~ 38 ~
yetkazish yo`llari qidirilmoqda, har bir davlatda ilmiy-texnik axborotlar
bo`yicha maxsus tashkilotlar tuzilgan ularning vazifasi fan, texnika va
ishlab chiqarishni rivojlantirishga omil bo`lib hisoblanadi.
Patent hujjatlari – bu shunday hujjatlar yig`indisi bo`lib, unda:
ilmiy-texnik tajribalar va loyiha konstruktorlik ishlanmalarning
mazmuni
kashf qilinganligi, foydali modeli hamda kashfiyotchining
huquqini himoya qiluvchi ma’lumotlar bo`lishi kerak. Shu bilan
birgalikda model, maket, korxona mahsulotini ro`yxatga olinganligi
haqida guvohnomalar va mualliflik diplomlari bo`lishi kerak. Patent
axboroti deganda patent hujjatlaridan foydalanish va ishlov berish
tushuniladi. Patent hujjatlar ilmiy-texnik yutuqlarning oxirgi 100-200
yilligi patent fondlarida saqlanadi.
Patent axborotining ahamiyati -
patent axborotini talabnoma
berilgan va sanoat mulki ob’yektlari (ixtirolar, foydali modellar, sanoat
namunalari, tovar belgilari) sifatida tan olingan turli texnik yechimlar
va ishlanmalar to`g`risidagi, shuningdek, patentlar va ushbu mulkka
tegishli sub’yektlarning huquqiy maqomi to`g`risidagi axborot deb
atash mumkin.
Patent axboroti manbalari tuzilishi jihatidan patent axboroti shartli
ravishda quyidagi axborot resurslariga bo`linadi:
1.
Patent hujjatlari,u o`z ichiga rasmiy chop etilgan patent olish
uchun berilgan talabnomalar yoki patent berilgan ixtirolar, foydali
modellar va sanoat namunalarining tavsiflari, shuningdek, ro`yxatga
olingan tovar belgilari to`g`risidagi ma’lumotlarni oladi.
Qayd etib
o`tamizki, ko`p mamlakatlarda patent olishga berilgan talabnomalar
Patent idoralari o`tkazadigan va talabnoma berilgan ixtiroga qarshi
bo`lgan bir qator materiallarni o`z ichiga oladigan patent qidiruvi
to`g`risidagi hisobotlar bilan birga nashr etiladi.
2. Patentga bog`liq adabiyotlar
,
u dastlabki patent hujjatlari:
referatlar, annotatsiyalar, formula bandlarini
tahliliy sintetik qayta
ishlash natijasidagi turli materiallardan iborat bo`ladi. Bunday
materiallar odatda, tarkibidagi axborotning xarakteri va maqsadiga
ko`ra ixtisoslashgan turli referativ to`plamlarda, masalan, bibliografik,
referativ yoki obzorlarda chop etiladi.
Patent axborotining texnik va tijorat axborot manbai sifatidagi
yuqorida sanab o`tilgan afzalliklariga patent hujjatlarining quyidagi
o`ziga xos xususiyatlari tufayli erishiladi:
1. Barcha patent hujjatlari birxil tuzilishga ega. Har bir ixtiro
tavsifida ixtirodan oldingi texnika darajasi ochib beriladi va ixtironing
ushbu texnika darajasiga qo`shgan hissasi (uning yangiligi)
ajratib
~ 39 ~
ko`rsatiladi. Bu patent hujjatidan foydalanuvchiga boshqa ilmiy-texnik
adabiyotlarni o`rganmasdan turib ham ixtironi tahlil qilish imkonini
beradi, shuningdek, shu sohaning texnologik rivojlanish tarixini ochib
beradi.
2. Patent hujjatlari faqat g`oyaning o`zini ochib beribgina
qolmaydi, balki, odatda, uni sanoatda amaliy qo`llanish imkoniyati
to`g`risidagi mufassal axborot (muayyan misollar)ni beradi. Aksariyat
hollarda patent hujjatlari boshqa adabiyotlarda chop etilmaydigan
axborotlarni
beradi.Masalan,
Amerika
mutaxassislarining
baholashicha, AQSh patentlarida ochib
berilgan texnologiyalarning
kamida 70 % patent adabiyotlaridan boshqa adabiyotlarda ochib
berilmagan.
3. Patent hujjatlari tasnif ramzlariga ega bo`lib, ular patent
hujjatlarini ularning mazmuni qaysi texnika sohasiga tegishli bo`lsa,
shu sohaga muvofiq tasniflash imkonini beradi. Bu esa axborot
qidiruvini osonlashtirish uchun patent axboroti massivlariga ishlov
berish va sistemalashtirish imkonini beradi.
4. Barcha patent hujjatlari bibliografik ma’lumotlar bilan
ta’minlanadi, ularda huquqiy ma’lumotlar, masalan,
patent berilgan
sana, ixtironing ustuvorlik sanasi, talabnoma beruvchi to`g`risidagi
ma’lumotlar va boshqalar keltiriladi. Patent hujjatlarini qidirish va
ishlov berishni yengillashtirish uchun bibliografiya umumqabul
qilingan maxsus kodlar bo`yicha sistemalashtiriladi.
5. Patentlar tarkibida referat bo`lib, u axborot qidiruvini tezda,
ixtiro tavsifi va formulasiga faqat zaruriyat tug`ilgandagina bevosita
murojaat
qilgan holda, amalga oshirish imkonini beradi.
6.Tasnif ramzlarining mavjudligi va bibliografik ma’lumotlarning
kodlanishi
avtomatlashtirilgan
ma’lumot-axborot
tizimlari,
ma’lumotlar bazalarini yaratish imkonini beradi, ulardan axborot
tadqiqotlari o`tkazishda keng foydalaniladi.