|
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash h. O. Uzoqov, H. O. Jo’rayev, sh. H. Quliyeva, A. R. Jo’rayev, M. N. Karimova, D. P. NazarovaBog'liq 13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3Texnik loyihalash jarayoni
Zamonaviy mashinalarni ishlab chiqish - murakkab va uzoq
muddat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. U o`z tarkibiga muhandislik
bashoratlari, loyihalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni o`zlashtirish
bosqichlarini qamrab oladi.
Dastlabki bosqich - muhandislik bashoratini qurish ikki
yo`nalishda amalga oshiriladi: mavjud bazis ob’yektidan kelajak tomon
bashorat qilish hamda kelajakda erishilishi talab qilinadigan maqsaddan
muammoning bugungi kundagi holatiga tomon.
Loyihalash buyumning umumiy konstruktsiyasini ishlab chiqishni
ko`zda tutadi. Loyihalashda dastlabki bosqichida erishilishi lozim
bo`lgan yoki qondiriladigan maqsad belgilab olinadi. So`ngra
maqsadga erishish uchun aniq vazifalar shakllantiriladi. Vazifalarni
belgilashda mavjud imkoniyatlar va sharoitdan kelib chiqiladi.
Loyihalashning keyingi bosqichi g`oyani shakllantirish deb nomlanib,
u loyihalashning asosini tashkil etadi. Ko`pchilik holatlarda uni amalga
oshirish uchun mavjud uslubni yangi sharoitlarda qo`llash
yo`nalishidan foydalaniladi. Keyingi bosqichda muhandislik tahlili
amalga oshiriladi. Bunda model ko`rsatgichlari aniqlashtiriladi, zarur
holatlarda haqiqiy buyumga yaqin ko`rsatgichlarga ega bo`lgan model
yaratiladi. Shu asosda buyumni ishlab chiqishning texnik vazifasi
shakllantiriladi.
Texnik vazifa konstruktorning loyihani ishlab chiqishidagi
dastlabki asoslovchi hujjat hisoblanadi. U quyidagi masalalarni yoritib
berishi lozim: mashinaning yaratilish maqsadi; uning parametrlari; ish
tartibi va ish sharoitlari; tajriba-sinov ishlari to`g`risidagi ma’lumotlar;
mashinaning prinsipial tuzilishi va uning harakatlanish mezonlari;
avtomatlashganlik va mexanizatsiyalashtirilganlik darajasi; ishlatilish
sharoitlari; loyihani bajarish muddati; ishlab chiqarishning seriyaliligi;
uni tayyorlovchi korxona to`g`risidagi ma’lumotlar; mashina va
loyihaga qo`yilgan texnik talablar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash h. O. Uzoqov, H. O. Jo’rayev, sh. H. Quliyeva, A. R. Jo’rayev, M. N. Karimova, D. P. Nazarova
|