Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Intellektual mulk davlat fondi faoliyati nima?
2. Qanday ob’yektiv iqtisodiy shart-sharoitlar patent huquqi
yuzaga kelishi va rivojlanishiga olib keldi?
3.O`zbekistonning intellektual mulkni muhofazalash sohasidagi
qonuniy bazasi nimadan iborat?
4. Intellektual mulk ob’yektlariga shaxsiy nomulkiy va mutlaq
huquqlar nimadan iborat?
5-MAVZU. KASHFIYOT – TEXNIK MASALALARNI YECHISHNING ILMIY ASOSI SIFATIDA Reja: 1. Kashfiyot tushunchasi. 2. Kashfiyot turlari. 3. Kashfiyot tushunchasining me’yoriy sifatlari. Kashfiyot tushunchasi Ilmiy texnik ijodkorlikni rivojlantirishda fundamental tadqiqotlar
asosiy o`rinni egallaydi. Aynan ular orqali istiqbolli ilmiy yechimlarni
ishlab chiqish uchun asos bo`luvchi ilmiy potensialni yuzaga keltiradi.
Ko`p holatlarda fundamental tadqiqotlar, uning yakuniy natijalari ilmiy
kashfiyot bilan yakunlanadi.
Kashfiyot - tushunchasi ikki xil: huquqiy va ommalashgan
ma’noda ishlatiladi. Ommalashgan tushunchada kashfiyot ilm-fanda
katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadigan ilmiy yangilik sifatida
tushuniladi. «Kashfiyot qilish huquqi» O`zbekiston Respublikasi asosiy
qomusi bo`lgan konstitutsiyada kafolatlangan bo`lib, Nizomga muvofiq
kashfiyot deganda tabiat va jamiyatni ilmiy bilish jarayonida erishilgan
yangi ilmiy yutuq tushuniladi.
Kashfiyot - moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo`lmagan ob’yektiv
mavjud qonuniyatlar, xossalari va hodisalarni aniqlanishi bilan
tavsiflanib, insoniyatning bilish darajasini tubdan o`zgartiruvchi
ta’sirga ega bo`ladi.
Kashfiyot turlari Geografiya, arxeologik, poleontologik va yer qazilma boyliklarini
kashf qilish - ilmiy kashfiyot hisoblanmaydi. Chunki u ijodiy qobiliyat
bilan bog`liq bo`lmay balki ekspeditsion topilma hisoblanadi.
Shuningdek, matematik hamda ijtimoiy fanlar sohasidagi kashfiyotlar