~ 77 ~
texnik to`garaklar maxsus dastur, me’yoriy hujjatlar bo`yicha to`garak
tashkilotlari va rahbarlari o`quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni
mazmuni, shakli va metodlarini ishlab chiqadilar.
Dastur va reja
Texnik to`garaklar Respublika ta’lim markazi tomonidan
tasdiqlangan dastur asosida olib boriladi. To`garak ishlari maktabdan
tashqari mashg`ulotlarning dasturiga asosan mavzular har xil bo`lish
mumkin. Ular shug`ullanishi yiliga qarab boshlang`ich, asosiy va
yuqori darajadagi guruhlarga bo`linadi. To`garaklarni tashkil qilish
jarayonida rahbar o`zining tayyorgarlik darajasi, maktabning moddiy -
texnik bazasining imkoniyati va o`quvchilarning qiziqishiga qarab
dasturga ma’lum o`zgartirishlar kiritish mumkin. Har tomonlama
fikrlab tuzilmagan rejasi qo`yilgan maqsadga erishish qiyin. Shuning
uchun to`garak ishlarini rejasi, strukturasida quyidagi bo`limlar
bo`lishini tavsiya etadi:
1. Umumiy qism; 2. Ta’lim-tarbiya ishlari; 3. Metodik ishlanmalar;
4. Ommaviy tadbirlar; 5. Xo`jalik ishlari.
To`garaklarni tuzilgan yillik rejasi maktab direktori yoki
maktabdan tashqari o`quv muassasasining direktori tomonidan
tasdiqlanadi.
To`garak ishlari boshlangunga qadar uning rejasi tasdiqdan o`tadi.
To`garak rahbari to`garak ishtirokchilarining bilim va ommaviy
ko`nikma darajasi bo`lmaganligi uchun uning rejasini amalga
oshirishda rahbarga qiyinchilik tug`diradi. Birinchi darsdan keyin
o`quvchilar o`zlarini qiziqish va moyilligiga qarab texnik ob’yektlarni
tanlaydilar, reja loyihasini muhokama qilishda uning a’zolarini fikr va
mulohazalarini e’tiborga olish zarur. Har bir mashg`ulotga to`garak
rahbarlari zarur bo`lgan asbob - uskuna, material va zaruriy
adabiyotlarni tayyorlab qo`yadi.