~ 22 ~
namunasiga dastlabki patent dastlabki ekspertiza o`tkazilgandan so`ng
beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil mobaynida amal
qiladi. Dastlabki patent egasining iltimosiga ko`ra,
patentga
aylantirilishi mumkin.
Foydali modelga patent dastlabki ekspertiza o`tkazilgandan so`ng
beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab 5 yil mobaynida amal qiladi va
talabnoma beruvchining iltimosiga ko`ra, yana uch yilga uzaytirilishi
mumkin.
Tovar belgisiga guvohnoma ekspertiza o`tkazilgandan so`ng
beriladi va belgining ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil mobaynida
amal qiladi va har safar 10 yilga uzaytirish imkoniyatini saqlab qoladi.
O`z ixtiro, sanoat namunalari, tovar
belgilarini muhofazalash
uchun qanday hatti-xarakatlarni qo`llash zarur degan savol tug`iladi?
Qonun bilan muhofaza hujjatlari olish uchun zarur maxsus tartiblar
belgilab berilgan.
Eng avvalo, muhofaza hujjati (patent, dastlabki patent,
guvohnoma) berishga tegishli talabnomani tuzish va uni Patent
idorasiga taqdim etish zarur. Bunda, masalan, ikki ixtirochi bir-biridan
mustaqil ravishda bir-biriga o`xshash ixtiro yaratgan bo`lsa, bu bir xil
ob’yektga egalik huquqi kim birinchi bo`lib to`g`ri tuzilgan
talabnomani Patent idorasiga taqdim etsa, o`sha kishiga tegishli bo`ladi.
Unda ustuvorlik bor deb hisoblanadi.
Ob’yektning ustuvorligi - qonunchilikka
muvofiq ravishda
belgilanadigan vaqt bo`yicha birinchilikdir.
Muhofaza hujjatlari olish uchun talabnoma berish, shuningdek,
boshqa yuridik harakatlarni va tartiblarni amalga oshirish uchun
talabnoma beruvchi davlat patent bojlarini to`lashi zarurligini qayd etib
o`tamiz. Patent bojlari to`lanadigan harakat va tartiblar ro`yxati,
ularning miqdori va to`lash muddatlari, shuningdek, bojlarni to`lashdan
ozod qilish, bojning miqdorini kamaytirish
yoki qaytarib olish uchun
asosnomalar Patent idorasi tomonidan Moliya vazirligi, Adliya
vazirligi, shuningdek, boshqa manfaatdor
davlat boshqaruv organlari
bilan kelishgan holda belgilanadi.
Qonunga muvofiq patent olish uchun quyidagilar talabnoma
berishi mumkin:
-
sanoat mulki ob’yekti muallifi (mualliflari) yoki uning
merosxo`ri;
-
muallifning vorisi, ya’ni muallif shartnoma asosida o`z
huquqlarini bergan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs;
-
muayyan ixtiro, foydali model va hokazo xodim o`z
xizmat
~ 23 ~
vazifasini bajarayotgan vaqtda yaratilgan hollarda muallifning ish
beruvchisi (firma, korxona). Yana bir marta qayd etib o`tamizki,
huquqlarning berilishi muallif hamda ish beruvchi o`rtasidagi
shartnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Patent idorasi intellektual mulk ob’yektlariga talabnomalarni
ko`rib chiqish uchun qabul qiladi va davlat ekspertizasini o`tkazadi.
Davlat ekspertizasini o`tkazish ko`p bosqichli jarayon bo`lib, unda
talabnoma berilgan ob’yektning belgilangan talablarga muvofiqligi
tekshiriladi.
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalariga patent, dastlabki
patent olish uchun berilgan talabnomalar bo`yicha davlat ilmiy-texnika
ekspertizasi o`tkaziladi,
u rasmiy, dastlabki va mohiyati bo`yicha
ekspertizaga bo`linadi.
Ixtiro, sanoat namunalariga dastlabki patentlar, shuningdek,
foydali modelga patent