~ 20 ~
mulk huquqlarini muhofazalash bilan bog`liq masalalarni tartibga
soluvchi quyidagi qonunlar amal qiladi:
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Mualliflik huquqlari va
turdosh huquqlar to`g`risida”gi qonun;
1994 yil 6 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda
o`zgartirilgan “Ixtirolar, foydali modellar
va sanoat namunalari
to`g`risida”gi qonun;
1993 yil 7 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda
o`zgartirilgan “Tovar belgilari va xizmat ko`rsatish belgilari
to`g`risida”gi qonun;
1994 yil 6 mayda qabul qilingan “EHM va ma’lumotlar bazalari
uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash to`g`risida”gi qonun;
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari
to`g`risida”gi qonun.
2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Integral mikrochizmalar
topologiyasi huquqiy muhofazalash to`g`risida”gi qonun.
Intellektual
mulk
huquqlarini
muhofazalash
sohasidagi
“Qonunchilik piramidasi”ni vakolatli vazirlik va idoralarning me’yoriy
hujjatlari yakunlaydi. Odatda, aynan ana shu hujjatlar bilan intellektual
mulk ob’yektlariga muhofaza olish bilan bog`liq
ayrim jarayonlar
mexanizmi tartibga solinadi. Talabnomalarni tuzish va berish qoidalari,
davlat ekspertizalarini o`tkazish bo`yicha turli yo`riqnomalar bunday
hujjatlarga misol bo`la oladi.
Intellektual mulk ob’yektlariga mulkiy huquqlar nimadan iborat?
Intellektual mulk ob’yektlariga mulkiy huquqlar fuqaro yoki
yuridik shaxsning shu ob’yektga alohida huquqlaridir. Birinchi bobda
qayd etib o`tganimizdek, alohida huquqning mohiyati shundan iboratki,
intellektual mulk ob’yekti egasi o`zining ixtiyoriga ko`ra, bu
ob’yektdan yakka o`zi istalgan shaklda va istalgan usulda foydalanishi
mumkin. Faqat alohida huquqlar egasi intellektual mulk ob’yektidan
boshqa shaxslar foydalanishiga ruxsat berishi yoki man qilishi mumkin.
Muhofazalanadigan intellektual mulk ob’yektidan foydalangan
holda yaratilgan mahsulotni ruxsatsiz tayyorlash, qo`llanish, olib kirish,
saqlash, sotishga taklif etish, sotish va boshqa har qanday yo`l bilan
xo`jalik oborotiga
boshqacha tarzda kiritish, shu jumladan,
patentlangan usulni qo`llanish yoki bevosita shu usul bilan
tayyorlangan mahsulotni xo`jalik aylanmasiga kiritish alohida
huquqlarni buzish hisoblanadi.
Intellektual mulk ob’yekti har qanday holda ham qandaydir
moddiy shaklda ifodalanishini qayd etib o`tish zarur. Masalan,
~ 21 ~
muayyan dvigatel shaklidagi ixtiro, musiqa
asari moddiy eltuvchi -
audiokasseta yoki nota shaklida yozilishi mumkin. Lekin alohida
huquqlar o`z egasiga muhofazalangan intellektual mulk ob’yekti o`z
aksini topgan moddiy ob’yektdan (masalan, muayyan mashina,
uskunalar) cheksiz foydalanish huquqini bermaydi. Shunday vaziyat
ham bo`lishi mumkinki, intellektual mulk ob’yekti, masalan, ixtirodan
(ixtiro yangi ichki yonuv dvigateli deb tasavvur qilamiz) dvigatel
ekologik
standartlarga
muvofiq
emasligi,
sertifikatsiyadan
o`tmaganligi sababli umuman foydalanib bo`lmaydi. Bundan tashqari,
shunday holatlar bo`ladiki, dvigatelda o`ziga xos karbyuratordan
foydalanilgan, u esa o`z navbatida boshqa shaxsning intellektual mulki
bo`lishi mumkin.
Bundan shunday
xulosa chiqarish mumkinki, ya’ni intellektual
mulkdan foydalanish amaldagi qonunchilik, shuningdek boshqa
shaxslarning qonuniy alohida huquqlari buzilishiga olib keladigan
hollarda intellektual mulkdan foydalanish mumkin emas. Lekin
foydalanish
mumkin emas, degani mulk egasining alohida huquqlari
cheklanishini bildirmaydi. Chunki bunday hol vaqtincha bo`lishi
mumkin, masalan, ekologik standartlar o`zgarishi, raqobatchi
patentning harakatlari boj to`lanmaganligi sababli to`xtatib qo`yilishi
mumkin va hokazo. Bundan kelib chiqadiki, intellektual mulk
ob’yektiga alohida huquqlar ular o`z ifodasini topgan moddiy
ob’yektga egasining mulkiy huquqlari bor-yo`qligidan qat’iy
nazar
amal qilaveradi.