O`quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/79
Sana06.06.2024
Hajmi5,18 Mb.
#260704
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Bog'liq
13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3

 
O`quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining
mantig`i va strukturasi
 
O`quvchilarning texnik ijodkorligi integral xarakterga ega, yani u 
bilish - qayta qurish faoliyatini o`zaro bir-biriga bog`liq bo`lgan nazariy 
tekshirish, tajriba, texnik masalalar yechish, model va qurilmalarni real 
holatda ishlatilishi, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat 
orqali o`quvchilar ob’yektiv borliq haqida bilimga ega bo`ladi, oldinga 
surilgan nazariy g`oyani to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligi haqida 
amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo`yicha ko`nikma va malaka 
hosil qiladilar. O`quvchilar har qanday yangi texnik ob’yektni yaratish 
jarayonida mustaqil organik jihatdan o`zaro bir-biriga bog`liq bo`lgan 
bosqichlardan iborat. Bu texnik ijodkorligida mantiqiy strukturali 
bosqich hisoblanadi. 
1-bosqich, maktab o`quvchilari faol ravishda mavjud bo`lgan 
texnik ob’yektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi; 
2-bosqich, bu o`quvchilarni ma’lum texnik ob’yekt tuzilishining 
texnik g`oyasi sodir bo`lishi bilan boshlanadi; 
3-bosqich, yangi bo`lajak texnik tuzilishning (ideal holatda) modeli 
ishlab chiqiladi; 
4-bosqich, loyihalash yosh texnik fikrga kelgan ob’yektning 
mazmuni va shaklini keltiradi; 
5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash; 
6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini 
tajribadan o`tkazish; 
7-bosqich, texnik hujjatlarni yaratish. 
 
Modellashtirish va modelli - texnik tajriba 
Har xil turdagi texnik ob’yektlarning mod’eli tajriba tekshiruvchi 
o`quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi. 
Ma’lum bir texnik ob’yektni tajribadan o`tkazishda qonunlar 
asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada 


~ 67 ~ 
ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo`llay olish bo`yicha 
bilimlarini shakllantirish vositasi bo`lib xizmat qiladi. 
Qishloq xo`jaligi yoki korxonada o`tkazilayotgan o`quvchilarning 
texnik ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus shaklihisoblanadi. 
Xarakteri bo`yicha - bu tajriba, yo`nalishi bo`yicha ishlab chiqarish 
faoliyati, vazifasi bo`yicha ta’lim va tarbiya. Bunday turdagi texnik 
ijodkorligi faoliyatini o`quv - ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga 
ajratish mumkin. Bu masalani ikki tomonlama qarash maqsadga 
muvofiq: Birinchi tomondan - bu metod ya’ni o`quvchilar ishlab 
chiqarishda qo`llaniladigan yangi texnik ob’yektni yaratish yoki 
tuzilishini o`zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o`quv 
xarakteriga ega bo`lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy 
vazifalari ya’ni uning tarkibiga kiradi (asosiysi bunda o`quvchilar bilim 
tajriba o`tkazish ko`nikmasini hosil qiladilar). 
Ikkinchi tomondan - bunday turdagi tajribalar o`quvchilarning 
egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy 
bilish qonunlarni o`zining harakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy 
ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo`llash yo`llarini ochib beradi. 
O`quv - ishlab chiqarish texnik tajribalari o`quvchilar politexnik 
ta’limining nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi. 

Download 5,18 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining

Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish