“TEXNIK IJODKORLIK VA KONSTRUKSIYALISH”




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/79
Sana06.06.2024
Hajmi5,18 Mb.
#260704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3

 
“TEXNIK IJODKORLIK VA KONSTRUKSIYALISH” 
FANIDAN MA`RUZA KONSTRUKSIYALASH MA’RUZA 
MATNLARI 


~ 5 ~ 
 
1-MAVZU. TEXNIK IJODKORLIK VA FANINING 
MOHIYATI VA VAZIFALARI 
 
REJA: 
1. Kirish. 
2. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati. 
3. O`quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik 
xususiyatlari. 
 
Talabalarni texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini 
rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika taraqqiyotini 
jahon standartiga chiqishni, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, 
ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh 
avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo`lajak 
mutaxassislarga politexnik ta’lim berish orqali hozirgi ishlab chiqarish 
sanoatiga xos texnik-texnologik, konstruktorlik va ishlab chiqarish 
faoliyatlarining asoslarini egallanishiga erishiladi. 
Mazkur fanning asosiy maqsad va vazifasi bo`lajak mehnat ta’limi 
o`qituvchilariga umumiy o`rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va 
kasb-hunar 
kollejlarida, sinfdan, maktabdan tashqari ta’lim 
muassasalarida o`quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-
metodik asoslarini o`rgatishdan iboratdir. Ular quyidagilardan iborat: 

talabalarning umumkasbiy tayyorgarligi jarayonida texnik 
ijodkorlik va dizaynga oid bilimlar tizimiga ega bo`lishi; 

texnik ijodkorlik va dizaynning tashkiliy va iqtisodiy asoslari 
bilan tanishtirish; 

kashfiyot, ixtiro, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari 
bo`yicha tushunchalarga ega bo`lishi; 

texnik masalalarni yechish metod va usullaridan foydalanish 
ko`nikmalarini hosil qilish; 

texnik ijodkorlik ob’yektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish; 

mustaqil ravishda texnik ob’yektlarni va ularning modellarini 
loyihalay olish; 

texnik ijodkorlik bo`yicha sinf va maktabdan tashqari 
mashg`ulotlar uchun moslama, dastgoh va boshqa jihozlarni mustaqil 
loyihalay olish; 

Respublikada o`quvchilar texnik ijodkorligi va dizayn faoliyatini 
hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqbolini tushuntirish; 


~ 6 ~ 

o`quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodik 
asoslarini bilish; 

texnik ijodkorlik to`garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy 
asoslari, texnik ob’yektlarni ilmiy asosda tanlay olish; 

to`garaklarni o`quv moddiy-texnik bazasini tashkil qila olish; 

sinfdan va maktabdan tashqari o`quv mashg`ulotlarida texnik 
ijodkorlikni metodik asoslarini bilish; 

o`quvchilarning ijodiy faoliyatiga tegishli bo`lgan oilaviy va 
ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o`tkazishni ilmiy asoslarini bilish 
kerak. 

Download 5,18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“TEXNIK IJODKORLIK VA KONSTRUKSIYALISH”

Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish