Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/79
Sana06.06.2024
Hajmi5,18 Mb.
#260704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3

Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy
faoliyatning ahamiyati 
Pedagogik ta’lim muassasalarida bo`lajak mehnat ta’limi 
o`qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko`p qirrali 
bo`lib, talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali 
yo`llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash bilan birgalikda, 
o`quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo`lajak mutaxassislarning 
ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligi bilan umumlashtirishning aniq usul va 
vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o`z ichiga 
oladi. Shuningdek, ushbu jarayon vatanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni aks ettirishi va zamonaviy ilmiy talablarga to`laroq javob 
berishi kerak. 
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich 
o`tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida 
ilm olishni axborotlashtirishning amaliy yo`naltirilgan yaxlit davlat 
siyosatiga asos solindi, uning ustuvorliklari bo`lgan dastlabki me’yoriy-
huquqiy asoslar yaratildi. Bunga misol sifatida “Ixtirolar, foydali 
modellar va sanoat namunalari to`g`risida”, “Axborotlashtirish 
to`g`risida”, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va 
ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to`g`risida”, “Aloqa 
to`g`risida”gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlarni keltirish mumkin. 
Ushbu qonunlarga muvofiq yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar 
intellektual mulkdan unumli foydalanishdagi iqtisodiy samarani 
oshirish, yangi texnika va texnologiyalarni o`zlashtirish, ular vositasida 
yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga asoslangan intellektual mulk 
innovatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib 
berdi.
 
O`quvchilar texnik ijodkorligining
pedagogik va psixologik xususiyatlari


~ 7 ~ 
Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat 
bashariyatni olg`a harakatlantiruvchi asosiy omil bo`lib kelgan. 
Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o`rgatish, uni o`z 
zamonasining eng ilg`or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda 
hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan. 
Texnik ijodkorlik va dizaynni tashkil qilishda ikki o`zaro bog`liq 
vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi, ta’lim oluvchilarga 
ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bilimlarni 
egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; 
ikkinchisi, o`zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda 
mustaqil qo`llay olishga o`rgatish bilan belgilanadi. 
Texnik ijodkorlik ta’lim oluvchilar egallayotgan bilimlarining 
mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil 
fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini 
rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, 
ayniqsa bo`lajak mehnat ta’limi o`qituvchilarining fan asoslarini 
o`zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga 
oshirishda ijodiy ishlar shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Ijodkorlikka bo`lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, 
o`z rivojlanishida bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan 
birinchisi havas - ehtiyojning eng sodda shakli bo`lib, inson tomonidan 
ongli boshqariladi. Ikkinchi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi 
bo`lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning 
ma’lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini 
ifodalaydi. Uchinchi, eng murakkab bosqich bo`lgan qiziqish xohish va 
u bilan bog`liq bo`lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish 
hayotdagi tashqi ta’sirlar, shaxs faoliyati hamda ta’lim-tarbiya jarayoni 
ta’sirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, 
idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli 
ta’sir ko`rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb 
etadi. 

Download 5,18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish