|
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash h. O. Uzoqov, H. O. Jo’rayev, sh. H. Quliyeva, A. R. Jo’rayev, M. N. Karimova, D. P. NazarovaBog'liq 13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D32.
O’quvchilar texnk ijodkorligi mazmunini asosiy
yo;nalishlarini rivojlantirish.
O`quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy tizimi juda ko`p
qirrali. Hozirgi kunda bolalar va yoshlar ijodiy faoliyati bilan har xil
vazirliklar xalq ta’limi xodimlari, kasaba uyushmasi, Kamolot
jamg`armasi, Vatanparvar tashkiloti va boshqalar shug`ullanadilar.
Bolalar va yoshlarning ommaviy ravishda ijodiy faoliyat bilan
shug`ullanishida umumiy o`rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-
hunar kollejlari, markazlar va maktabdan tashqari muassasalar (yosh
texniklar markazi, uylari, o`quvchilar markazlari, yosh texniklar klubi,
madaniyat markazi, madaniyat va texnika markazi) shug`ullanadi.
Texnik ijodkorligining mazmuni o`quvchilarning yoshlariga qarab
tanlanadi. I-IV elementar bilimlarga, V-IX sinflar asosiy chuqur texnik
tayyorgarlikka ega bo`lgan bilimlar shakllantiriladi. Egallangan
bilimlar va asosiy ko`nikmalariga tayangan holda o`quvchilarning
texnik ijodkorligi mazmuni kengayib boradi. Kasb-hunar kollejlarida
o`quvchilar tanlagan kasbi bo`yicha ixtirochilik va ratsionalizatorlik
~ 65 ~
faoliyatlarida ishtirok etadilar. Bunda ular texnik, texnologiya, ishlab
chiqarishni tashkil qilish bo`yicha ilmiy tekshirish, konstruktorlik
ishlarni amalga oshirishda xizmat qiladilar.
O`quvchilar texnik ijodkorligi mazmunini
rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari
Bizning asrimiz fan-texnika yutuqlarining mislsiz darajada
taraqqiy etishi, hamda bu taraqqiyot natijalarining oddiy insonlar
hayotiga juda qisqa muddatlarda keng kirib kelayotganligi bilan
tavsiflanadi. Mana shunday taraqqiyot omillaridan biri bu shubhasiz
yangi axborot texnologiyalaridir. Bugungi kunda hayotimizning hech
bir sohasini, jumladan ta’lim tizimini ham yangi axborot
texnologiyalari (YaAT) hamda uning asosi bo`lgan komp’yuterlarsiz
tasavvur etib bo`lmaydi.
Axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish
bilan shug`ullanuvchi texnologiyalarni komp’yuterlar asosida joriy
etish, ya’ni belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi komp’yuter
va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish majmuasi yangi
axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborotlar davri hisoblangan
bugungi kunda tarixda birinchi marotaba insoniyat faoliyatining
ko`plab sohalari moddiy buyumlar bilan emas, balki axborotlarni qayta
ishlash bilan bog`liq bo`lmoqda. Shu sababli, bugungi kunda yoshlarni
axborot davrida yashash va ishlashga o`rgatish, ularda axborotlarni
yig`ish, tartib va tahlil qilish, uni uzatish ko`nikmalarini shakllantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Bular o`z navbatida, o`quvchilarning
ko`plab qobiliyatlarini, shu jumladan, ijodkorlik qobiliyatlarini
rivojlantirishda ham muhim asos vazifasini o`taydi, chunki har qanday
yangi g`oyani taklif qilishdan ilgari qaralayotgan sohani batafsil
o`rganib chiqish, yangi axborotlarni topish va uni tavsiya etilayotgan
yechim bilan bog`lashni o`rganish lozim bo`ladi. Bu vazifalarni amalga
oshirish uchun bo`lsa, albatta oddiy inson xotirasida saqlab
bo`lmaydigan darajada katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash talab
etiladi. YaAT imkoniyatlari ushbu muammoni avtomatlashgan o`quv-
axborot tizimlari, bilimlar banki va ma’lumotlar banklari vositasida
oson va samarali hal qilish imkoniyatlarini yaratadi. Shu munosabat
bilan keyingi paytda respublikamizda bu sohaga e’tibor kuchayib
bormoqda, keyingi besh yil mobaynida mavjud kompyuterlar parki
bo`yicha vatanimiz jahon ko`rsatgichlariga yaqinlashib qoldi. Biroq,
ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnikalarini, jumladan shaxsiy
komp’yuterlarning qo`llanishi uchun zarur nazariy va amaliy, ilmiy-
~ 66 ~
uslubiy asoslarning ishlab chiqilmaganligi ayniqsa ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirish bilan bog`liq qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Texnik
ijodkorlikni
amalga
oshirishda
kompyuterlarni
qo`llashning shakl va usullarini belgilashda, avvalo ular yordamida
o`quvchilarning ijod qilishni emas, balki yangi texnik yechimni
yaratishdagi axborotlarga bo`lgan ehtiyojini qondirishi va uni amalga
oshirishning samarali yo`llarini ishlab chiqishda foydalanishini
e’tiborga olish lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash h. O. Uzoqov, H. O. Jo’rayev, sh. H. Quliyeva, A. R. Jo’rayev, M. N. Karimova, D. P. Nazarova
|