Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/79
Sana06.06.2024
Hajmi5,18 Mb.
#260704
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   79
Bog'liq
13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3

Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari 
Bilimlarni to`g`ri idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va 
amalda ijodiy qo`llashlari, zarur ko`nikma va malakalarni egallashlari 
uchun didaktika printsiplari va o`rganiladigan materialning xarakteriga 
muvofiq mehnat ta’limining eng samarali metodlaridan foydalanishi 
kerak. Ma’lumki ta’lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. 
Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik ijodkorligi 
amaliyoti uchun eng ma’quli o`zaro bog`liq ikkita jarayon - 
pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy 
faoliyati yaqqol namoyon bo`ladigan - pedagog va talabalar ishining 
usullari bo`yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir. Bu 
klassifikatsiya talabalarning mehnatga tayyorlanishi va unumli 
mehnatda asosiy o`rinni egallaydi. 
Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida 
quyidagilar qabul qilinishi mumkin: 
1. 
Muammoli ta’lim metodlari - o`quv materialini muammoli 
bayon etish, izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi; 


~ 50 ~ 
2. 
Og`zaki metodlar - ijodiy suhbat; 
3. 
Ko`rsatmalilik metodlari - ratsionalizatorlik faoliyatini kuzatish, 
turli ijodiy ishlarni namoyish qilish; 
4. 
Amaliy ish metodlari - talabalarning mustaqil ijodiy ishlari, 
texnik adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash
5. 
Nazorat qilish metodlari - ijodiy topshiriqlarni tekshirish, texnik 
masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish. 
Bunda pedagogning vazifasi har bir amaliy mashg`ulotda texnik 
ijodkorlikning turli metodlarini uyg`unlashtirib, talabalar o`quv 
materialini chuqur o`zlashtirishini ta’minlashdan iboratdir. 
Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o`quv 
materialining mazmuniga va mashg`ulotda hal qilinadigan didaktik 
hamda tarbiyaviy vazifalarga qarab har xil yo`sinda qo`shib va o`zaro 
bog`lab qo`llaniladi. 
O`quvchilarni ijodiy faoliyati jalb etish bo`yicha asosiy psixologik-
pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning 
mazmuniga qo`yilgan maqsadga va o`quvchilarning yoshiga muvofiq 
metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega. 
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar 
kiradi: buyumlarni konstruktsiyalash (modellashtirish), manipulyativ 
konstrukstiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni 
qo`llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, 
ilgari tayyorlangan konstruktsiyalarni o`zlashtirib, ishlarni qayta 
bajarish, xayoliy eksperiment, texnik vositalardan (shu jumladan 
trenajyorlar) foydalanib kamchiliklarni tuzatish kabilar. Ana shu 
metodlardan muayyan tartibda foydalanish o`quvchilarning ijodiy 
qobiliyatlarini o`stirish ularda texnik sohasidagi mehnatga qiziqish 
uyg`otish imkonini beradi. 

Download 5,18 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   79




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari

Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish