Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1.
Kashfiyot tushunchasi deganda nimani tushunasiz?
2.
Kashfiyot turlarini tushuntiring?
3.Kashfiyot tushunchasining me’yoriy sifatlarini tushuntiring ?
4.
Kashfiyotning yangiligini asoslash.
5.
Kashfiyotni ishonchligini tushuntiring.
6-MAVZU.IXTIROCHILIK VA RATSIONALIZATORLIK FAOLIYATI Reja: 1. Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi 2. Kashfiyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri 3.
Kashfiyot nima? Ixtiro nima? Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi Ixtiro - bu xalq xo`jaligini barcha tarmoqlarida texnik yechimlari
bilan ijobiy natijaga ega bo`lgan yangilik hisoblanadi. Kashfiyot -
ob’yektiv borliqni xossalari, hodisa va qonuniy bog`liqliklar
aniqlanadi, ixtiro bu oldin bo`lmagan texnik vazifalarni yechishga
qaratilgan. Kashfiyot va ixtiro o`rtasida dialektik o`zaro bog`liqlik bor.
Ko`p hollarda ixtiro kashfiyot natijasida olingan ilmiy bilimlarni
rivojlantiradi. Masalan: N.G.Basov, A.M.Proxorov va Tomsonlarning
kvant jarayonining qo`llashga asoslangan elektromagnit to`lqinlarni
ko`paytirish bo`yicha qilgan kashfiyotlari xalq xo`jaligida amaliy
ahamiyatga ega bo`lgan ko`p ixtirolarni yaratishga sabab bo`ladi.
Ilmiy-texnik
hamda
pedagogik-psixologik
adabiyotlarda
ixtirochilik hamda ixtirochilik ijodkorligiga ko`plab ta’riflar keltirilgan.
Jumladan, I.I.Kichkin ixtirochilikni ilmiy g`oyalarining texnik
yechimlarga ijodiy tatbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlarini
belgilovchi asosiy ko`rsatgich, yangi texnika va texnologiyalar
yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik darajasini
ta’minlovchi omil deb hisoblaydi. M.A.Vachevskiy “ixtiro qilish” -
qo`yilgan masalani yechish uchun eskilaridan tubdan farq qiluvchi,
odatdagi mantiqiy fikrlash yo`li bilan yetishib bo`lmaydigan yangi
samarali texnik yechimni taklif qilish” deb ta’riflaydi. Bizning
fikrimizcha ixtirochilikni tegishli idoralar tomonidan patentlar bilan
tasdiqlanadigan yangi texnik yechimni ishlab chiqishga yo`naltirilgan
~ 33 ~
ijodiy faoliyat turi, ixtirochilik ijodkorligini esa bu jarayonning
shaxsdagi zehnlilik, topqirlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabi
ijodkorlik sifatlari bilan bog`liq umumiy tavsifi deyish mumkin.