• Ikkinchi xususiyat
  • Uchinchi xususiyat
  • To`rtinchi xususiyat
  • Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash h. O. Uzoqov, H. O. Jo’rayev, sh. H. Quliyeva, A. R. Jo’rayev, M. N. Karimova, D. P. Nazarova




    Download 5,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/79
    Sana06.06.2024
    Hajmi5,18 Mb.
    #260704
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79
    Bog'liq
    13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3

    Birinchi xususiyat -
    ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadigan 
    ijtimoiy tuzum taraqqiyotining iqtisodiy qonunlari bilan texnikaning o`zaro 
    bog`liqligi. 
    Tarixiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida hayotga tatbiq etilmagan 
    kashfiyotlar bunga misol bo`laoladi (parashyut, vertolyot va boshqa 
    mashinalar). 
    Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning texnika rivojlanishida iqtisodiy 
    qonunlarning roli, uningtaraqqiyoti ayniqsa, yaqqol ko`rinmoqda. G`arbning 
    ilg`or olimlaridan biri S.Lilli, hozirgi va ertangi kunimiz ilg`ortexnikasidan 
    bahra olib foydalanadigan munosib iqtisodiy tuzumgina emas, oqibat 
    natijasida butun jahon iqtisodiy tuzumni o`zgartirishdan yangi jamiyat 
    qurilishidan boshqa yo`l yo`q, deb yozgan edi. 
    Ikkinchi xususiyat
    - ma’lum ijtimoiy shakllantirish paydo bo`lib, uning 
    iqtisodiy qonunlari bilan o`zaro bog`langan holda texnika ijtimoiy tuzum 
    boshqasi bilan almashganida saqlanib qoladi va yangi sinfga xizmat qiladi. 
    Olimlarimiz shu xususiyatlarni hisobga olib yozgan edilar: “yirik 
    kapitalizm erishgan texnika va madaniyat yutuqlaridan foydalanmasdan 
    yangi jamiyat qurish mumkin emas”. 
    Uchinchi xususiyat
    - shundan iboratki, texnika doimo tabiat 
    qonunlariga to`la muvofiq ravishda rivojlanadi. 
    Agar yaqin vaqtlargacha texnikada takomillashtirish paypaslash bilan, 
    ongsiz o`tib, so`ngra ilmiy bilimlarda tasdiqlangan bo`lsa, hozirgi vaqtda har 
    qanday mexanizmni loyihalash va muhandislik hisob-kitoblar, eng ilg`or 
    ilmiy-texnik kashfiyotlardan kelib chiqdi. 


    ~ 57 ~ 
    To`rtinchi xususiyat -
    texnika taraqqiyoti sakrash yo`li bilan 
    bo`layotganini ko`rsatadi. Bu keskin o`zgarishlar bilan amalga oshirilayotgan 
    texnika taraqqiyot qonuniyatlaridan biridir. Olov, bug`, elektr quvvati, 
    kashfiyoti, avtomatika, kibernetika, atom energiyasi sohalaridagi kashfiyotlar 
    buning yorqin dalilidir. Texnikaning saqlash yo`li bilan taraqqiyotini oddiy 
    tarzda qayd etib o`tish yetarli emas. Rassom loyihasi, muhandis, mexanik, 
    texnolog oldingi loyiha eskirganligi aniq dalilga aylanganida emas, balki 
    eskira boshlagan paytda uning oldini olishlari lozim. 
    Asrlar davomida texnika takomillashib, inson mehnatini yengillashtirib 
    keldi. Har bir tarixiy bosqichda inson va texnika o`rtasida muayyan 
    munosabatlar shakllangan. Shu asosda, turli munosabatlarni ta’riflab 
    beruvchi quyidagi tarixiy bosqichlar ajralib turdi: 
    1.
    Inson mehnat vositasiga bevosita ta’sir etib, oddiy qurollar yordamida 
    ishlaydi. 
    2.
    Inson ancha murakkabroq mehnat qurollari yasaydi, ammo ularni 
    avvalgiday o`zi ishga soladi. 
    3.
    Inson mashina-dvigatellarni ixtiro etadi (suv parragi, bug` dvigateli), 
    ammo qurollar, asboblar yordamida ishni avvalgiday inson qo`llari bajaradi. 
    4.
    Inson mashina xizmatini qilar, anchagina qo`l ishlarini bajarar, 
    mahsulot yetkazib berar, tayyor buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarni 
    qabul qilib olar va turli xil vazifalarni bajarar edi. 
    5.
    Inson mashinani boshqarishda. Boshqaruv bir pultda joylashtirilgan, u 
    yerda ishlab chiqarish texnologik jarayonini to`la aks ettiruvchi asboblar 
    mavjud. Inson mashinalar boshqaruvchisiga aylandi, mahsulotlarni olib 
    berish, yarim tayyor mahsulotlarni bir mashinadan ikkinchisiga olib berish 
    uzluksiz mashina yordamida amalga oshiriladi. 
    6.
    Oxirgi tarixiy bosqich-maxsus dastur va moslamayordamida 
    mashinalarni avtomatik boshqarishni joriy etishni o`z ichiga oladi. 
    Bu bosqichda endi ishlab chiqarishda uchraydigan barcha texnologik 
    jarayonlarni dastur bo`yicha bajaradigan texnik moslamalar (qurilmalar) 
    ishlab chiqildi. Avtomatikaning bunday yuksak darajasida odam go`yo 
    mashinani boshqarishdan chetlashtiriladi. Ammo bunday emas. Uskunalarni 
    tekshiruvdan o`tkazish va ta’mirlashdan tashqari inson dasturlar tuzadi va 
    ularni maxsus qurilmalarga o`tkazib qo`yadi. 
    Inson va mashina o`zaro munosabatlarining tarixiy bosqichlarini tahlil 
    qilgan vaqtda shuni hisobga olish kerakki, birinchi to`rtta bosqich vaqt o`tishi 
    bilan barham topishi kamdan-kam uchraydi, oxirgi ikkita bosqich esa hozirgi 
    vaqtda keng tarqalgan. 

    Download 5,18 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79




    Download 5,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash h. O. Uzoqov, H. O. Jo’rayev, sh. H. Quliyeva, A. R. Jo’rayev, M. N. Karimova, D. P. Nazarova

    Download 5,18 Mb.
    Pdf ko'rish