• Sanoat mulki ob’yektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar




    Download 5,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/79
    Sana06.06.2024
    Hajmi5,18 Mb.
    #260704
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
    Bog'liq
    13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
    1.
    Ilmiy jodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurnng 
    ahamiyati nima? 
    2.
    Texnik ijodkorlik faolyatining bosqichlari ayting? 
    3.
    O’quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari? 
     
     
     
    3-MAVZU.RESPUBLIKADA TEXNIK IJODKORLIKNING 
    TASHKILIY ASOSLARI 
    1.
     
    O`zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi. 
    2.
     
    Sanoat mulki ob’yektlarini huquqiy jihatdan muhofaza 
    qilish. 
    3.
     
    Sanoat mulki sub’yektining muallifi O’zbekiston 
    Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi. 
     
    O`zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi 
    O`zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi «Ixtirolar, 
    foydali modellar va sanoat namunalari to`g`risida»gi Qonunga muvofiq 
    sanoat mulki ob’yektlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat 
    siyosatini amalga oshiradi. 
    Patent idorasi sanoat mulk ob’yektlarga talabnomalarini ko`rib 
    chiqish uchun qabul qiladi, ular bo`yicha davlat ilmiy texnik 
    ekspertizasini o`tkazadi, ularni davlat ro`yxatiga oladi, ushbu 
    Qonunning qo`llanishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab 
    chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent 
    idorasi to`g`risidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi. 
    Patent idorasining faoliyatini mablag` bilan ta’minlashning manbai 
    Davlat byudjeti mablag`idan patent bojlaridan, shuningdek, Patent 
    idorasi tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar 
    uchun olinadigan haqdan iboratdir. 
    Sanoat mulki ob’yektlarini huquqiy 
    jihatdan muhofaza qilish 


    ~ 16 ~ 
    Sanoat mulki ob’yektiga bo`lgan huquq muallifga (mualliflar) yoki 
    uning (ularning) huquqiy vorisiga (vorislarga) tegishli bo`ladi hamda 
    ixtiro yoki sanoat namunasi patenti, dastlabki patenti va foydali model 
    guvohnomasi (patent, dastlabki patent, guvohnoma deb yuritiladi) bilan 
    tasdiqlanadi. 
    Basharti, bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat 
    mulki ob’yektini yaratgan bo`lsa, patent, dastlabki patent yoki 
    guvohnomaga bo`lgan huquq Patent idorasiga birinchi bo`lib 
    talabnoma topshirgan shaxsga beriladi. 
    Ob’yekt muallifi, basharti o`zining ob’yektiga nisbatan 
    g`ayrihuquqiy 
    ravishdagi 
    o`zlashtirish 
    natijasida 
    talabnoma 
    topshirilgan, yoxud patent, dastlabki patent yoki guvohnoma olingan 
    bo`lsa sud tartibida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma berilishiga 
    norozilik bildirish yoki patent egasi yohud uning huquqiy egasi (matnda 
    bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent, dastlabki 
    patent yoki guvohnoma o`ziga berilishini talab qilish huquqiga egadir. 
    Dastlabki 
    patent 
    va 
    guvohnoma 
    dastlabki 
    ekspertiza 
    o`tkazilganidan keyin, patent esa, ob’yekt mohiyatan ekspertizadan 
    o`tkazilgandan so`ng beriladi. 
    Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, 
    patentining haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni 
    tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. 
    Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o`ziga 
    xosligini, patentining haqiqiyligini va patent egasining sanoat 
    namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir 
    mutlaq huquqini tasdiqlaydi. 
    Patentning huquqiy muhofazasi butunlay yoki qisman haqiqiy 
    emasligini isbotlash vazifasi haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan tomon 
    zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi. 
    Dastlabki patent va guvohnoma patent egasining sanoat mulki 
    ob’yektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir 
    mutlaq huquqini tasdiqlaydi. 
    Patent egasining mutlaq huquqi patent, dastlabki patent yoki 
    guvohnoma haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy 
    axborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda deb 
    hisoblanadi. 
    Ustuvorlik (prioritet) sanasidan boshlab «Ixtirolar, foydali 
    modellar va sanoat namunalari to`g`risida» qonun qoidalariga muvofiq 
    belgilanadigan boshqa sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiro patenti 


    ~ 17 ~ 
    yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti esa o`n yil mobaynida 
    amal qiladi. 
    Dastlabki patent va guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab 
    hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi. 
    Sanoat namunasi patenti va foydali model guvohnomasining amal 
    qilish muddati patent egasining iltimosiga ko`ra, Patent idorasi 
    tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin. 
    Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’yekti 
    patenti dastlabki patent egasining iltimosnomasiga ko`ra, ob’yekt 
    mohiyatan ekspertizadan o`tkazilgadan so`ng berilishi mumkin. 
    Ixtiro patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi 
    bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi 
    bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan 
    ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi esa buyum (maket, 
    rasm)ning fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki 
    ularning kombinatsiyasi bilan belgilanadi. 
    Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki ob’yektlarini 
    huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonunlar bilan tartibga solib 
    boriladi.
     
    Patent davlat nomidan sanoat mulki ob’yektiga beriladigan va 
    muayyan hududda, muayyan vaqt oralig`ida amal qiladigan muhofaza 
    hujjatidir. 
    Patent, o`z mohiyatiga ko`ra, ob’yektlarga mutlaq egalik huquqini 
    beradigan hujjat bo`lganligi sababli muayyan davlatda bunday mutlaq 
    huquqlarni berish masalasi shu davlatning alohida vakolati hisoblanadi. 
    Ma’lumki, bir davlatning patenti ikkinchi davlatning hududida amal 
    qila olmaydi. 
    Tarixdan ma’lumki, patent huquqi institutiintellektual mulkning 
    birinchi instituti bo`ldi. Lekin bugungi kunda ham boshqa muhofaza 
    hujjatlari bilan bir qatorda patentning muhimligini hisobga olib, sanoat 
    mulkini norasmiy tarzda patent huquqi deb ataydilar. 
    Sanoat mulki huquqlarini muhofazalash uchun, xususan, sanoat 
    ob’yektiga muhofaza hujjati - patent, guvohnoma va boshqalarni olish 
    uchun, eng avvalo, muhofaza hujjati berilishi uchun tegishli 
    talabnomani to`g`ri rasmiylashtirish va uni patent berilishi 
    so`ralayotgan ob’yektning belgilangan mezonlarga muvofiqligini 
    ekspertizadan o`tkazadigan (patentga layoqatliligini tekshiradigan) va 
    ekspertiza natijalari bo`yicha ob’yektni rasmiy ro`yxatga oladigan, 
    ob’yektning patentga layoqatliligini e’lon qiladigan va unga patent 
    beradigan vakolatli davlat organiga topshirish zarur. Tabiiyki, bunday 


    ~ 18 ~ 
    ekspertizadan o`tmagan (patentga layoqatsiz) ob’yektlarga muhofaza 
    hujjati berishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilinadi. Sanoat mulki 
    huquqlari bo`yicha bunday davlat organlari intellektual mulk 
    huquqlarini muhofaza qilish qabul qilingan barcha mamlakatlarda 
    mavjud bo`lib, patent idoralari deb ataladi. 
    Patent idoralari ixtisoslashgan davlat tashkiloti bo`lib, sanoat mulki 
    ob’yektlariga talabnomalarni qabul qiladi, ularni ekspertizadan 
    o`tkazadi, davlat ro`yxatlga oladi, muhofaza hujjatlarini beradi, rasmiy 
    materiallarni nashr etadi, shuningdek, intellektual mulk huquqlarini 
    muhofazalash sohasidagi boshqa vazifalarni bajaradi. 
    Yuqorida qayd etib o`tilganidek, sanoat mulki huquqlarini 
    muhofazalash ob’yekt yaratilgandan so`ng emas, balki unga muhofaza 
    hujjati olingandan so`ng kuchga kiradi. Odatda, bunday hujjatning amal 
    qilish muddati muayyan sanadan sanoat mulki ob’yektining ustuvorlik 
    sanasidan boshlab hisoblanadi. 
    Har bir patent uning egasi yoki unga xususiy egalik qiluvchi 
    muayyan (jismoniy yoki yuridik) shaxsga beriladi. Patent egasi

    patentning xususiy egasi va ushbu patentdan kelib chiqadigan mutlaq 
    huquqlarning egasidir. 
    Patent o`z egasiga sanoat mulki ob’yektlariga quyidagi alohida 
    huquqlarni ob’yektga egalik qilish, boshqarish va foydalanish bo`yicha 
    mutlaq huquqni beradi. Alohida huquqlar muhofazalangan ixtiro, 
    sanoat namunasi va hokazolardan hech kim ruxsatsiz foydalana 
    olmasligini (tayyorlash, sotish va hokazo) bildiradi. Shuni tushunib 
    olish zarurki, patent turli ifoda shakllariga ega bo`lgan texnik mohiyatni 
    muhofaza qiladi, sanoat mulki ob’yektiga alohida huquqlar esa patent 
    egasining muayyan tovar, buyumga egalik huquqi bor-yo`qligidan qat’i 
    nazar amal qiladi. 
    Ko`rinib turibdiki, patent o`z egasiga juda muhim huquqlarni 
    beradi, shuning uchun patentning amal qilish muddatini vaqt bo`yicha 
    cheklash mantiqan to`g`ri bo`lib, aks holda bu mutlaq huquqlar yoki 
    monopoliya raqobat cheklanganligi sababli jamiyatning yanada 
    rivojlanishida to`siqqa aylanishi mumkin.Masalan, ixtiroga beriladigan 
    patentning amal qilish muddati chegaralangan bo`lib, o`rtacha 20 yilni 
    (boshqa mamlakatlarda turlicha) tashkil etadi. 
    Bundan kelib chiqadiki, boshqa shaxsning intellektual mulk 
    ob’yekti bo`lgan ob’yektdan foydalanishni istagan har qanday boshqa 
    shaxs faqat bitta qonuniy imkoniyatga ega, ya’ni buning uchun ushbu 
    ob’yekt egasining roziligi (ruxsati)ni olishi zarur. Bunda 
    foydalaniladigan ob’yekt, foydalanish muddati va to`lovlarni aniq 


    ~ 19 ~ 
    belgilab olish uchun foydalanishga berilgan ruxsatnoma - litsenziya 
    bitimiyoki litsenziya rasmiylashtirilishi zarur. 
    Litsenziya bu patent egasining boshqa shaxslar bilan alohida 
    huquqlarining bir qismini sotish (berish) bo`yicha tuzgan huquqiy 
    bitimi (shartnomasi)dir. 
    Tegishlicha amaliyotda kelishuvchi tomonlarni belgilash uchun 
    quyidagi umumqabul qilingan atamalardan foydalaniladi: 

    Download 5,18 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




    Download 5,18 Mb.
    Pdf ko'rish