4-rasm. Samolyot chizmasi
~ 85 ~
5-rasm. Samolyotqismlari
Maketni tayyorlash texnologiyasi
Materiallar bilan ishlash ketma-ketligi
1.Ish materialini tanlang va shablonga muvofiq qismlarni o’lchagich va
qalam bilan belgilang.
2. Konturlarini arralab va ichki qismlarini tutqichli o’tkir igna parmalash
asbobi bilan kesib tashlang.
3.Teshiladigan joyning markazini chizg’ich yordamida qalam bilan
belgilang.
4. Belgilangan joyni teshik uyib olish kerar.
5. Yog’ochning uchlarida aylanalarning markazlarini belgilangva ularga
sirkul yordamida doira chizing.
6. Qismlarning uchlari va qirralarini tozalang.Qismlarini silliqlash asbobi
yordamida silliqlang.
7.Maketni yig’ing va yakuniy bezatish ishlarini tugatish.
8. Yelim yordamida detallarni bir-biriga birlashtiring.
~ 86 ~
9. Maketning o’lchamlari va sifatini nazoratdan o’tkazing.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Samolyot turlarini ayting.
2.
Samolyot maketi texnik xarakteristikasi nimalardan iborat?
3.
Samolyot qismlarining nechta o’lchamlari bor?
AMALIYMASHG’ULOT № 3
MAVZU: KEMANILOYIHALASHVAMODELLASHTIRISH
Ishdan maqsad:
Kema maketini yasash va loyihalashni o’rganish.
Umumiy ma’lumotlar
Kema, gemi suv ustida suzuvchi katta transportdir. Kemalar quyidagilarga
tegishli bo`lishi mumkin:
Kema - yuk va yoʻlovchilarni tashish, baliq ovlash, suv ostidan foydali
qazilmalar (mas, neft) ni qazish, sport mashklari va musobaqalari oʻtkazish hamda
harbiy masalalarni, i. t. ishlari va b.ni bajarish, sayyohlik uchun moʻljallangan
suvda suzuvchi inshoot. Qadimda suzib yuruvchi vosita sifatida xodalar va suvda
suzadigan boshqa narsalardan foydalanishgan.
Xodalarni bir-biriga bogʻlab qurilgan solni dastlabki kema deb hisoblash
mumkin. Qadimgi Misr, Oʻrta Osiyo, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston va b.
mamlakatlarda qayiq va kemalar yasalgan. Misrda dastlab qamish va papirusdan
yasalgan sol ishlatilgan. Ossuriyada hayvon terisidan tayyorlangan qopga havo
puflab suvdan suzib oʻtishda foydalanishgan.Shim.mamlakatlarda qayin
poʻstlogʻidan qurilgan, daraxt tanasini oʻyib yasalgan yoki karkasga hayvon terisi
tortilgan (chelnok) qayiqlardan foydalanishgan. Misrda qadimdan koʻp eshkakli
dengiz kemasi rasm boʻldi. Borabora kemasozlik takomillashib, kemaning
oʻlchamlari va yuk koʻtaruvchanligi ortib bordi, unga eshkak va yelkanlar
oʻrnatildi (mas, X. Kolumb "Santa Mariya" yelkanli KEMA — karavellada
Amerikani ochgan, 1492). Rus mexanigi I. Kulibin 1772 y.da gʻildirak
(charxpalak) li kemani yaratdi.Angliyada 1882 y. Birinchi temir paroxod (bugʻ
kemasi) qurildi.19-asr 40-y.larida vintli KEMA qoʻllana boshladi.Birinchi bugʻ
turbinali kema ("turbiniya") angliyada yaratildi (1894).rossiyada dunyoda
birinchi boʻlib ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan kema ("Vandal") qurildi (1902).
Keyinchalik elektr dvigatelli (1913, AQSH), gidromuftali (1925, Germaniya), 20-
asr 50-y.larida suv osti qanotli kemalar paydo boʻldi. Kemalarga gaz turbinalari,
~ 87 ~
atom kuch qurilmalari oʻrnatildi, atom turboelektroxodlar paydo boʻldi. Hozir suv
yoʻllarida paroxodlar, teploxodlar, elektroxodlar, atomoxodlar qatnaydi.
Oʻzbekistonda qadimdan kemalardan foydalanilgan. Amudaryo va Orol
dengizida kemalar qatnagan. Ilgari, asosan, yelkanli kemalar boʻlgan. 20-asr
boshlarida Amudaryo va Orol dengizida yuklar va yoʻlovchilar tashilgan (mas,
1924 y. Oʻrta Osiyo suv yoʻllarida 20 kema, 1500 qayiq qatnagan). 1923 y. Oʻrta
Osiyo paroxodchilik boshqarmasi tuzilgan (1956 y. u sobiq Ittifoq Dengiz floti
vazirligi ixtiyoriga oʻtkazildi).1950 y. Termizda daryo porti ochildi.Amudaryo
sohillarida bir necha bandargohlar qurildi.1980 y.ga kelib Oʻzbekistonda suv
yoʻllarining umumiy uz.2800 km ga yetdi. 1995 y. "Termiz daryo porti", "Xorazm
daryo floti", "Qoraqalpogʻiston daryo floti" i. ch. birlashmalari tashkil qilindi.
Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi tufayli suv yoʻllari
keskin qisqardi. Respublika daryo flotida 150 ga yaqin teploxod bor, suv
yoʻllarining umumiy uz.1000 km ga yaqin (2002).Xalq xoʻjaligi yuklari, asosan,
Termiz — Hayraton, Sharlavuq — Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli — Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli —
Beruniy, Qoratov — Taxiatosh yoʻnalishlarida tashiladi.
Vazifasiga koʻra, kemalar transport, ovchilik, sanoat-xoʻjalik,
maʼmuriyxizmat, harbiy, i. t. ishlarini bajaruvchi, kemalarga xizmat koʻrsatuvchi
turlarga boʻlinadi. transport kemasida yuk, yoʻlovchilartashiladi; ovchilik kema
sida kit va baliq ovlanadi; sanoat-xoʻjalik kemasida suv ostidagi neft burgʻilanadi;
xizmat koʻrsatuvchi kema shatakka oluvchi, brandvaxtlar, kabel kemasi,
muzyorarlar, doklar, suzib yuruvchi mayoq va b.ga boʻlinadi.
Suzib yurish hududi va usuli boʻyicha kemalar dengizda, ichki suvlar va
aralash suvlarda suzib yuradigan turlarga; oʻziyurar (paroxodlar, teploxodlar,
elektroxodlar, atomoxodlar) va shatakka olinadigan (barja, lixter); harakatlanish
usuliga koʻra, suv osti qanotli, havo yostigʻida harakatlanadigan turlarga
boʻlinadi.
Kemaning asosiy qismlari: korpus, qurilmalar (rul, yakor, qayiqni
tushirish-koʻtarish va b.), yongʻinga qarshi, maishiy, suv bilan taʼminlash,
shamollatish,
havoni
moʻʼtadillash
tizimlari,
energetik
qurilmalar,
harakatlantirgich. Kema navigatsiya asboblari, aloqa vositalari bilan ham
jihozlanadi.Dengizda suzish kemaning muhim koʻrsatkichi hisoblanadi.
Foydalanish-texnik koʻrsatkichlari — harakat tezligi, suzish uzokligi, puxtaligi,
suv sigʻimi, yuk koʻtaruvchanligi, yoʻlovchilar soni va b.
Harbiy kemalar maxsus harbiy topshiriqlarni bajarish uchun moʻljallanadi
va tegishli harbiy texnika bilan qurollantiriladi. Bularga avianosetslar, kreyserlar,
qavo mudofaasi kemalari, radiolokatsiya va dozor kemalari, suv osti kemalari,
qoʻriqchi kemalar, torpedo katerlari, suvga minalar qoʻyuvchi va suvni
~ 88 ~
minasizlantiruvchi kemalar kiradi. harbiy kemalar va ularga oʻrnatiladigan
jangovar qurollar yangi elektron texnika yordamida boshqariladi.
Kemani yaratishda loyihalash nazariyasi, qurilish mexanikasi, mashina va
mexanizmlar nazariyasi, materiallar qarshiligi, nazariy mexanika, kemalar yasash
texnologiyasi, kemasozlik iqtisodiyoti kabi fan va sohalardan keng foydalaniladi.
kema yasash istiqboli kemalarni universallashtirish va ixtisoslashtirish, kemalar
yasash texnologiyasini takomillashtirish, kemalarning tezligini, yoʻlovchilar va
yuklar tashish quvvatini oshirish, suv osti qanotli va havo yostiqli kemalarni
koʻproq qurish va b.ga yoʻnaltirilgan. Ayniqsa, sayyohlik kemalarining
qulayligini oshirishga katta eʼtibor berilmokda, chunki aviatsiya va t. Y.
Transportida falokatlarning koʻpayganligi kema sayyohligi taraqqiyotiga yoʻl
ochib berdi.
Hukumatlar (harbiy, qutqaruv, tadqiqot, transport vazifalarida)
Xususiy shirkatlar (transport, tadqiqot vazifalarida)
Jismoniy shaxslar (yaxtalar, transport, tadqiqot vazifalarida).
Kema modelini yaratish bo'yicha bosqichma-bosqich ko'rsatmalar.
Afsonaviy qaroqchilar kemasi "Frensis Drake": o'z qo'llaringiz bilan yog'och
model yasash Kemani qismlardan yig'ish bosqichlari
1-bosqich
2-bosqich
~ 89 ~
3-bosqich
4-bosqich
5-bosqich
6-bosqich
~ 90 ~
7-bosqich
8-bosqich
9-bosqich
10-bosqich
11-bosqich
~ 91 ~
12-bosqich
13-bosqich
14-bosqich
15-bosqich
16-bosqich
~ 92 ~
17-bosqich
18-bosqich
19-bosqich
20-bosqich
21-bosqich
~ 93 ~
22-bosqich
23-bosqich
|