9-rasm. Traktorga tirkaladigan universal GBU-6 yon xaskashi 3.
GTP-6 xaskashi DT-20, T-28 va boshqa zamonaviyroq traktorlarga tirkalgan
holda ishlatiladi. Uning asosiy qismlari quyidagilardir:
1.
Xaskash apparati. U xaskash bruslariga mahkamlanadigan 84 ta yoysimon
xaskash tishlaridan iborat.
2.
Xaskash apparatining ko’tarish mexanizmi. U pichan uymini xaskash
avtoatlari yordamida tushirish uchun xaskash tishlarini ko’taradi. Xaskash
apparatining har birida ozining ko’tarish mexanizmi bo’ladi.
Xaskashlarning tuzilishini va ishlash prinsipini to’liq bilib olish va
shuningdek ularning turli konstruksiyalari bilan tanishish ushun kolxoz yoki sovxoz
remont ustaxonasiga ekskursiya uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
Traktorga tarqaladigan xaskashlarning asosan uzellari quyidagilardan
iborat .
a)
Tirkash mexanizmi, b) xaskash apparatining ko’tarish mexanizmi,
v) xaskash apparati.
Tirkash mexanizmi unifaksiyalangan qurilmadir. Xaskash apparati
avtonom qurilma bo’lib,ikkita kronshteyn yordamida tirkash mexanizmida
mahkamlanadi.
Xaskash apparatini ko’tarish va tushirish traktor modelining kabinasidan
ham boshqarsa bo’ladigan richag sistemasining ko’tarish mexanizmi yordamida
amalga oshadi.
~ 99 ~
10-rasm. Xaskashlarning tuzilishi Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Qishloq xo‘jalik mashinalarini qanday modellashtiriladi?
2. Traktorga tirkaladigan xaskashning modeli haqida tushuntiring
3. Xaskash apparatining ko’tarish mexanizmi nima?
AMALIYMASHG’ULOT № 5 MAVZU : O’Z IXTIYORI BILAN LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISHNI O’RGANISHQISHLOQXO’JALIGIDADRONLARDANFOYDALANISH