~ 35 ~
Issiqlik va sovuqlik miqdorini o`lchash
uchun ilk termometr
asboblarini 1714-yilda nemis fizigi Gebriel Daniel Farengey o`ylab
topdi. Uning termometri simobli bo`lib, buning uchun muz va tuz
aralashmasining haroratini 0 daraja deb belgiladi.
Aloqa qurilmalari qachon ixtiro qilindi? Simli aloqa.
Morze
kodlari.
Telefon
aloqasi
qachon
paydo
bo`ldi?
XIX asrda aloqa sistemasi va mexanizmlari kashf qilish jarayoni
anchagina qiyinchiliklar va sekinlik bilan davom etdi (1.2-chizma).
Qadimgi davrlarda odamlar bir-biriga
maktubni choparlar yoki
karvonlar yordamida yetkazar edi.
1.2-chizma: Aloqa qurilmasi
Avtomobillar tarixi. Dvigatel qanday ixtiro qilingan ? Ichki yonuv
dvigateli. Avtomobilni kim ixtiro qilgan?
Birinchi yengil dvigatelni
1860-yilda belgiyalik muhandis Etenn Lenuar (1822-1900) ixtiro qildi
(1.3-chizma). Uni ichki yonuv dvigateli deb atashgan. Bu dvigatelning
porsheniga havo va yonuvchi gaz aralashmasi yuboriladi va u qattiq
siqilib yonish natijasida energiya hosil bo`lib
porshenni harakatga
keltiradi. Porshen esa g`ildirakni aylantiradi.
1.3-chizma: Avtomobil
Samolyotlar va uchish apparatlari tarixi. Havo sharlari. Samolyot
qanday yaratilgan? Birinchi bo`lib havoga ko`tarilgan kishilar aka-uka
~ 36 ~
Mongolfe Jozef (1740 -1810) va Jak (1745 -1799) hisoblanadi (1.4-
chizma). Ular issiq havo sovuq havoga nisbatan yengil bo`lishini kashf
etdilar.
Shunday ekan, havo sharini bunday havo bilan to`ldirsa
bo`ladiku? Birinchi bo`lib bu havo sharida sinov uchun xo`roz va
o`rdak osmonga ko`tarilib, atigi 8 minut turishdi.