Bo`lajak mehnat ta’limi o`qituvchilarini tayyorlashda




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/79
Sana06.06.2024
Hajmi5,18 Mb.
#260704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3

Bo`lajak mehnat ta’limi o`qituvchilarini tayyorlashda
mazkur fanning tutgan o`rni 
Hozirgi kunda bo`lajak mehnat ta’limi o`qituvchilari rahbarligida 
o`quvchilarda 
dastlabki 
texnologik 
bilim 
va 
ko`nikmalarni 
shakllantirishdan, ularni unumli mehnatga jalb qilishdan tashqari, o`g`il 
va qizlarda texnik tafakkurni hamda konstruktorlik ijodkorlik 
qobiliyatlarini rivojlantirish kerak. 


~ 8 ~ 
Bo`lajak mehnat ta’limi o`qituvchilarini o`quvchilarning texnik 
ijodkorlik va dizayn faoliyatini boshqarishga tayyorlash uchun talabalar 
konstrukstiyalash va modellashtirish ishlarini o`zlashtirishlari lozim. 
Konstruksiyalash jarayoni detalning shaklini, o`quv ustaxonasida uni 
tayyorlash imkoniyatini aniqlash bo`yicha mustaqil fikr yuritib 
ishlashni taqozo qiladi. 
Konstruksiyalash mashg`ulotlari aqliy faoliyat malakalarini 
shakllantiradi, kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, o`quv materialini ongli 
va puxta o`zlashtirishda yordam beradi, kasbiy ko`nikma va 
malakalarining shakllanishini tezlashtiradi. 
Yuqorida aytilganlardan bo`lajak mehnat ta’limi o`qituvchisi 
o`zlashtirishi lozim bo`lgan konstruksiyalash tajribasi qanchalik katta 
ahamiyatga ega ekanligini yaqqol anglash mumkin. Mehnat ta’limi 
o`qituvchisi buyumlarni konstruksiyalash va modellashtirishni 
o`quvchilarga o`rgatishga rahbarlik qilishni, albatta, bilishi kerak.
 
Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari 
Ma’lumki, faoliyat – erishiladigan natijada inson aniq mahsulot 
yaratadigan jarayondir. Faoliyat reproduktiv va ijodiy bo`lishi mumkin. 
Reproduktiv faoliyat – batafsil ishlab chiqilgan algoritm bo`yicha 
bajariladigan jarayon va natijada faoliyat sub’yekti (sub’yektiv 
yangilik) uchun ham boshqa kishilar uchun ham (ob’yektiv yangilik) 
yangilik bo`lmagan mahsulot yaratiladi. Ijodkorlik faoliyati bu boshqa 
masala. Ijodkorlik faoliyatining hech bir turi uchun ularni bajarishning 
batafsil algoritmi yaratilishi mumkin emas, biroq ijodkorlik 
faoliyatining ko`pgina turlari uchun umumiy algoritm allaqachon 
yaratilgan, masalan: insho yozish, kiyimlarni moslashtirish, texnika 
bo`yicha ijodkorlik masalalarini yechish va boshqalar. Ijodkorlik 
faoliyati natijasida sub’yektiv yoki ob’yektiv yangilikka ega bo`lgan 
mahsulot yaratiladi. 
Har bir insonning hayoti davomida hal qilishi zarur bo`lgan 
ko`pgina muammolar yuzaga keladi. Insonlar, odatda, o`z 
muammolarini qanday hal qiladilar? Ba’zilar o`z intuitsiyasiga 
tayangan holda yechimni topishga harakat qiladilar, boshqalari o`zga 
insonlar bilan maslahatlashib, ularning tajribasi asosida yoki ilmiy-
ommabop adabiyotlarni tahlil qilib, o`z muammolari yechimini 
topishga urinadilar, uchinchilari esa bu ishni boshqa shaxslarga yoki 
tasodifiy holatlarga qoldirib, muammo yechimidan umuman 
uzoqlashishga harakat qiladilar. Insonlarning faqat unchalik katta 
bo`lmagan qismigina o`z muammolarini ijodkorlik faoliyati metodlari 
yordamida yechadilar. 


~ 9 ~ 
Ijodkorlik – bu ob’yektiv (hamma uchun) yoki sub’yektiv (o`zi 
uchun) yangi tizimlar yaratish jarayoni. Har bir insonga ijodkorlik 
faoliyati texnologiyalari va metodlarini egallash zarurmi, axir hamma 
ham ob’yektiv yangiliklar yaratmaydi-ku? Inson kim bo`lib ishlashidan 
qat’iy nazar: ovqat tayyorlashi, kiyimni modellashtirishi, o`z 
farzandlarini tarbiyalashi, ko`pgina uy ishlarini bajarishi va xo`jalik 
muammolarini yechishiga to`g`ri keladi. Shuning uchun javob bir xil 
ijodkorlik metodlarini har bir inson egallashi zarur. Qanday metodlarni 
va qaysi faoliyat uchun qo`llash yoki qo`llamaslik bu uning tanlash 
huquqidir.

Download 5,18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo`lajak mehnat ta’limi o`qituvchilarini tayyorlashda

Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish