|
Ijodkorlik qobiliyat mazmuni va texnik ijodkorlikBog'liq 13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3
Ijodkorlik qobiliyat mazmuni va texnik ijodkorlik
Uzoq yillar ko`pgina olimlar va oddiy insonlar ijodkorlik qobiliyati
– bu nasldan-naslga o`tuvchi xudo bergan ne’mat deb hisoblashar edi.
Shuning uchun agar bola oddiy oilada tug`ilgan bo`lsa, undan qaysidir
faoliyatda yuksak muvaffaqiyatlar kutishga o`rin yo`q. Yetuk
kompozitorlar (Baxlar oilasi), rassomlar (rerixlar oilasi), yozuvchilar
yaratuvchi – xudoga nisbatan aytiladi (Dyuma oilasi), olimlar(Kyurilar
oilasi)ning oilaviy dinatsiyasi hammaga ma’lum. Biroq tarixda yetarli
ma’lumot olmagan va o`qimagan oilalardan chiqqan yetuk
yaratuvchilar ham ma’lum. Shu bilan birga olimlarda ijodkorlik
qobiliyatlari naslga hech ham aloqasi yo`q va insonning hayoti
davomida o`zini rivojlantirish yo`li bilan shakllanadi degan fikr yuzaga
keldi. Unda haqiqat qayerda? Odatdagiday oraliqda... So`zsiz,
ijodkorlik faoliyatining ayrim nishonalari nasldan-naslga o`tadi va
bunga oilaviy dinatsiyalar misol bo`ladi. Shu bilan birga, shaxsning
butun hayoti davomida o`zini rivojlantirishi ijodkorlik faoliyatida
yuksak natijalarga erishishning asosiy sharti hisoblanadi.
Yana bir juda muhim savol – ijodkorlik qobiliyatlarini
rivojlantirishning cheki bormi? Ma’lumki, reproduktiv qobiliyatlar
ma’lum chegaragacha rivojlanadi. Biz ip bog`lash, nonga yog` surishni
qanchalik mashq qilmaylik, ertami, kech biz undan boshqa o`zib keta
olmaydigan oxirgi
darajadagi tezlikka erishamiz.
Ijodkorlik
qobiliyatlari olimlarning isbotlashiga ko`ra, chegaraga ega emas,
insonda ularni rivojlantirish xohishi bor ekan, ular rivojlanaveradi.
Xulosa oddiy: ijodkorlik faoliyati o`zimizga, to`g`rirog`i, nasliy
qobiliyatlar va ish qobiliyatlarimizga bog`liq. Aynan ish qobiliyati
insonning hayot faoliyati davomida erishilgan faoliyati natijalarini
aniqlaydi. Ma’lum bo`lishicha, inson yuksak ish qobiliyati va zarur
genetik qobiliyatlarsiz erisha olmaydigan maqsadlar yo`q.
|
| |