Ijodkorlik masalalarini hal qilishning




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/79
Sana06.06.2024
Hajmi5,18 Mb.
#260704
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79
Bog'liq
13121 2 7352F7D481888A25ACBDEC51CD1A0CA7896653D3

 
Ijodkorlik masalalarini hal qilishning 
mantiqiy ketma-ketligi 
Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan 
ko`zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar 
doirasida uni hal qilishning eng samarali uslublarini topa bilish talab 
etiladi. Ijodkorlik masalalari “Maqsad - maqsadga erishish uchun 
mavjud imkoniyatlar” ko`rinishidagi mantiqiy ketma-ketlik asosida 
quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o`rinda masala, muammo va uning 
amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo`yilgan maqsad va 
shartlar asosida belgilanadi. 
Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi: "[A] 
shartlar berilgan, [H] maqsadga erishish talab etiladi". Masalani shartli 
ravishda [A,H] mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum 
sharoitlarga tadbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko`rinishlarda 
bo`ladi, buni quyidagi misollarda ko`rishimiz mumkin. 
1-misol
.
Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish hajmi va 
muddatlari, agrotexnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, 
mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin 
maydoni 
birligiga 
sarflanadigan 
ekspluatatsion 
sarf-xarajatlar 


~ 68 ~ 
miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinatsiya-
lashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi. 
Masalaning amaldagi holati - berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, 
ya’ni bu [A, -] ko`rinishdagi to`liq bo`lmagan masala. 
Muammo - bu murakkab, to`liq bo`lmagan masala, unda shartlar 
aniqlanmagan, ya’ni [-, H]. Muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib 
borish talab etiladi. 
2 - misol
.
Masalaning qo`yilishi: Ichki yonuv dvigateli yonilg`i 
sarfini 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimni 
topish talab etiladi. 
Masalaning amaldagi holati - tahlil qilinishi va olingan 
ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni [-,H]. 
Muammo- yonilg`ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud 
texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib 
boriladigan tadqiqot yo`nalishi belgilanadi. 

Download 5,18 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79




Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish