123
Quyidagi hollarda qozonlar o`chiriladi:
-qozondagi bosim me`yoridan 10-foiz oshsa;
-suv me`yoridan kamayganda;
-ta`minlovchi tizimlari ishlamaganda;
-asboblar, saqlovchi qurilmalar buzilganda;
-qozondan suv sizayotganda;
-gaz yo`llarida gaz portlaganda.
“O`zdavtog’texnazorat” xodimlari qozonlarni muntazam ravishda texnik ko`rikdan
o`tkazib turishadi. Qozonlar kapital tuzatilgandan keyin ham texnik ko`rikdan
o`tkaziladi.
Davriy ko`riklar to`rt yilda bir marta, gidravlik sinovlar esa sakkiz yilda bir marta
amalga oshiriladi. Qozonlar, bug’ni qayta qizdirgichlar, bug’ yoki qaynoq suv
quvurlari va binolar 5 min. Atmosfera bosimi ostida gidravlik sinovdan o`tishi kerak.
Gidravlik sinov me`yorlari, ish bosimi ko`pi bilan 1,5 mPA, sinov bosimi 1,5 mPA.