~ 49 ~
moslamalarni, o`xshash mehnat usullarini ko`rsatish va hokazolarni
ancha kamaytiradi.
Talabalar bajarayotgan konstruktorlik - texnologik ishlar o`zining
murakkabligi va sermehnatligi bilan kollektiv bo`lib, ishlashni taqozo
qilsa ham hamda bir-biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo`lsa,
mashg`ulotni tashkil etishning zveno shaklidan foydalaniladi.
Ko`pincha bunday hollarda murakkabroq bitta ob’yekt bilan 2-3 nafar
va bundan ko`proq talaba shug`ullanadi.
Tayyorlanadigan ob’yektlar o`z mazmuniga ko`ra bir xil va
xarakteriga
ko`ra
har
xil
bo`lsa,
texnik
modellashtirish
konstruktsiyalash bo`yicha amaliy mashg`ulotni tashkil etishning
individual shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday
hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni bajarishi pedagog
uchun muayyan qiyinchilik tug`diradi. Chunki bunday mashg`ulotlarda
ko`pincha ayrim talabalarga yozma instruksiyalar tayyorlashga va ular
ana shu instruksiyalar bo`yicha yangi o`quv materialini o`rganishlariga
to`g`ri keladi.
Mashg`ulotni
tashkil
etishning
aralash
shaklidan
modellashtirishning har xil ob’yektlarini bajarishda foydalaniladi.
Shularga ko`ra maktab o`quv ustaxonalaridagi texnik konstruktsiyalash
va modellashtirish mashg`ulotlarining tashkiliy shakllarini dasturdagi
o`rganilayotgan mavzuning mazmuniga, ob’yektlarning xarakteriga,
ta’limiy - pedagogik va ishlab chiqarish talablariga qarab tanlanadi.