus
faoliyat turi sifatidagi xususiyatlarini, dizayn va san’atning o`zaro
munosabatlari, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda badiiy ijod
ishtiroki, ular o`rtasidagi umumiylik va farqlar, texnikaning estetik
jihozlanishi va estetik qiymati kabi muammolar tahlili estetik faoliyat
uchun ko`p samaralar berishi mumkin.
Dizayn muhandislik, ilmiy va badiiy faoliyat qorishiqholda
namoyon bo`ladi, lekin dizayn ularning birontasiga aylanib qolmadi.
Dizayn san’atdan bahra oladi. San’at bilan dizayn o`rtasida umumiylik
bo`lsa-da, ular estetik faoliyatning ikki xil turlaridir. Dizayn san’atdan
qanday farqqiladi? Ayonki, badiiy faoliyat u yoki bu ko`rinishida faqat
g`oyalargina emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog`liq. San’at,
avvalo, ma’naviy ishlab chiqarish turi, ong va bilish sohasidir. U
san’atning tub mohiyatini ifodalaydi.
San’at estetik qadriyati ma’lum darajada «foyda» qadriyatlariga
ziddir, ya’ni san’at asari moddiylikdan ko`ra ko`proq ma’naviy
ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo`ladi. Dizayn mahsulotlari
mashinalar, binolar va boshqalarda moddiy «foyda» xususiyati bo`rtib
turadi.
Bu yerda narsaning burch-vazifasi uning ijtimoiy ahamiyati, inson
ehtiyojini qondirish qobiliyati bilan aniqlanadi.
San’at bilan dizayn o`rtasidagi farqhaqida gapirganda, san’at
mansubligidan asari qaysi moddiy tizimga, qaysi muhitda vujudga
kelganligidan qat’iy nazar, mustaqil qiymatga ega ekanini ta’kidlash
kerak.
Dizayn mahsuloti esa narsalar tizimining ajralmas qismi bo`lib,
undan tashqarida amal qila olmaydi. Uning estetik qiymati muayyan
narsalar «tizimi»ga anchalik mos kelishi bilan o`lchanadi, ya’ni dizayn
faoliyatining ob’yektini alohida olingan mashina emas, balki o`zining
barcha jihozlari, tashqi va ichki bezaklari ko`rinishi va hokazo shakllari
bilan birgalikda yaxlit olingan «mashinalar tizimi»ni tashkil etishi
shart.
Hozirgi sharoitda dizayn tobora umumbashariyat muammolari
bo`lgan tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, inson salomatligini va
uni qurshab turgan muhitni himoya qilish vazifalarini bajarishda faol
ishtirok etmoqda.
|