121
Ballonlarning eskirib zanglagan joylari ham portlashga olib kelishi mumkin. SHuning
uchun kislorod ballonlari to`ldirishdan oldin maxsus suyuqliklar bilan yuvib yuboriladi
(dixloretan, trixloretan).
Ballonlarning
portlashi - yanglishib, bir gaz o`rniga boshqa gazni to`ldirganda ham
ro`y berishi mumkin. SHuning uchun gaz ballonlari aniq ranglar bilan belgilab
qo`yilgan buladi. Masalan, kislorod
balloni havo rangga buyalib, “kislorod” degan
yozuv qora rangda buladi.
Atsetilin balloni oq rangga buyalib, yozuvi qizil buladi va h.k.
1-rasm.
Gaz ballonlari
a- kislorod uchun(siqilgan); b- atsetilen uchun (eritilgan); v - propan – butan
uchun(siqilgan); 1- osti; 2- qoplama; 3- korpusi; 4- tomoq qismi; 5-jo`mragi
6- yopg’ichi; 7- g’ovak massa; 8- pasport yozuvi; 9- qistirma halqa.