Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Ijodiy fikrlash nima?
2.Ijodkorlik nima? O`quvchining darslardagi faoliyatida ijodkorlik
misollarini keltiring.
3.Shaxs ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi, iqtidor,
talant va geniallik sifatlari nima?
~ 13 ~
4. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati
nimalardan iborat?
5. Ijod, ijodiyot va ijodkorlik tushunchalari haqida ayting.
2-MAVZU.TEXNIK IJODKORLIGINI O`ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
1.
Ilmiy jodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurnng
ahamiyati.
2.
Texnik ijodkorlik faolyatining bosqichlari.
3.
O’quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari.
Insoniyat tarixiy taraqqiyot davomida o`z turmush tarzini,
jumladan, ish qurollarini, yashash joylarini, kiyimlarini, maishiy asbob-
anjomlarni takomillashtirib kelmoqda. Bu takomillashtirishda texnik
ijodkorlik qobiliyatlari muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach o`quvchi yoshlar va
o`smirlar orasida texnik ijodkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor
bermoqda.
1996 yilda o`quvchi yoshlar va o`smirlar orasida texnik ijodiyotni
rivojlantirish konsepsiyasi va dasturi qabul qilindi. Konsepsiyada
quyidagilar bayon qilingan:
O`zbekiston Respulikasi o`zining rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni keng rivojlantirish va chuqurlashtirish yo`lidan
ilgarilab
bormoqda.
Respublikamiztaraqqiyoti
borasida
sobit
qadam,ustuvor ekanligi, istiqlol yo`lidan og`ishmay borayotganligi
mamlakatimizning iqtisodiy siyosatini madaniy hayotida ro`y
berayotgan o`zgarishlarda yaqqol namoyon bo`lmoqda.
O`zbekiston kelajagi bugungi avlodning har tomonlama kamol
topishida, ularning kelgusida davlatni boshqara oladigan, uni har
tomonlama rivojlantirishda hissa qo`shadigan, uning kelajagi haqida
qayg`urib yashovchi, taraqqiyoti uchun bor bilim, kuch-qudratini
sarflovchi inson qilib tarbiyalashga shakllanishiga ko`p jihatdan
bog`liq. Bu borada yoshlarni turli kasblarga tayyorlash, ularga maktab
dasturidan farqli ularni o`z qiziqishlari, qobiliyatlari, xohish va
imkoniyatlariga qarab bilim olishlari va kasb-hunar egallashlariga
imkon beruvchi maktabdan tashqari muassasalarning faoliyati muhim
ahamiyat kasb etadi. Maktabdan tashqari muassasalarning asosiy
yo`nalishlardan biri davlatimiz ravnaqi, taraqqiyotini yuksaltirish
yo`lida hissa qo`sha oladigan texnik ijodkorlikdir. O`quvchilarni
~ 14 ~
mehnatga muhabbat va yaratuvchanlik faoliyati jarayonida o`z bilim va
malakalarini ijodiy qo`llash ko`nikmalarini shakllantirish, texnik
ijodiyotni rivojlantirishning asosiy omillari hisoblanadi.
O`sib kelayotgan yosh avlod texnik ijodkorlik qobiliyatini, texnika
sirlarini anglashi va shu yo`nalishda ta`lim berilsa, respublikamizda
erishilgan fan va texnika yutuqlariga tayanib ish ko`rilsa, uning ildizini
yanada chuqurroq tushunib kelajakda kuchli texnik mutaxassislar, fan
va texnika yutuqlariga o`z hissasini qo`sha oladigan pirovardida esa shu
yoshlar chet el mahsulotlari va asbob-uskunalaridan kuchliroq
mashinalar yaratish qobiliyatiga ega bo`lgan, shu yo`lda xizmat qila
oladigan bo`lishi lozim.
O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvining
ta`lim va tarbiya milliy shakllarini yanada rivoj topishida ham katta
imkoniyatlar ochib berdi. Yosh avlodni an’analarimiz ruhida tarbiyalab
hunar o`rgatilsa, ijodkorlikka yo`naltirilsa, xalqimizning urf-odatlari,
madaniyatimiz va tilimizga munosabatlar ildizi chuqurligi yanada
oydinlashadi.
Texnik ijodiyotni rivojlantirishda umuminsoniy qadriyatlar doimo
diqqat markazida bo`lish uni amalga oshirish uchun shaxs erkinligi va
demokratiyani himoyalash har bir kishining vazifasidir.
Texnik ijodkorlikni rivoj topishida o`quvchilarning tabiatga, o`z
vataniga mas’uliyatli bo`lish munosabatlarini tarkib toptirish
muhimdir.
Texnik ijodkorlik katta tarbiyaviy potentsialni o`z ichiga oladi.
Texnik ijodiyot o`quvchilarni ona Vatan, mehnatga bo`lgan
muhabbatini o`stirib ularni erkin fikrlashga, mustaqillikka undaydi.
Texnik ijodkorlikni rivojlantirishda o`quvchi yoshlarning o`zlari
qiziqib sevib o`rganadigan turli yo`nalishlarni mumkin qadar Vatanga
foyda keltirishni his qilsinlar.
Texnik ijodiyotga o`quvchilarni yo`naltirishda birinchi navbatda,
milliy xalq hunarmandchiligiga, an’analarning milliy estetik manbaiga
hamda boy sharq minatyura san’ati, haykaltaroshlik, kulolchilik,
yog`och o`ymakorligi va hunarmandchilikning boshqa turlariga alohida
e’tibor berish lozim.
Davlatimizning mustaqillikka erishuvi o`z navbatida har qanday
taraqqiyparvar jamiyatga iste’dodli shaxslar zarurligi nuqtai nazaridan
iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o`qitish respublikaning
bo`lajak aql zakovatli va ijobiy fikrlovchi kuchlarini tayyorlashning
muhim omilidir. Iste’dodlarni namoyon qilish va ularni sonini oshirish
uchun sharoit yaratish maqsadida avvalgi yutuq, tajribalarni
~ 15 ~
ommaviylashtirish, ularning ijobiy qiziqishlarini rivojlantirib turli
tadbirlar, ko`rik-tanlovlar o`quvchilar texnik ijodiyoti ko`rgazmalari
uchrashuvlarga jalb etish muhimdir. Iste’dodli bolalarni aniqlash,
tarbiyalash va o`qitishni ta’minlash bo`lajak respublikamizning
iqtidorli kuch qudratini tayyorlashning istiqboli bilan bog`liqdir.
|