• Loyihalash ishlarining xususiyatlari
  • Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash h. O. Uzoqov, H. O. Jo’rayev, sh. H. Quliyeva, A. R. Jo’rayev, M. N. Karimova, D. P. Nazarova




    Download 5,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/79
    Sana06.06.2024
    Hajmi5,18 Mb.
    #260704
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79
    Bog'liq
    13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3

    11-MAVZU. TEXNIK 
    OB’YEKTLARINIKONSTRUKTSIYALASH VA 
    MODELLASHTIRISH 
    Reja:
    1.
     
    Loyihalash ishlarining xususiyatlari.
    2.
     
    Model va modellashtirish. 
    3.
     
    Texnik modellar klassifikatsiyasi. 
    Loyihalash ishlarining xususiyatlari
    Har bir mashinasozlik zavodida bosh konstruktor bo`limi bo`ladi. 
    Ishlab chiqariladigan buyumlarning turiga ko`ra asosiy va 
    ixtisoslashtirilgan 
    konstruktorlik 
    buyumlardan 
    tashkil 
    topadi. 
    Konstruktorlik tashkilotlari shug`ullanadigan loyihalash ob’yektiga 
    loyiha topshirig`ini tuzishdan ob’yektni yasash uchun ishchi 
    chizmalarni tayyorlashgacha bo`lgan ishlar majmuidan iborat bo`lib, 
    juda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. 
    Konstruktorlik hujjatlarga grafika va matn shaklidagi hujjatlar kiradi. 
    Ular alohida holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini 
    belgilaydi. Uni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat, qabul 
    ekspluatatsiya va remont qilish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo`ladi. 
    Biron loyihachi loyiha ishlarining barcha sohalarini to`liq bilmaydi, 


    ~ 52 ~ 
    shuning uchun ham loyihalashtirish mavzu yig`ishva tahlil qilishdan 
    boshlanadi. 
    Ishlarning tayyorgarlik bosqichini ikki tarkibiy qismga bo`lib chiqsa 
    bo`ladi: loyihalashtirishga oid dastlabki topshiriqni o`rganib chiqish va loyiha 
    mavzusi bilan batafsil tanishib chiqadi. Bu o`rganish quyidagilarni ko`zda 
    tutadi: belgilangan shartlar asosida maqsad va vazifalarni aniqlash; bo`lajak 
    mahsulot (yoki muhit) o`lchamlarini ularning asosiy tafsilotlarini 
    o`zlashtirish; muhim xizmatga oidlik aloqalarini ochib tashlash; maxsus 
    adabiyotlarni ko`rib chiqish, o`rganish; loyiha tarkibi bilan tanishish; nazorat 
    ishining muddatlari; loyihani topshirishning eng oxirgi vaqtini aniqlash. Ish, 
    harakat (ishlab turish) tahlili birinchi darajali ahamiyatga ega, buyum qanday 
    harakat qilayapti yoki harakat qilishi kerakligini, uning xususiyatlarini 
    ulardan foydalanish tajribasini va qaysi amaliy vazifalarini hal qilishi 
    kerakligini ko`rsatish kerak. 
    Ergonomik tadqiqot mana shu vaziyatga muvofiq mahsulot ishlab 
    chiqarilishiga sarflanadigan optimal, eng qulay va rejali quvvatni barpo etish 
    uchun zarur asoslarni topa bilishi kerak, (uy jihozi, idish tovoq, boshqaruv 
    pultlari, dastgohlar). Optimal, ergonomik sharoitlar, ma’lum ruhshunoslik 
    muhit insonning samarali mehnati uchun so`zsiz talablar bo`lib hisoblanadi. 
    Mumkin bo`lgan turli holatlarda loyihani o`rganish loyihalashtirishning 
    birinchi qadamlaridan boshlab, tajriba va ilg`or texnologiyani hisobga olgan 
    holda, shu sharoitda aql-idrokka asoslangan yo`ldan borish uchun dastlabki 
    shart- sharoitlarni yaratib beradi. 
    Haqiqiy, mavjud mavzuni o`rganish o`z xususiyatlariga ega. Bu yerda 
    mahsulotni mufassal o`rganish kerak, uning o`rniga mahsulotga mahliyo 
    bo`lib qolish bilan chegaralanish xavfi bor. Estetik jihatdan (g`ayri ixtiyoriy) 
    qabul qilish tahliliy (analitik) qabul qilish bilan, albatta, birga borishi kerak. 
    Bu ma’noda rasm chizish foydalidir. U, fotoapparatda suratga olishga 
    qaraganda, buyumlarning tashqi qiyofasini faolroq qabul qilib olishga majbur 
    etadi. Aniq bo`linishlarga ega jadvalni yonma-yon qo`yib, mahsulot 
    o`lchamini qayd etish juda muhimdir. Buning uchun aniq bo`linishlar bilan 
    imkoniyat mavjud bo`lishi kerak. Agar imkoniyat mavjud bo`lsa, mahsulotni 
    o`lchab uning rangini aynan tiklash ma’qulroqdir. 
    (Analog) o`xshash, o`xshashlik yoki (prototip) timsolni badiiy 
    loyihalovchi nuqtai nazaridan tahlil amalga oshirilsa, loyihalashtirish ham 
    timsol asosida olib boriladi. Bu yerda hunarmandchilik ishlab chiqarilishi 
    davridagidek, buyumning o`zi axborotning asosiy manbaidir. 
    Ayniqsa, ro`zg`or anjomlarining eskirib qolish jarayoni yaqqol ko`zga 
    tashlanadi (idish – tovoq, oshxona uskunalari, ro`zg`or elektr asboblari). Vaqt 
    -vaqti bilan o`tirg`ichlar, ko`rgazmali taxtalar, qutilar, do`konchalarni 


    ~ 53 ~ 
    yangilab turish kerak. 
    Timsol tahlili nuqtai nazaridan har xil hodisalarni o`z ichiga olishi va 
    buyumni estetik tomonidan ham, manfaatdorlik tomonidan ham baholash 
    imkonini beradigan aniq uslubiga asoslangan bo`lishi kerak. 
    Bu shakl ko`z bilan qilingan tahlili, loyihaning ishga oidlik tahlili, 
    foydalanilayotgan matolarning qabul qilingan ishlov berish usullari iqtisodiy 
    ko`rsatchiklari tahlili, shuningdek, undan foydalanish masalalarining ham 
    tahlilidir. 
    Ishga oid tahlili bir tomonlama, allaqachon mavjud bo`lgan tajribaga 
    mahsulot iste’molchilari tomonidan baholanishiga tayanadi, ammo bu 
    tahlilda asosiy narsa loyihalashtiruvchini zarur paytda mutaxassislarni o`zi 
    topib mahsulotni chuqur tekshirishi bo`lib hisoblanadi. 
    Ishga oidlik tahlili odatda bitta emas, balki bir nechta aniq xizmatlarini 
    o`z ichiga oladi. Ular asosiy va ikkinchi darajali ko`pincha bir-biriga qarama-
    qarshi va loyihalashtiruvchini murosa yo`lini topishga majbur etuvchi bo`lishi 
    mumkin. Bunday qarama-qarshilik oshxonaga oid idish tovoqlarni 
    loyihalashtirganda uchrab turadi. 
    Masalan, tovani qo`lda ishonch bilan ko`tarib turish uchun uning 
    dastagida tishlari yoki yengil bir boshqa turma naqshi bo`lishi kerak, ammo 
    bu tozalik talablariga to`g`ri kelmaydi, chunki bunday tovani tozolash qiyin. 
    Dastak tovaga mahkam ulangan bo`lsa yaxshi, ammo unday buyumni 
    javonda saqlash qiyin, chunki ko`p joyni egallaydi. 
    Loyihachi ko`p hollarda mashina harakatini kuzatishi ham mumkin. Bu 
    yerda mashinani boshqarayotgan ishchi, haydovchi, mashinist bilan 
    muomalada bo`lishi katta rol o`ynaydi. Ular mashinaning sifati, darajasi, 
    foydalanish xususiyatlari, nuqsonlari haqida muhim va ishonchli ma’lumot 
    berishlari mumkin. 

    Download 5,18 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79




    Download 5,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash h. O. Uzoqov, H. O. Jo’rayev, sh. H. Quliyeva, A. R. Jo’rayev, M. N. Karimova, D. P. Nazarova

    Download 5,18 Mb.
    Pdf ko'rish