~ 24 ~
mezonlariga mos bo`lsa, u tegishlicha ixtiro, foydali model,
sanoat
namunasi deb tan olinadi. Qonunga muvofiq, ko`rsatilgan ob’yektlar
uchun quyidagi mezonlar belgilangan:
•
ixtirolar uchun - uning yangiligi, ixtiro darajasi va sanoatda
qo`llanilishi;
•
foydali model uchun - uning yangiligi va sanoatda qo`llanilishi;
•
sanoat namunasi uchun
-
uning yangiligi, o`ziga xosligi va
sanoatda qo`llanilishi.
Patent ekspertizasi o`tkazish vaqtida foydalaniladigan eng muhim
tushuncha
texnika darajasi
tushunchasidir. Texnika darajasi o`z ichiga
ixtironing ustuvorlik sanasigacha jahonda barcha uchun ma’lum
bo`lgan va barcha foydalanadigan ma’lumotlarni oladi.
Dastlabki ekspertizaning mohiyat jihatidan ekspertizadan farqi,
eng avvalo shundaki, dastlabki ekspertiza vaqtida talabnoma berilgan
ob’yektning (ixtiro, foydali model) mahalliy
yangilik talablariga
muvofiqligi tekshiriladi, ya’ni
patent ekspertlari
faqat O`zbekistondagi
mavjud patent hujjatlarini tekshiradilar, mohiyat jihatidan ekspertizada
esa ob’yektning jahon texnika darajasiga muvofiqligi tekshiriladi.
Dastlabki ekspertiza va mohiyat jihatidan ekspertiza o`tkazishning
belgilangan me’yoriy muddatlari tegishlicha 3oy va 2 yilni tashkil etadi.
Talabnoma
beruvchilar
uchun
bu
jarayonlarni
tezlashtirish,
“tezlashtirilgan ekspertiza” o`tkazish mumkin, buning uchun
belgilangan patent bojlarini to`lash zarur.
Tovar belgisini berish to`g`risidagi talabnomalar bo`yicha
ekspertiza tovar belgisini
dastlabki ekspertiza
va
talabnomada
ifodalangan belgini ekspertizadan
o`tkazishdan iborat. Dastlabki
ekspertiza talabnoma Patent idorasiga kelib
tushgan sanadan boshlab
bir oylik muddat ichida, ifodalangan belgini ekspertiza esa dastlabki
ekspertiza tugallangandan so`ng talabnoma Patent idorasiga kelib
tushgan sanadan boshlab o`n ikki oy mobaynida o`tkaziladi, bunda
belgining tovar belgilarini ro`yxatga olish shartlariga muvofiqligi
tekshiriladi.
Sanoat mulki ob’yektlarini ekspertizadan o`tkazish jarayonida
ekspertlar talabnoma beruvchidan yetishmagan,
talabnomaga aniqlik
kirituvchi materiallarni so`rab olish va boshqa masalalarda murojaat
qilish huquqiga egadirlar.
Patent idorasi o`tkazilgan davlat ekspertizasi natijalari bo`yicha
muhofaza hujjatlari - patent, dastlabki patent, guvohnoma berish
to`g`risida qaror qabul qiladi yoki bunday hujjatlarni berishni rad qiladi.
~ 25 ~
Agar ijobiy qaror qabul qilinsa, Patent idorasi tegishli sanoat mulki
ob’yektini Davlat reyestrida Davlat ro`yxatiga oladi va “Rasmiy
axborotnoma” byulletenida patentlangan ob’yekt to`g`risidagi
ma’lumotlarni chop etadi.
Patent idorasi ma’lumotlar rasmiy ravishda chop etilgandan so`ng
uch oy o`tgach patent egasiga (yoki tovar belgisi egasiga) muhofaza
hujjati, tegishlicha patent, dastlabki patent yoki guvohnoma beradi.
Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma O`zbekiston Respublikasi
nomidan beriladi va Patent idorasi rahbari tomonidan imzolanadi.
Shuni qayd etib o`tish kerakki, hamma vaqt bitta ob’yektga faqat bitta
muhofaza hujjati (patent, dastlabki patent yoki guvohnoma) beriladi.
Agar patentning egasi bir nechta bo`lsa (masalan, ikki firma yoki ikki
hammuallif) ular bitta patent oladilar.
Bunda yuzaga kelishi mumkin
bo`lgan nizoli masalalarni, masalan, hujjatning asli va nusxalari kimda
bo`lishini o`zaro kelishib oladilar, yoki ular asl nusxani navbati bilan
o`zlarida saqlashlari mumkin va hokazo.
Qayd etib o`tamizki, keyinchalik patent egasi patent yoki dastlabki
patentni kuchda saqlab turish uchun muntazam ravishda boj to`lab
turishlari shart, boj to`lamaslik muhofaza hujjatining amal qilishi
to`xtashiga olib kelishi mumkin. Patent, dastlabki patent quyidagi
hollarda ham amal qilishdan to`xtatilishi mumkin:
•
patentning amal qilish muddati tugagach;
•
patent, dastlabki patent yoki tovar belgisining haqiqiy emasligi
uchinchi tomonning da’vo arizasi bilan sud orqali tasdiqlanganda;
•
patent egasining Patent idorasiga bergan arizasi asosida.
Agar patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilishi
muddatidan ilgari to`xtatilsa, bu haqdagi ma’lumot Patent idorasining
“Rasmiy axborotnoma” byulletenida chop etiladi.
Sanoat mulki ob’yektlarini patentlash bo`yicha yuqorida qayd etib
o`tilgan talabnoma hujjatlarini
rasmiylashtirish, ekspertiza o`tkazish,
Patent idorasi bilan ish yuritish juda murakkab jarayondir.
Shuning
uchun qonunchilikda fuqaro va yuridik shaxslarning o`z manfaatlarini
himoya qilishda maxsus shaxslar patent bo`yicha ishonchli vakillar
xizmatiga murojaat qilishlari mumkinligi ko`zda tutilgan.
Intellektual mulk huquqi sohasida tegishli malakaga ega bo`lgan,
attestatsiyadan o`tgan va Patent bo`yicha ishonchli vakillar Davlat
reyestrida ro`yxatga olingan shaxslar patent bo`yicha ishonchli vakil
deb ataladi. Patent bo`yicha ishonchli vakillar ishonchnoma bo`yicha
o`z mijozlarining manfaatlarini Patent idorasi yoki sudda himoya qilish
huquqiga egadir.
~ 26 ~
O`zbekiston qonunchiligi bo`yicha xorij fuqarolari va yuridik
shaxslari Patent idorasiga bevosita talabnoma berish huquqiga ega
emas. Ular patent olish va uni kuchda saqlab turish ishlarini
O`zbekistonning patent bo`yicha ishonchli vakillari orqali yuritishlari
mumkin. Bu talablar (deyarli barcha xorij mamlakatlari qonunchiligida
shu kabi me’yorlar mavjud) turli mamlakatlarning qonunchiligi
talabnomalarni rasmiylashtirish, ularni ko`rib chiqish masalalari
bo`yicha bir-biridan keskin farq qilishi bilan bog`liq, bu yerda, albatta,
tillardagi farq katta rol o`ynaydi. Shuning uchun xorijiy talabnoma
beruvchilardan milliy qonunchilik talablariga muvofiq tayyorlanmagan
talabnomalarni qabul qilish ularni ekspertizadan o`tkazishni ancha
qiyinlashtiradi. Bu oqibatda rasmiy mezonlar bo`yicha patent berishni
rad qilishga olib keladi, bu esa, o`z navbatida, talabnoma
beruvchilarning o`zlari uchun ham,
Patent idorasi uchun ham
foydasizdir.