~ 34 ~
bilan yasadi va televizor mavjud bo`ldi. Kashfiyot esa, bu hayotda
avvaldan mavjud bo`lgan, lekin insonlarga noma’lum bo`lgan va hech
kim bilmagan biror yangilikni ochish. Boshqacha aytganda, Dunyoda
bor bo`lib, lekin odamzot bilmaydigan narsani insonlarga ma’lum
qilinishi tushuniladi. Masalan, “Amerikaning kashf qilinishi” deganda,
o`z-o`zidan ma’lumki, Amerika avvaldan yerda mavjud bo`lgan, biroq,
insonlar bu haqida bilishmagan. Shu sababdan “kashf qilindi” iborasi
ishlatiladi. Yana bir misol keltirsak: “tortishish qonuni kashf qilindi”
deyilganda, bu qonun avvaldan olamda mavjud bo`lgani, biroq bu
haqda insonlar bilmaganlar. Haqiqatdan ham, fizika, kimyo,
astronomiya va boshqa fanlarda topilgan qonunlar azaldan mavjud,
ammo insonlar bu qonunni keyinroq bilib olganlari tufayli “qonun
kashf qilindi”deb aytiladi.
AQSH da Avtomobilning eng so`nggi turi uchar avtomobil
sinovdan o`tkazildi.
AQShning Massachuseta shtatidagi Terrafugia kompaniyasi
yaratgan bu avtomobil nomi Terrefugia Transition deb nomlanadi. U
havoda yaxshigina parvoz qilish bilan birga yo`llarida ham oddiy
avtomobillar kabi bemalol yura oladi. N’yuyork shtati bo`ylab 6 marta
muvaffaqiyatli parvoz qildi.
Qadimgi ixtirolar haqida. G`ildirak qanday ixtiro etilgan? Qadimda
vaqt o`lchovi (1.1-chizma).Vaqtni aniqlashda qadimgi Yunonistonda
dastlab quyosh soatlaridan foydalanishgan. Bu soatlar insoniyat
tarixidagi birinchi soat edi. Ular 4000 yil ilgari ishlatilgan. Bunda vaqt,
tik turgan taxtachaning soya uzunligiga qarab aniqlangan.