~ 40 ~
RIVOJLANTIRISH METODLARI
Reja:
1.
Texnik ijodkorlikda ishlatiladigan metodlar.
2.
«Amal va xato» metodlari
3.
«Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari.
4.
«Aqliy hujum» metodi
5.
Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari
Texnik ijodkorlikda
ishlatiladigan metodlar, texnik ijodkorlikda
ishlatiladigan metodlarning afzalligi va kamchiliklari,
ijodkorlik
faoliyatining
roli.
Ixtirochilikda
kuzatuvchanlik,
intuitsiya,
intellektning ahamiyati. Ijodiy masalalar yechishning adekvat
metodlari: sinektika, nazariy va morfologik tahlil metodlari, funksional
tannarx metodi.
Ixtirochilarning shaxsiy-psixologik xislatlari: ijtimoiy
xislatlar, tajriba-xislatlar turkumi, aqliy xislatlar turkumi, irsiy xislatlar
turkumi.
Texnik ijodkorlikda ishlatiladigan metodlar
Birinchi texnik qurilmalar va sodda mexanizmlar paydo bo`lishi
bilan insoniyat o`z oldiga har xil qiyinchilikda va ahamiyatga ega
bo`lgan texnik vazifalarni yechishga harakat qiladi. Insoniyat o`sib
kelayotgan ehtiyojini qoniqtirish va
mehnatini yengillashtirish
maqsadida yangi texnikani va mashinalarni yaratishga, uning ish
unumdorligini oshirishga va foydali ish koeffitsientini ko`paytirishga
harakat qiladi. Ko`p vaqtlar ijod bilan faqat
qobiliyatli odamlargina
shug`ullanadi deb tushunishgan. Ilm, fan va texnikaning o`sib borishi
shuni ko`rsatadiki, ko`p sonli maxsus tayyorgarlikdan o`tgan
odamlarning tayyorgarligi tufayligina ilmiy-texnik taraqqiyotining
rivojlanishini ta’minlay oladi.
Sanoat ishlab chiqarishida yuzaga kelgan ehtiyoj texnika
taraqqiyotini jadallashtirishga xizmat qiluvchi
muhim omillardan biri
hisoblanadi. Bu fikrni aynan texnika ijodkorligiga nisbatan ham
qo`llash mumkin.
Asrimizning 40-yillarida texnik yechimlarni tadqiq qilishning faol
uslublariga ehtiyoj kuchayadi. Bu boradagi metodlarning yetishmasligi
atom
energetikasi, raketasozlik, elektron - hisoblash mashinalarini
takomillashtirish ishlarining rivojiga salbiy ta’sir ko`rsatmoqda edi. Bu
davrda turli yo`nalishlarda izlanishlar olib borilishi natijasida quyidagi
holatlar aniqlandi:
~ 41 ~
- birinchidan, murakkab masalalarni hatto daho insonlar ham yakka
o`zlari
yecha olmasligi, ijod qilishning jamoa usuliga zarurati
asoslandi;
- ikkinchidan, texnik yechimlarni
ishlab chiqishga ajratilgan
vaqtning qisqaligini e’tiborga olib ilmiy izlanishlar uzluksiz ravishda
yangi g`oyalarning ishlab chiqilishi bilan birgalikda olib borilishi
lozim;
- uchinchidan, mavjud bo`lgan ko`plab g`oyalar orasidan asosli va
samarali bo`lganlarini ajratib olish yo`llarini belgilash.