Shaxs ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/79
Sana06.06.2024
Hajmi5,18 Mb.
#260704
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79
Bog'liq
13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3

Shaxs ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi,
iqtidor, talant va geniallik sifatlari 
Shaxsning u yoki bu faoliyatiga tayyorligi tariqasida yuzaga 
keladigan har qaysi yaqqol qobiliyatlar tuzilishi o`z tarkibiga yetakchi 
va yordamchi, umumiy va maxsus nomdagi majmua sifatlarni 
(xislatlarni) qamrab olgan bo`lib, murakkab tizimdan iboratdir. 
Talantning paydo bo`lishi va tuzilishi. Talantning ijtimoiy-tarixiy, 
tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak 
bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant muayyan faoliyatning 
muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat 
hamda iste’dodlar majmuasidan (yig`indisidan) iborat individual 
xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berishiga 
qaramay, ularda asosiy belgilar ta’kidlab o`tiladi, chunonchi, shaxsga 
qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va 
original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga 
talant deyiladi. Talantning asosiy belgilari: a) muvaffaqiyatni 
ta’minlash; b) faoliyatni mustaqil bajarish; c) originallik unsurining 
mavjudligi; d) qobiliyat hamda istedodlar yig`indisidan iborat ekanligi; 
e) individual-psixologik xislatligi; e) ijtimoiy turmushni o`zgartiruvchi, 
yaratuvchi imkoniyatligi kabilar. 
Talant ham qobiliyatlarga o`xshash ijodiyotda yuksak mahoratga, 
muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib, ijodiy kutilmasi (yutuq) 
insonlarning ijtimoiy-tarixiy turmush shart-sharoitlariga bog`liqdir. 
Jamiyatda talantli shaxslarga nisbatan muhtojlik sezilsa, bunday 
insonlarning kamol topishi uchun zarur ob’yektiv va sub’yektiv shart-
sharoitlar yaratilsa, bunday vaziyatda barkamol odamlarning 
shakllanishiga imkoniyat tug`iladi. 
Shuning uchun jahon sivilizatsiyasi, fan va texnikasi, san’at va 
adabiyot, moddiy va ma’naviy madaniyatini yaratishning (ichki ruhiy) 
imkoniyati hisoblanmish talant progressning harakatlantiruvchi 
omilidir. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bosqichlarida 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yetishmasligi tufayli ko`pchilik talant 
sohiblari o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish imkoniyatlaridan 
mahrum bo`lgandir. Mamlakatimizning yaqin o`tmishida chorizm 
mustamlakachilik siyosatida, qatag`on yillarida qanchalab talantli 
davlat va jamoat arboblari, betakror fan, madaniyat, adabiyot 
namoyandalari o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga erisha olmay 
dunyodan ko`z yumdilar. Bu bizning moziyimiz, achchiq haqiqatimiz, 
turmush voqeligimiz, dinamik xususiyatli ko`ngil armonimiz, borliqqa 
aql-zakovat 
bilan 
munosabatda 
bo`lishning 
ilmiy-psixologik 


~ 12 ~ 
mezonidir. Talantlarning uyg`onishi (tug`ilish) ijtimoiy shart-
sharoitlarga bog`liq bo`lganligi tufayli mustaqil mamlakatimizda 
talantli yoshlarga nisbatan yuksak ehtiyoj sezmoqda, bu narsa yaqqol 
ko`rinib turibdiki, shunday mezonga loyiq shaxslar mavjud va ular 
kelajagi buyuk davlatimiz poydevori hisoblanadi. 
Talant qobiliyatlar yig`indisi yoki ularning majmuasidan iborat 
bo`lishiga qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u 
taraqqiyotning yuksak bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham, u 
bilan tenglashtirish mumkin emas. Bu omilga asos bo`lib, XX asrning 
20-30-yillarida moskvalik psixologlar tomonidan olib borilgan 
fenomenal g`oyat o`tkir, noyob (nodir) xotiraga ega bo`lgan insonlarni 
tekshirish natijalari hisoblanadi. Esda olib qolish qobiliyati (estrada 
sahna artisti) hech kimda shubha tug`dirmagan bo`lsa-da, lekin xotira 
ijodiyotning muvaffaqiyati, mahsuldorligi omillaridan biri ekanligi 
to`g`risida xulosa chiqarishga olib kelgan. Ma’lumki, shaxsning 
yaratuvchanlik faoliyatida aqlning epchilligi, boy fantaziya, kuchli 
iroda, barqaror xarakter, turg`un qiziqishlar, sermahsul bilish 
jarayonlari, motivatsiya, yuksak his-tuyg`ular va boshqa psixologik 
sifatlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuni unutmasligimiz o`rinliki, 
noyob xotiraga ega bo`lgan ajoyib yozuvchilar, rassomlar, 
kompozitorlar, yuristlar, jamoat arboblarining nomlari mashhurdir. 
Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil 
xususiyatli fikrni alohida ta’kidlab o`tish talant tuzilishini yengilroq 
tushunish imkoniyatini yaratadi: 
Talant - bu shaxs psixik xislatlarning shunday murakkab 
birikmasidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b) 
xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; v) hatto noyob (kamyob, nodir) 
sifat tariqasida o`lchab bo`lmaydi. 
Shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli 
darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab tarkibiga kiruvchi 
boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o`rnini 
bosib yuborishi (kompensatsiya qilishi) mumkin. 

Download 5,18 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxs ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi

Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish