• Texnik modellar klassifikatsiyasi
  • Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash h. O. Uzoqov, H. O. Jo’rayev, sh. H. Quliyeva, A. R. Jo’rayev, M. N. Karimova, D. P. Nazarova




    Download 5,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/79
    Sana06.06.2024
    Hajmi5,18 Mb.
    #260704
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79
    Bog'liq
    13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3

    Model va modellashtirish 
    Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket» 
    tushunchalarining farqini aniq bilib olish zarur. Model haqiqiy 
    ob’yektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek, u 
    harakatlanadigan va o`z namunasi (haqiqiy ob’yekt) ning funksiyalarini 
    ixcham holda bajaradigan ham bo`lishi kerak. Masalan, avtomobilning, 
    traktorning modellari kiradi. 
    Maket - ob’yektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish 
    imkonini beradigan umumiy hajmli tasvirdir. Masalan, binolar, 
    inshootlar va hokazolarning maketlari shular jumlasiga kiradi. 
    Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish 
    jarayonini ham, o`quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayoni 
    ham quyidagi jihatlarini tashkil qiladi: texnik maqsadning (mashinalar) 


    ~ 54 ~ 
    mexanizmlar konstruktsiyasini, modellar yasash fikrining vujudga 
    kelishi: texnik maqsadga, texnik talablar qo`yish: konstruksiya 
    eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab 
    chiqarish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; 
    mo`ljallangan buyum detallarini tayyorlash va ularni uzellarga
    uzellarni buyumlarga yig`ish, buyumni ishlatib sinash va rostlash. 
    Texnik modellar klassifikatsiyasi 
    Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga bo`linadi. 
    1 tip - geometrik o`lchamlari o`xshash. Ko`rgazmali qurol 
    maqsadida ishlatiladigan ob’yektning tashqi qiyofasini anglatadigan. 
    Geometrik modellar ta’limda keng qo`llaniladi. Jumladan bunday 
    modellar o`quvchilarni texnika ob’yektlarining ishlash mezonlari va 
    umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy yo`nalishlari bilan 
    faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalardagi va rasmlar 
    orqali 
    tanishadilar, 
    ya’ni 
    obrazli-belgili, 
    ideal 
    modellardan 
    foydalanadilar. Biroq ular ob’yekt to`g`risida to`la tushuncha hosil 
    qilish imkonini bermaydi. Shu sababli keyingi yillarda model va 
    maketlardan keng foydalanilmoqda. 
    2 tip - fizikaviy o`xshashligi. Bu faqat tashqi qiyofasini 
    anglatmasdan balki o`rganilayotgan ob’yektning harakat dinamikasi, 
    o`zaro bog`liqligi qonuniyatlari, xususiyatligi va o`xshashliklarini 
    ko`rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat ob’yektlarni 
    tuzilishini o`rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini o`rganish 
    ham ko`zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi 
    bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb qaraladi, 
    ya’ni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki 
    bilan, samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan 
    almashtiriladi. Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi bir mos holat bilan ham 
    almashtirishga ruxsat etiladi, misol uchun suyuqlikning oqishini elektr 
    toki, suvning qumlardagi harakatini issiqlik uzatilishi bilan va b. 
    3 tip - funkstional o`xshashligi - tirik mavjudotlarning harakatlarini 
    modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin 
    bo`lishini ta’minlash maqsadida ko`p holatlarda ular tirik mavjudotlar, 
    insonlarga o`xshash qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida 
    elektromexanik va elektron «toshbaqa», «chuvalchang», «ayiqcha» va 
    boshqalarni keltirish mumkin. Bu qatorga insonga qiyosan ishlangan 
    robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday modellar ustida o`quvchilar 
    uchun juda qiziqarli bo`lib, bunda modelni avtomatlashtirish va 
    mexanizasiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi. 


    ~ 55 ~ 
    Modellar dinamik va statik bo`lishi mumkin. Texnik modellash 
    jarayonida konstruksiyalash elementlarini o`rgatish tajribali qator 
    murakkab vazifalarni quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga 
    muvofiqligini 
    ko`rsatadi: 
    chizmalar 
    eskizlarini 
    o`qish 
    va 
    tayyorlanadigan detallar konstruksiyasini tushuntirish, hisoblash 
    asosida ayrim detallarning konstruksiyalarini o`zgartirish, ana shu 
    o`zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: 
    detallarni biriktirish va mustahkamlash yo`llarini belgilash; detallarni 
    yig`ish jarayonida ularni o`rnatish, joylarga ko`ra konstruksiyalash; 
    konstruksiyada yetishmaydigan detallar va uzellarni konstruksiyalash; 
    texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo`yicha yoki ixtiyoriy ravishda 
    detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig`ish va 
    modelni ishda sinab ko`rish aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, 
    modelni takroran ishda sinab ko`rish va pardozlash.. 

    Download 5,18 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79




    Download 5,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash h. O. Uzoqov, H. O. Jo’rayev, sh. H. Quliyeva, A. R. Jo’rayev, M. N. Karimova, D. P. Nazarova

    Download 5,18 Mb.
    Pdf ko'rish