~ 27 ~
Basharti, ish beruvchi sanoat mulki ob’yekti yaratilganligi haqida
muallif ma’lum qilgan sanadan e’tiboran to`rt oy mobaynida Patent
idorasiga talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqini o`zga
shaxsga o`tkazmasa, muallif talabnoma topshirish va patent, dastlabki
patent yoki guvohnomani o`z nomiga olish huquqiga ega bo`ladi.
Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli ob’yektidan o`z
korxonasida patent egasiga shartnomada belgilanadigan tovon pulini
to`lagan holda foydalanish huquqiga ega bo`ladi.
Ish beruvchi tomonidan sanoat mulki ob’yekti maxfiy
saqlanadigan bo`lsa, u muallifga mutanosib miqdorda haq to`lash shart,
haq miqdori shartnoma asosida belgilanib, mutlaq litsenziyaning bozor
narxidan kam bo`lmasligi lozim.
Patent egasi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma bilan
muhofaza qilinadigan sanoat mulki ob’yektidan foydalanib huquqini
har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga berishi mumkin.
Sanoat mulki ob’yektiga oid patent, dastlabki patent yoki
guvohnoma, shuningdek, uni olish huquqi meros bo`yicha o`tadi.