~ 43 ~
-
ijtimoiy xislatlar turkumi
- dunyoqarashi, ma’naviy, mehnat va
estetik fazilatlar;
-
tajriba xislatlar turkumi
- anglanganligi,
ilmiyligi, mahorati va
hajmi;
-
aqliy xislatlar turkumi
-
tasavvur bir butunligi, diqqati
jamlanganligi, fikrlash kengligi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, xotirasi
mustahkamligi,
-
irsiy xislatlar turkumi
- topqirlik, zehnlilik, ziyraklik, ixtirochilik,
ishchanlik, hozirjavoblik, mantiqiylik, sog`lom fikrlilik.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Texnik ijodkorlikda ishlatiladigan metodlarni tushuntiring.
2.
«Amal va xato» metodlari nima?
3.
«Amal va xato» metodining afzalligi va
kamchiliklari
nimalardan iborat?
4.
«Aqliy hujum» metodi haqida gapiring.
5.
Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari nimalardan
iborat?
9-MAVZU. TEXNIK LOYIHALASH VA
MODELLASHTIRISHNING MODDIY SHAROITLARI
Reja:
1.
O`quv binosiga qo`yiladigan talablar.
2.
Texnik loyihalash jarayoni.
3.
Texnik konstruktsiyalash va modellashtirishuchun kerakli
materiallar.
O`quv binosiga qo`yiladigan talablar.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida texnik loyihalash va
modellashtirish mashg`ulotlari uchun ko`pincha o`quv ustaxonalaridan
foydalaniladi. Bu ustaxonalarda mehnat ta’limining
har xil tashkiliy
shakl va metodlaridan foydalanish; texnik ma’lumotlar berish;
tadqiqotchilik va mehnat malakalarini shakllantirish ishlarini amalga
oshirish; texnik bilimlarni mehnat usullarini, bajarilgan ishlarni sifatini
nazorat qilish; estetik did va mehnat madaniyati ko`nikmalarini,
mustaqil ishlash
iqtidorini shakllantirish; konstruktorlik - texnologik
xarakterdagi ijodiy masalalarni hal qilish,
yuksak darajadagi mehnat
intizomi va mehnat muhofazasi talablariga rioya etish uchun yaxshi
sharoitlar mavjud bo`lishi kerak.
~ 44 ~
O`quv ustaxonasining maydoni 80-90 m
2
bo`lishi kerak. O`quv
ustaxonalari yordamchi xonalarga ega bo`ladi. Ushbu xonalarda:
yarimfabrikatlar,tayyorlangan buyumlar saqlanadi. Xonalar albatta
quruq, yog`och polli, tabiiy va majburiy ventilyatsiyali, normal tabiiy
va sun`iy yoritilgan, havosining harorati qishda 16-18° S,yozda 20° S
dan oshmasligi kerak. Ustaxonada devorlari tekis, yorqin rangda shifti
oq rangda bo`yalishi kerak. Ustaxonada tovush va vibratsiyani yutuvchi
moslamalarni qo`llash hamda mehnatning
ratsional usullaridan
foydalanish orqali tebranish intensivligini kamaytirib tovush va
vibratsiyani pasaytirishga erishish mumkin.
Yuqorida aytilgan vazifalardan kelib chiqib o`quv ustaxonalari
quyidagi asosiy sanitariya - gigiyenik va tashkiliy - metodik talablarga
javob berishi lozim: