~ 42 ~
foydalanish juda yengil, lekin qo`llanilayotgan ob’yektning mohiyatiga
bog`lanmagan. Ikkinchi guruhga ixtirochilik masalalarini yechish
algoritmi funksional - tannarx tahlili metodlari va boshqalar kiradi. Bu
metodlardan foydalanish juda murakkab, lekin ob’yektning mohiyatini
ochib berishga qaratilgan. Ishlab chiqarish korxonalarning ilmiy
asoslarida ehtiyoj paydo bo`lar ekan, u ko`plab
ilmiy tekshirish
institutlariga nistaban ilm - fanni rivojlantirishga sabab bo`ladi. 1990-
yillarning o`rtalarida atom energetika, raketasozlik, elektron hisoblash,
mashinalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanib ketishi ijodiy mehnatni
ilmiy asosda tashkil qilish yo`llarini qidirish boshlandi. Ular har xil
yo`nalish bo`yicha olib borildi. Shulardan bittasi Amerikalik tadbirkor
va ixtirochi A.Osbodnning taklif etgan «Miya hujumi» metodi edi.
Uning fikricha kimlardir g`oya bera olish imkoniyatiga ega bo`lsa,
kimlardir uni tanqidiy tahlil qila olish imkoniyatiga ega. Ularni ikkita
guruhga yani «Generatorlar» va «Ekspertlar» ajratishni taklif etadi.
«Miya hujumi» metodini qo`llashda quyidagi
tartib qoidalarni ishlab
chiqqan:
1.
«Miya hujumi» metodi yordamida masalalarni yechishda 12-25
nafar odamlar ishtirok etish kerak. Ularni yarmi g`oya beruvchilar,
keyingisi tahlil qiluvchilar. G`oyani generatsiya qiluvchilar guruhiga
kuchli fantaziyaga, abstrakt tafakkurga ega bo`lgan kishilar kiritiladi.
Ekspertlar guruhiga tahliliy va tanqidiy fikrlaydigan
shaxslar tanlab
olinadi. «Miya hujumi» sessiyasiga malakali, tajribali xodim rahbarlik
qiladi.
2.
Generatorlar qo`yilgan masalaning yechimini topish uchun
maksimal sondagi g`oyalarini beradilar. Berilgan g`oyalar bayoni
magnitofonlarga yozib olinadi. Ekspertlar shularni ichidan ma’qulini
tanlab olishadi.
3.
Qo`yilgan masala yechimining og`irligiga qarab «Sessiya» 30-
50 minutgacha davom etishi mumkin.
4.
«Miya hujumi» sessiyasida ishtirok etilayotgan xodimlarning
o`rtasida bir-biriga nisbatan hurmat va erkin munosabatni o`rnatish
zarur.
5.
Agarda sessiya natijasiz tugasa
uning ishtirokchilarini
o`zgartirish zarur. Masalaning qo`yilishini ham qayta ko`rib chiqish
maqsadga muvofiq.