~ 46 ~
materiallarning tegishli lug`atlardan topish mumkin bo`lgan xossalarini
ham albatta hisobga olish kerak. Masalan, texnik konstruktsiyalash va
modellashtirishda A gruppadagi ST-1 - ST-4 markali va B gruppadagi
BSt1 – BSt-4 markali sifati o`rtacha uglerodli konstruktsion po`latlar
keng qo`llaniladi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish uchun tegishli
materiallar
detallarning
hamda
yig`ish
birikmalariningishlash
sharoitlari, ana shu detallar va yig`ish birikmalarigata`sir etadigan
kuchlarning xarakterini nazarda tutgan holda tanlanadi. Bunda
materialning tegishli spravochniklaridantopish mumkin bo`lgan
xossalarini ham albatta hisobga olish kerak.
Masalan: texnik konstruksiyalash va modellashtirishda 4
gruppadagi ST-1-ST-4 markali va B gruppadagi BSt1-BSt-4 markali
sifati o`rtacha uglerodli kontruktsion po`latlar keng qo`llaniladi, chunki
u oson ishlanadi, dastlabki berilgan shaklni uzoq vaqt saqlaydi va ancha
mustahkam bo`ladi. Kemalar va samolyotlarning modellarini katta
kuch tushmaydigan detallarni lipa terak va tog`terak yogochlaridan
tayyorlash mumkin. Bundan tashqari aviamodelchilik va kema
modelchiligida
qarag`ay
va
bambuk
ishlatiladi.
Texnik
konstruksiyalash va modellashtirishda faner hamda yog`och plitalarini
qo`llash
keng tus olgan, texnik konstruksiyalash va modellashtirish
ishida modelning korpuslarini aviamodellarning elementlari va h.k.
larni tayyorlash uchun yozuv, chizma qog`ozlaridan hamda
kartonlardan foydalaniladi.
Texnik
konstruksiyalash
va
modellashtirishda
o`zining
mustahkamligi va xossalari bilan konstruktsion po`latlardan
qolishmaydiganhar xil plastmassalar ham keng qo`llaniladi. Texnik
konstruksiyalash va modellashtirishda ps-1, ps-4. Pxv-1
ff markalari
bilan rangli plitalar ko`rinishida tayyorlanadigan penoplast ham keng
o`rin olgan. Uni samolyotning fyuzelleji stabilizatori, kemalar korpusi
va h.k. larni tayyorlashda ishlatiladi. Penoplastdan yasalgan detallarni
BF-2,BF-4 yelimlari bilan, FF markali penoplastni esa 88-nomerli
yelim bilan yopishtirish mumkin. Yuqorida aytilgan materiallardan
tashqari tekstolit, viniplast, polistirolva h.k.lar ishlatiladi.
Sintetik
yelimlarni ishlatishda ehtiyoj choralariga jiddiy rioya qilish kerak.
Modellarning tozaligini, zanglash va chirishga chidamligini oshirish,
tashqi ko`rinishni yaxshilash uchun ularga diqqat bilan ishlov beriladi.
Bunda loklar, bo`yoqlar va boshqa materiallar bilan pardozlash keng
tus olgan, chunki bular metal va yog’och yuzalaridagi yoriqlarni
berkitib, ularni chiroyli rangdor va yaltiroq qiladi. Yog`och buyumlar
~ 47 ~
sirtini pardozlash 2 xil bo`ladi. 1-buyumlar sirtini yog`och teksturasini
yopmay
aksincha, yanada yaqqolroq ko`rsatadigan 4s, 5, 7 markali
loklar NTS-221, NTS-241 markali nitrologmer bilan bo`yashga doir
barcha pardozlash ishlari kiradi. Pardozlash modellar yasashdagi oxirgi
bosqich bo`lib, o`quvchi yoshlarni estetik tarbiyalaydi. Yumshoq
yogochdan tayyorlangan buyumlar sirtini yaltirab pardozlash uchun
avval uni mayda jilvir bilan ishqalanadi. Bunda taxtachalardan
foydalanish zarur. Bular buyum sirtining silliq va tekis bo`lishiga
yordam beradi.
Qattiq yog`och buyumlar sirtini esa avval jilvirlanadi, ya`ni po`lat
plastinadan iborat asbob bilan qiriladi, ishqalab tekislashda brusokchani
turli yo`nalishda yurgiziladi. Texnik modelni sirtiga lok yoki politura
surtish mo`ljallansa-yu uning sirtiga yoriqlar g`adir-budur joylar bo`lsa,
avval shipaklyovkalanadi. Zarang, yong`oq, qayin,
lipa va boshqa
qattiq daraxtlar yog`ochidan tayyorlangan buyumlar poliropka qilinadi.
Yumshoq daraxtlar yog`ochlari yaxshi polirovkalanmaydi, shuning
uchun ularni moyli bo`yoqlar bilan bo`yash maqsadga muvofiq.
Modellar sirtini moyli bo`yoqlar bilan bo`yash bo`yoqchilik
pardozi hisoblanadi. Moyli bo`yoqlar kukunsimon tabiiy va sun`iy
bo’yovchi modalarni alifda erib tayyorlanadi. Bo`yalgan yuzalar tezroq
qurishi uchun suyuq metall pigmentlaridan tayyorlangan bo`yoqlar
bilan ham bo`yash mumkin. Buning uchun suyuq emalga ozgina bronza
solib, yaxshi aralashtiriladi va uni model sirtiga kichkina qiyali cho`tka
yordamida surtiladi. Polirovkalashda model sirtidagi g`adir-budirlar
asboblar bilan ishlashda hosil bo`lgan izlar yo`qoladi. Unda mayda
elektrokorundli jilvirdan mashina moyi surtib foydalaniladi,
shuningdek, turli silliqlovchi pastalar va h.k.larni
ham ishlatish
mumkin.
Texnik konstruktsiyalash va modellashtirishda metallardan
tashqari metallmas materiallar ishlatiladi. Modellar va texnik
qurilmalarni yasashda ana shunday materiallardan yog`och, qog`oz,
plastmassalar keng qo`llaniladi. Modellarning tozaligini, zanglash,
chirishga chidamliligini oshirish, tashqi ko`rinishini yaxshilash uchun
ularga diqqat bilan ishlov beriladi. Bunda loklar, bo’yoqlar va boshqa
materiallar bilan
pardozlash keng tus olgan; chunki bular metall va
yog`och yuzalaridan yoriqlarni, chuqurchalarni yaxshi berkitib, ularni
chiroyli, rangdor va yaltiroq qiladi.