Mavzuni mustahkamlash uchun savollar




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/79
Sana06.06.2024
Hajmi5,18 Mb.
#260704
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Bog'liq
13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.
Mualliflik va turdosh huquqlar nima? 
2.
Sanoat mulki nima? 
3.
Siz qanday intellektual mulk ob’yektlarini bilasiz? 
4.
Patent nima? Patent qanday huquqlar beradi? 
5.
Litsenziya bitimi nima? 
6.
Mualliflik va turdosh huquqlar nima? 
7.
Sanoat mulki nima? 
 
 
 
4-MAVZU.O`zbekiston Respublikasining Intellektual
mulk davlat fondi 
1.
 
Sanoat namunasi patenti. 
2.
 
Sanoat namunasining xalqaro klassifiksiyasini ta’sis etish 
bo’yicha xalqaro bitimlar. 
3.
 
Foydali model ob’ektlari muhofazasi. 
4.
 
O’zbekiston Respublikasi va chet ellarda foydali modellarni 
muhofaza qilish.
O`zbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi patent 
egasining davlat mulkiga kiradigan yoki shartnoma asosida olinadigan 


~ 28 ~ 
intellektual mulk ob’yektlariga nisbatan huquq hamda majburiyatlarini 
amalga oshirilishiga ko`maklashadi. 
Intellektual mulk davlat fondi faoliyatini mablag` bilan ta’minlash 
manbai sanoat mulki va intellektual mulkning boshqa turlari 
ob’yektlaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya sotilishidan 
tushadigan mablag`larning bir qismidan, davlat byudjeti mablag`lari 
hamda boshqa tushumlardan iborat bo`ladi. 
Intellektual mulk davlat fondi o`z faoliyatini «Ixtirolar, foydali 
modellar va sanoat namunalari to`g`risida»gi Qonun va Vazirlar 
Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizomga binoan amalga oshiradi. 
Intellektual mulkda ob’yektlarning ikki guruhi alohida ajralib 
turadi: san’at bilan bog`liq badiiy asarlar va sanoat tarmog`i -xususan 
yangi buyumlar, tovarlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va bozorga 
taklif etish bilan bog`liq ob’yektlar. 
Aynan ana shu vaziyatlar XX asrda jahonda umumqabul qilingan 
xalqaro huquqiy standartlar shakllanishiga olib keldi, shunga muvofiq 
intellektual mulk o`z ichiga ikki asosiy huquqlar sohasini oladi: 
-
mualliflik va turdosh huquqlar, 
unga muvofiq ilmiy, adabiy, 
musiqiy, badiiy, fotografiya va audiovizual asarlarga huquqlar, 
shuningdek, fonogramma ishlab chiqaruvchilar va ijrochilar, efir va 
kabel eshittirishlari tashkilotlarining huquqlari himoya qilinadi; 
-
sanoat mulki, 
u ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, 
shuningdek, tovar belgilari va xizmat ko`rsatish belgilari, tovarlarning 
kelib chiqish joyi, firma nomlariga huquqlarni o`z ichiga oladi. 
-
Bundan tashqari 
noan’anaviy intellektual mulk ob’yektlari 
ham 
mavjud bo`lib, ular mualliflik huquqi va sanoat mulki o`rtasida turib, 
o`z ichiga: EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari; integral 
mikrosxemalar topologiyasi; seleksiya yutuqlari; oshkor etilmagan 
axborot(nou-xau)larni oladi. 
Sanab o`tilgan barcha muayyan huquqiy muhofaza ob’yektlari, 
xususan, badiiy asarlar va san’at turlari, ixtirolar, tovar belgilari, EHM 
uchun dasturlar va hokazolar intellektual mulk ob’yektlari deb ataladi. 
Bundan tashqari, sanoat mulkining mualliflik huquqi muhim farqi 
shundan iboratki, sanoat mulki mualliflik huquqi kabi tegishli ob’yekt 
yaratilgan vaqtdan boshlab o`z-o`zidan amal qilmaydi. Sanoat mulki 
huquqlarini 
muhofazalash 
uchun, 
masalan,ixtiroga 
muhofaza 
hujjatining mavjud bo`lishi shartdir. Ushbu muhofaza hujjatida davlat 
tomonidan huquqiy muhofaza kafolatlanadigan huquqlar hajmi aniq 
belgilab beriladi. Turli mamlakatlardagi qonunchilikka ko`ra ushbu 
muhofaza hujjatlari turlicha nomlanadi. Aksariyat mamlakatlarda ixtiro 


~ 29 ~ 
va sanoat namunalariga beriladigan muhofaza hujjatlari 
patent, 
tovar 
belgilariga beriladigan hujjatlar esa 
guvohnoma 
deb qabul qilingan. 
Nihoyat, biz intellektual mulkning muhim atamasi patent degan 
tushunchaga yaqin keldik. Ixtiroga patentlar boshqa intellektual mulk 
ob’yektlarini muhofazalash yuzaga kelgan vaqtdan ancha oldinroq 
berila boshlangan. Shuning uchun patentni haqli ravishda intellektual 
mulkning asosiy bosh hujjati deb aytish mumkin, u intellektual mulk 
huquqlarining asosiy mohiyatini yig`iq holda aks ettiradi va industrial 
rivojlanishda yetakchi rol o`ynaydi. Patent so`zi lotincha 
patent 
so`zidan kelib chiqqan bo`lib, ochiq, aniq degan ma’noni bildiradi. 
Patent ixtirochi va jamiyat o`rtasidagi o`ziga xos almashinuv 
hisoblanadi. Ixtirochi o`z ijodini jamiyatga ochib beradi, bu bilan 
texnika taraqqiyoti darajasini oshiradi, buning uchun esa o`zining 
patentlangan ixtirosiga davlat tomonidan kafolatlangan mutlaq 
(monopol) huquqqa ega bo`ladi. 
Patent bo`yicha ishonchli vakillardan tashqari patent agentlari ham 
mavjud bo`lib, ular intellektual mulk sohasida muayyan malakaga ega 
bo`lgan, lekin patent bo`yicha ishonchli vakillar reyestrida ro`yxatga 
olinmagan shaxslardir. Patent agentlari intellektual mulk sohasida turli 
xizmatlarni ko`rsatishi mumkin, lekin ular Patent idorasi va boshqa 
tashkilotlarda o`z mijozlarining manfaatlarini himoya qilish huquqiga 
ega emas. 
Yuqorida qayd etilganidek, patent qat’iy chegaralangan hududda 
amal qiladi, ya’ni O`zbekiston Respublikasi patenti faqat O`zbekiston 
hududida amal qiladi. Shuning uchun tovar va xizmatlarni eksport 
qiluvchilar va o`z intellektual mulklarini xorijda ham himoyalashni 
istaganlar o`z ob’yektlarini boshqa davlatlarda ham patentlashi zarur. 
Qonun bo`yicha, O`zbekiston Respublikasining muhofaza hujjatini 
olish uchun talabnoma berilgandan so`ng, uch oy o`tgach, intellektual 
mulk ob’yektlarini boshqa davlatlarda patentlashni boshlash mumkin. 
Bunday cheklash va albatta dastlab Respublika Patent idorasiga 
talabnoma berishning shart qilib qo`yilishi milliy xavfsizlikni 
ta’minlash talablari bilan bog`liq. Chunki talabnomada davlat siri 
bo`lgan va O`zbekiston xavfsizligiga tahdid soladigan ma’lumotlar 
bo`lishi mumkin. Lekin intellektual mulk ob’yektlarini xorijda 
patentlashni boshlash uchun hech qanday maxsus ruxsatnoma olish 
talab etilmaydi. Agar Patent idorasiga talabnoma berilgan sanadan 
so`ng uch oy o`tgach Patent idorasi talabnoma beruvchini ixtirosi 
maxfiy ekanligi to`g`risida ogohlantirmagan bo`lsa, u o`z ob’yektini 
xorijda patentlash ishlarini bemalol boshlash huquqiga ega bo`ladi. 


~ 30 ~ 

Download 5,18 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish