O`quvchilarni sinfdantashqariishlargajalbqilishning
guruh va ommaviy shakllari
Guruhshaklidatexnikyechimlarniishlabchiqishyuzasidanuyushtiril
adiganbahslarquyidagivazifalarnihalqilishimkoniniberadi:
1.
Bahsqatnashchilarimuammoninghaqiqiyholatinito`g`ribaholash,
muhimholatlarniikkinchidarajalimasalalardanajratishhamdamuammon
ihaletishdanko`zlanganmaqsadvavazifalarnito`g`ribelgilaboladilar.
2.
Guruha’zosibo`lganboshqao`quvchilarfikrinieshitish,
o`zfikr-
mulohazalariniularbilanumumlashtirishvauyg`unlashtirish.
3.
Hechbirsohadagialohidamutaxassisqaralayotganmuammoniatro
flichaqamrabololmasligivaaynanmuammolarnihalqilishningjamoashak
lisamaradorliginingamaliytasdig`initopishi.
4.
Ko`plabmuammolarningyechimlaribirnechtayo`nalishda inkor
etilishimumkinbo`lganyechimlargaegaekanliginianiqlash.
~ 70 ~
O`quvchilarningdarsdanbo`shpaytlaridatexnikaningbirortayo`nalis
hibo`yichatexnikijodkorligibilanshug`ullanishningasosiyshakllaridanbi
ritexnikto`garaklarhisoblanadi.
Bundao`quvchilaro`zlariningqiziqishlarigaqarabixtiyoriyravishdaamali
yfaoliyatbilanshug`ullanadilar.
Bundaybirlashmalardao`quvchilartexnikanio`rganishi,
texnikob’yektlarnivatexnologiyanitakomillashtirish,
modellashtirish,loyihalashtirish,ratsionalizatorlikfaoliyati,
tajribao`tkazishilmiy-texnikqidiruvlarolibboradilar. Texniko`garaklar-
buo`quvchilarningtexniktafakkurinirivojlantirishyokibirortafaoliyatdaf
aqato`zinisinabko`rishbilanchegaralanmaybalki, kollektivdaishlashga,
ratsionalizatorlikvaixtirochilikfaoliyatidaishtiroketishgatayyorlanadi.
Har bir texnik to`garaklarning muddati va vaqt ko`rsatilishi zarur.
To`garaklar quyidagi tiplarga ajraladi:
- tayyorlov texnik to`garagi;
- fan (ilmiy-texnik) to`garagi;
- sport-texnik to`garagi;
- ishlab-chiqarish texnik to’garagi;
- badiiy-amaliy to`garaklar.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida darsdan tashqari
mashg`ulotlarning barcha shakllarini shartli ravishda uch guruhga
ajratish mumkin.
Birinchi guruhga to`garaklar kiradi. To`garak darsdan tashqari
mashg`ulotlarni tashkil qilishning keng tarqalgan va chuqur tadqiq
etilgan shakli hisoblanib, ixtisoslashuvidan qat’iy nazar ularning
ko`plab umumiy tomonlari mavjud. Shuning uchun turli tipdagi
to`garaklarning rahbarlari boshqa ixtisosdagi to`garaklar ishidagi
kasbga yo`naltirishga oid ilg`or tajribalarini chuqur o`rganib, eng
yaxshi tomonlarini o`z ishida qo`llashlari yuqori natijalarga erishish
imkonini beradi. Albatta, to`garak ishini kasb tanlashga yo`llash
asosida olib borish o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, uning metod
va shakllariga ma’lum darajada ta’sir ko`rsatadi.
Maktablarning ish tajribasida turli–tuman to`garaklar uchraydi.
O`quv predmetlari bilan bog`liqlik nuqtai nazaridan to`garaklarni uch
guruhga: predmetga doir, predmetlararo va predmetdan tashqari
to`garaklarga ajratish mumkin.
Predmetga doir to`garaklar deb, bevosita mehnat tarbiyasi bilan
bog`liq bo`lgan to`garaklarga aytiladi. O`z mazmuniga ko`ra bu
to`garaklar mehnat darsida o`quvchilar bajargan ishning davomi bo`lib,
bunda o`quvchilarning faoliyati yanada murakkabroq, kengroq yo`lga
~ 71 ~
qo`yiladi. Predmetga doir to`garaklar jumlasiga duradgorlik,
chilangarlik, tokarlik to`garaklari, aralash to`garaklar (yog`ochga va
metallga ishlov berish to`garaklari, qo`lda va dastgohlarda amalga
oshiriladigan operatsiyalarni bajarishga oid to`garaklar) kiradi.
Predmetga doir to`garaklar darsdan tashqari mashg`ulotlar
hozircha kasbga yo`naltirish ishida tegishli o`rinni egallaganicha yo`q.
Amalga oshirgan kuzatishlar hamda tajriba-sinov ishlarimiz natijasida
aniq bo`ldiki, bu turdagi to`garak rahbarlari odatda fanlararo
aloqadorlik hamda egallangan nazariy bilimlarning amaldagi tadbiqi
doirasi bilan o`quvchilarni tanishtirishga yetarlicha e’tibor bermaydilar.
Natijada, predmetga doir to`garaklar tashkil qilingandan so`ng bir ikki
oy
o`tgach
o`z
ishini
to`xtatadi,
chunki
o`quvchilarning
mashg`ulotlarga bo`lgan qiziqish yo`qoladi. Bu muammoni hal
qilishning eng maqbul yechimiga bizning fikrimizga ko`ra, fanlarga oid
har bir tushunchaning amaliy tatbiqiga ko`proq e’tibor qaratish, ularni
amalda namoyish qilish, mashg`ulotlarda amaliy yo`naltirilganlikni
oshirishga e’tibor qaratish orqali erishiladi. Bu vazifalar hal etilganida
ijodiy izlanishga chanqoq, o`z kuchlarini sinab ko`rishni istagan
o`quvchilarga o`z imkoniyatlarini ishga solish uchun sharoit yaratiladi.
Predmetlararo to`garaklar ichida fizik-texnik to`garaklar eng keng
tarqalgan mashg`ulot turi hisoblanadi. Bu turdagi to`garaklarda
o`quvchilarni kasbga yo`naltirish ishlarining mazmuni to`garakning
nomidan kelib chiqadi. Bunda o`quvchilar fizika kursida o`rganiladigan
muayyan qonuniyatlarning amaldagi tadbiqi bilan tanishadilar, bu esa,
ularning turli kasb-hunarda qo`llanilish asoslarini ham bilib olishga
imkon yaratadi. Shuningdek, o`quvchilar model konstruksiyasi, uning
detallarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqar ekanlar, texnologik
bilim va o`quvlarni o`zlashtiradilar, model detallarini yasaganda esa,
ularning amaliy ko`nikmalari takomillashadi.
Predmetdan tashqari to`garaklar hozirgi vaqtda darsdan tashqari
mashg`ulot sifatida keng tarqalgan. O`quvchilar faoliyatining
mazmuniga ko`ra bu to`garaklar turli tuman bo`lishi mumkin. Mazkur
holda gap shunday predmetdan tashqari to`garaklar haqidagina
boradiki, ularning ishlari uchun maktab ustaxonalaridan moddiy baza
sifatida foydalaniladi yoki o`quvchilar faoliyati mehnat darslarida
olingan bilim va malakalarga tayanadi.
Hozirgi kunda maktablar va maktabdan tashqari muassasalar
faoliyatida o`quvchilar texnik ijodkorligi to`garaklarining quyidagi
tiplari vujudga kelgan:
~ 72 ~
Tayyorlov texnika to`garaklari (kichik maktab yoshidagi
o`quvchilar uchun). Ularda o`quvchilar jonli va oson shaklda texnika
elementlari hamda eng oddiy texnologik jarayonlar bilan tanishadilar,
qog`oz, plastmassa, metall va boshqa materiallarga ishlov berish
bo`yicha
olgan
boshlang`ich
ko`nikmalarini
rivojlantiradilar.
O`quvchilar texnik o`yinchoqlar, mashina va mexanizmlarning sodda
modellarini, eng oddiy avtomatik qurilmalar, o`quv ko`rsatmali
qo`llanmalar, maktab hamda uy-ro`zg`or buyumlari va hokazolarni
tayyorlaydilar. Bu tipdagi to`garaklar faoliyatida yasalgan o`yinchoqlar
va modellar bilan o`yinlar hamda musobaqalar o`tkazish muhim o`rin
tutadi. Tajriba-sinov ishlari natijalariga ko`ra aytish mumkinki,
tayyorlov texnika to`garaklaridagi mashg`ulotlar keyinchalik maktab
yoshidagi o`quvchilarni kasbga yo`naltirish ishida barcha shakldagi
mashg`ulotlar uchun asos vazifani o`taydi.
Fan-texnika (fizika, fizika-texnika, kimyo, kimyo-texnologiya,
agrokimyo, astronomiya va boshqa) to`garaklar o`quvchilarning
maktab o`quv rejasidagi turli fanlar bo`yicha olgan bilimlarini
chuqurlashtirish va amaliy ko`nikmalarini mustahkamlash, o’quv
xonalarini jihozlash uchun asbob-uskunalar yaratish va shu asosida
o`quvchilarni kasbga yo`naltirish maqsadlarida tashkil qilinadi.
Sport-texnika to`garaklari maktablar va maktabdan tashqari
muassasalarda
ishlaydi.
Bular
aviamodel,
raketa-kosmik
modellashtirish, avtomobil modelchilari, kema modelchilari, temir yo`l
modelchiligi, radioboshqarish, suv-motor va boshqa to`garaklaridan
iboratdir.
Mazkur to`garaklarda o`quvchilar modellarni va ishlaydigan
texnikani konstruksiyalash va tayyorlash bilan shug`ullanadilar, keyin
esa ana shu modellar bilan sportning texnik turlari bo`yicha modelchi-
sportchilarning musobaqalarida qatnashadilar.
O`quvchilar
sport-texnika
to`garaklarida
tegishli
texnika
tarmog`ining tarixi, uning xalq xo`jaligida va mamlakatimiz
mudofaasida qo`llanishi bilan samolyotlar, avtomobillar, kemalar,
radio apparatlari va boshqa texnikalar bo`yicha konstruktorlar texnik
tafakkurining xususiyatlari bilan tanishadilar.
O`quvchilar bu to`garaklarda ishlar ekanlar, materiallarga ishlov
berishga va ularning xossalariga bevosita aloqador bo`lmagan, lekin
buyumlarni tayyorlash jarayoni o`quvchilar texnik mehnat darslarida
egallagan mehnat operatsiyalariga ko`p jihatdan tayanadigan ko`plab
yangi bilim hamda o`quv ko`nikmalarni o`zlashtirib olishadi.
To`garaklarning bu guruhiga o`quvchilar ular uchun yangi bo`lgan
~ 73 ~
mehnat faoliyati turlari bilan tanishtiradigan, ijtimoiy jihatdan foydali,
ular uchun qiziqarli to`garaklarni ham kiritish mumkin. Masalan,
keyingi yillarda muqovachilik, zargarlik to`garaklari va boshqa
to`garaklar keng tarqaldi.
Ishlab
chiqarish-texnika
to`garaklari
maktablardagi
va
maktablararo ustaxonalar bazasida, o`quv-ishlab chiqarish va sanoat
korxonalarida bazasidagi yosh texniklar markazlarida va boshqa
maktabdan tashqari muassasalarda tashkil qilinadi. Odatda bunday
to`garaklar ro`yxati mahalliy sharoitlarga ko`ra, avvalo o`quvchi
to`garakda olgan bilimlarini, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarida o`zlashtirgan amaliy malakalarini keyinchalik qay
darajada takomillashtira olishga ko`ra belgilanadi. Bunday to`garaklar
mahalliy korxonalarda, qishloq xo`jaligi tarmoqlarida keng tarqalgan
biror kasbga qiziqadigan maktab yoshidagi o`quvchilarni birlashtiradi.
Badiiy amaliy to`garaklar respublikamiz mustaqillikka erishgan
yillarda keng e’tibor berib kelinayotgan milliy qadriyatlarimiz bilan
bog`liq xalq hunarmandchiligi bilan uzviy bog`liq holatda tashkil
etiladi. Bu turdagi mashg`ulotlar amalda qo`llanadigan asbob-uskuna,
jihoz va moslamalar, mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan
texnika vositalari bilan ishlashning amaliy bilim, ko`nikma va
malakalarini egallash asosiy maqsad sifatida belgilanadi. Mashg`ulotlar
mazmuni quyidagi vazifalarning yechimini topishga qaratiladi:
-
xalq hunarmandchiligi sohalaridagi ishlab chiqarish mazmuniga
ega vazifalarni yechish, tajribalar o`tkazishi, o`lchov-tekshiruv, asbob-
uskunalaridan to`g`ri foydalanishi;
-
bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, talablari asosida sifatli,
xaridorgir, iste’mol mollari va mehnat mahsulotlarini tayyorlashga
odatlanishi;
-
o`zlari tayyorlangan mahsulotlarni, o`zlari iste’molchiga
yetkazishni o`rganishi.
Darsdan
tashqari
mashg`ulotlarning
ikkinchi
guruhiga
ekskursiyalar,
fan
olimpiadalari,
ko`rgazmalar,
o`quvchilar
konferentsiyalari, kasbning eng yaxshi ishchisini aniqlash uchun
o`tkaziladigan tanlovlar, ishlab chiqarish ilg`orlari bilan bo`ladigan
uchrashuvlar kabi tadbirlar kiradi. Bu turdagi mashg`ulotlarga mohiyati
va afzalligini belgilab beruvchi jihati ko`plab o`quvchilarni jalb qilish
imkoniyatining mavjudligi bo`lib, shu sababli ular tadbirlarning
ommaviy shakllari deb yuritiladi. Amalga oshirgan tajriba-sinov
ishlarimiz sanab o`tilgan barcha shakldagi mashg`ulotlarning yuksak
darajada samarali ekanligi tasdiqladi. Ular o`quvchilarning hozirgi
~ 74 ~
zamon ishlab chiqarishi asoslari to`g`risidagi tasavvurini kengaytirish,
ularni turli kasblar bilan tanishtirish imkonini beradi.
Bu mashg`ulotlarning kamchiligi o`quvchilarni foydali mehnatga,
bevosita ijodiy faoliyatga jalb qila olmasligi bilan belgilanadi. Shuning
uchun o`quvchilar, darsdan tashqari mashg`ulotning mazkur shakli
bilan birga boshqa to`garak ishida ham qatnashsalar, maqsadga
muvofiq bo`ladi. Ko`pchilik vaziyatlarda bu tavsiyamiz o`z tasdig`ini
topmoqda, jumladan, tashkil etiladigan ko`rgazmalarda to`garak
a’zolari o`z ishlarini namoyish qiladilar, ya’ni ikki tipdagi
mashg`ulotlarni uyg`unlashtiradilar.
Ko`rgazmaga ko`plab ta’lim muassasalarida katta ahamiyat bilan
qaraladi, o`quvchilar bunday tadbirlarga yil davomida tayyorgarlik
ko`rib boradilar. Biz tajriba-sinov etib belgilangan umumiy o`rta ta’lim
maktablarida o`quvchilarning o`zi haqida biror esdalik qoldirishi hatto
an’anaga aylangan. Bunday esdalik faqat texnik mehnatgagina emas,
balki qishloq xo`jaligiga va maishiy xizmatga oid bo`lishi ham
mumkin. Ko`pincha, yaxshi ko`rgazmalar butun maktabning iftixori
bo`ladi.
Ishlab chiqarish ilg`orlari bilan uchrashuvlar yaxshi samara beradi.
Lekin buning uchun tegishli tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini olib borish
talab etiladi. Bu ish tashabbuskorlar, ya’ni ana shu uchrashuvlarni
uyushtiruvchilar guruhini tashkil etishdan boshlanadi. Tashabbuskorlar
guruhi uchrashuvda muhokama etiladigan savollar va masalalar
doirasini belgilab beradi. Shundan keyin ana shu savollarga javob bera
oladigan mutaxassislar tanlanadi. Uchrashuvning o`quvchilarni kasbga
yo`naltirish ishiga to`laroq javob bera olishi uchun ko`riladligan
masalalarning tegishli qirralariga ko`proq e’tibor qaratiladi.
Darsdan
tashqari
mashg`ulotlarning
uchinchi
guruhiga
o`quvchilarning mehnat birlashmalari kiradi. Mehnat birlashmalari
nisbatan ancha ilgari paydo bo`lganiga qaramasdan, keyingi yillarda
ayniqsa
keng
qo`llanila
boshlandi.
O`quvchilarnig
mehnat
birlashmalari ta’limni unumli mehnat bilan qo`shib olib borishning
samarali shakli sifatida mehnatda tarbiyalash, kasb tanlashga yo`llash,
ishlab chiqarish asoslari bilan tanishtirish va mehnatga ijodiy
munosabatni shakllantirish vositasi sifatida namoyon bo`ladi.
Mehnat birlashmalarini tashkil etish, faqatgina, o`quvchilarning
moddiy, xom ashyo ta’minotini mustahkamlabgina qolmasdan, balki,
milliy qadriyatlarimizni tiklash, kasbiy ta’lim-tarbiya berish, kasbga
yo`naltirish,
tayyorlash,
tanlash,
moslashtirish
kabi
dolzarb
muammolarni ijobiy hal etishda ham muhim omil bo`lib xizmat qiladi.
~ 75 ~
Shunday ekan, har bir maktabda bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitini
hisobga olgan holda, o`quvchilarning talab, ehtiyoj va qiziqishlarini
qondirish uchun mehnat birlashmalarining tashkil etilishi bozor
munosabatlari sharoitining zaruriy ehtiyojidir.
Birlashmaga jalb etilgan o`quvchilar o`z mehnatlari natijalarini
ko`rib, chuqur ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Mehnat faoliyati ularda
mustaqillik,
mehnatsevarlik,
erkinlik,
ijodkorlik,
tadbirkorlik,
ishbilarmonlik, tashkilotchilik kabi sifatlarni shakllantiradi. Mehnat
birlashmalari
o`quvchilarda
intizomlilik,
do`stlik,
birdamlik,
tejamkorlik, mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalab, ularni
kelgusidagi kasbiy faoliyatiga tayyorlaydi.
Mehnat birlashmalarida qatnashuvchi o`quvchilar shu jamoaning
qiziqish va intilishlari ruhida tarbiyalanib, aniq bir maqsadni amalga
oshirish uchun harakat qiladi, uning yutuq va kamchiliklarini dildan his
qiladilar. Mehnat topshiriqlarini o`z vaqtida sifatli bajarishga, ijodiy
izlanib, yondashgan holda hamda xom ashyo materiallaridan imkon
qadar unumli foydalanishga javobgarlik hissini sezish ruhida
tarbiyalanib boriladi. Birlashmada tashkil etiladigan mehnat jamoa
a’zolarining ehtiyojlarini to`laroq qondirishga, jamiyat va tabiat
boyliklarini asrash va ko`paytirishga hamda o`quvchilarni barkamol
shaxs sifatida tarbiyalashga qaratilgan bo`lishi talab etiladi.
Birlashmada kasbga yo`naltirish mehnati o`quv, xizmat ko`rsatish, xom
ashyo va mahsulotlarini tayyorlash mehnati asosida amalga oshiriladi.
|