Bog'liq 13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Loyihalash ishlarining xususiyatlari.
2. Model va modellashtirish.
3. Texnik modellar klassifikastiyasi.
4. Texnik va badiiy modellashtirish umumiy jarayon sifatida.
5. Badiiy modellashtirishning mazmuni.
6. Ishlab chiqariladigan buyumlarning texnik va estetik
xususiyatlari mutanosibligi.
13-MAVZU. O’QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH Reja: 1. O’quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish yo’nalishlari va asosiy bosqichlari. 2. Texnik ijodkorlikning rivojlanishi. Bugungi kunda talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini
rivojlantirishda, avvalo ularga umumiy o`rta ta’limdagi mehnat ta’limi
dasturlarini mukammal o`rgatish kerak. Bo`lajak texnologik ta’lim
o`qituvchilarining bilim va ko`nikmalarini shakllantirishda dizaynerlik
hamda ijodkorlik qobiliyatlarini inobatga olinadi.
Umumiy o`rta ta’limda dizayn asoslarini o`qitishda mehnat ta’limi
fanining imkoniyatlari juda katta. Dizayn asoslarini texnologik ta’limda
o`qitishdan maqsad - o`quvchilar dars va darsdan tashqari
mashg`ulotlarda buyumlarni estetik, funktsional va iqtisodiy jihatlarini
hisobga olgan holda loyihalash va amalda yasab o`rganishi hamda
bilim, ko`nikma, malakalar hosil qilishdir.
Texnologik ta’limi mazmunida dizayn asoslarini o`qitish
jarayonini shartli ravishda 3 bosqichda amalga oshadi deb olish
mumkin, bular:
1.
Boshlang`ich dizayn ta’limi (I-IV sinflar)
2.
Asosiy dizayn ta’limi (V-VII sinflar)
3.
Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi (VIII-IX sinflar)
I. Boshlang`ich dizayn ta’limi Boshlang`ich dizayn ta’limini berishda I-IV sinflar uchun mehnat
ta’limi darslarida, sinfdan tashqari ishlarda Davlat ta’lim standartlariga
~ 62 ~
asosan o`quvchilarda quyidagicha bilim, ko`nikma va malakalarni
rivojlantirish ko`zda tutilgan.